A. B. Radjiyev Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis



Yüklə 123,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/77
tarix16.12.2023
ölçüsü123,47 Kb.
#181746
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   77
8-informatika

33-
dars
. WEB-FREELANCE SAYTLARI BILAN TANISHISH
Upwork (https://www.upwork.com/) bulutli global freelance platformasi bo‘lib, bugungi kundagi 
eng katta ish qidiruvchilar jamg‘armasi hisoblanadi. U — freelancerlar uchun o‘z xizmatlarini 
sotadigan va yuqori darajadagi narxlarni taklif etadigan bozor. Turli daraja va yo‘nalishlar 
bo‘yicha ko‘plab buyurtmalar beriladi. Iqtidorli, bilimli shaxs o‘z ishini ko‘rsata olsa bo‘lgani – 
internet orqali daromad topishda hech qanday muammo bo‘lmaydi. Sotuvchilarni xaridor bilan 
samarali bog‘laydigan web-sayt bo‘lib, faqat qonuniy ish beruvchilar uchun ishlash va eng yaxshi 
bitimlarni ta’minlash imkonini beradi. Xizmatga bepul ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Shuningdek, 
oson hisob-kitob, ilovalar bilan aloqa kanallari, oson va xavfsiz to‘lovlar mavjud.
UPWORK SAYTI
SMM MARKETINGNI YURITUVCHI MUTAXASSISLAR:
– ijtimoiy tarmoqlarda yangiliklarni joylashtirish, auditoriya va reklama kompaniyalarini 
boshqarish; 
– brendni ijtimoiy tarmoqlar orqali boshqarish, xizmat va mahsulotlarni samarali reklama 
qilish, mahsulot yoki xizmatlar haqida PR maqolalar yozish
– budjetni rejalashtirish; 
– tovar, xizmat yoki mahsulotga sodiq bo‘lgan maqsadli auditoriyani ko‘paytirish; 
– salbiy fikrlarning oldini olish, kompaniyaning ijobiy imijini mustahkamlash; 
– YouTube kanallari uchun videoroliklar tayyorlash va ommalashtirishning barchasi SMMni 
yurituvchi mutaxassislar zimmasiga yuklatiladi.
Freelance saytlari
Saytlar mustaqil shaxslarga freelancerlikni boshlashga yordam berish uchun ishlab chiqilgan 
erkin xizmat bozori hisoblanadi. Ushbu bozor turli kasb egalari, jumladan, yozuvchi, dasturchi, 
grafik rassom va boshqalarga xizmat ko‘rsatadi.


102
VI BOB.
WEB-FREELANCE — INTERNET ORQALI DAROMAD OLISH
Freelancer.com freelance xizmat bozori platformasi bo‘lib, xaridor va 
sotuvchilarni bir joyga yig‘ish uchun qurilgan. Bu platforma mutaxassis
ijodkor va texniklarni qo‘llab-quvvatlab, ularga xizmatlarni oson sotish 
imkonini beradi. Ushbu platforma yordamida ma’lumotlarni kiritish, 
dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, yozish, marketing, buxgalteriya va 
muhandislik kabi loyihalarda qatnashish mumkin. Upwork saytiga 
o‘xshash, ammo dizayn bilan birga dasturchilikka ham alohida 
(ba’zan bir-biriga bog‘liq holda) e’tibor beriladigan tarmoq. Ham dizayn, ham dasturchilik 
bo‘yicha qobiliyatli, bilimli kishilar uchun ajoyib tarmoq. Freelancer uchun narx rejalari juda 
moslashuvchan bo‘lib, tizim oylik va yillik obuna paketlarida taqdim etiladi. Shuningdek, xavfsiz 
va ishonchli to‘lovlar, jarayonni oson kuzatib borish, profildagi ma’lumotlar yordamida yaxshi 
loyihalarni qo‘lga kiritish mumkin.
FREELANCER.COM SAYTI
Internet orqali daromad topish uchun, eng avvalo, iqtidorli hamda yaxshi bilimga ega bo‘lish 
zarur. Ta’lim-tarbiyasiz uzoq manzilni ko‘zlab bo‘lmaydi. Shuning uchun maktab davridanoq 
yaxshi bilim olishga intilish kerak! 
Internet orqali daromad topishda ingliz tili muhim rol o‘ynaydi. Ingliz tilini yaxshi o‘zlashtirgan 
inson uchun barcha yo‘llar ochiq. Imkon qadar barcha mavzularni yaxshi o‘zlashtirib, puxta 
bilim, kompetensiyalarga ega bo‘ling. Olgan bilimlaringiz asosida shaxsiy hayotingizni yaxshilash 
uchun qo‘shimcha daromad olish o‘z qo‘lingizda!


103

Yüklə 123,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin