54
Shaxsni shakllantirishga muhit (ijtimoiy va tabiiy muhit) katta
ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy muhit shaxsni rivojlantirishda ustun
ahamiyatga ega: ishlab chiqarishning taraqqiyot
darajasi va ijtimoiy
munosabatlar
xususiyati
kishilar
faoliyati
va
dunyoqarashi
xususiyatini belgilab beradi. Tabiiy muhit (iqlim sharoitlari,
o‘simliklar, hayvonot dunyosining ahvoli) ham shaxsning
shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Jamiyat tabiiy boyliklarni muhofaza qilib va ko‘paytirib,
kishilarni hayvonlarni, o‘simliklarni, suv
havzalarini va hokazolarni
muhofaza etishga jalb qiladi, tabiat bilan faol muloqotda bo‘lishi
uchun keng imkoniyatlar yaratadi, bu esa o‘z navbatida odamga har
tomonlama ta’sir ko‘rsatadi. Shaxs
muayyan ijtimoiy jamiyat
mahsulidir.
Shaxsning hayotiy faoliyatida ijtimoiy muhit unga ijobiy, yoki
salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ijtimoiy jamiyat shaxs imko-
niyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi mumkin. Bu jami-
yatning ma’naviy
qiyofasi, unda tashkil etilayotgan munosabatlar
mazmuni hamda darajasiga bog‘liq.
Muhit deganda shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi tashqi
olam voqelik, hodisalar majmui tushuniladi. “Muhit” tushunchasi
o‘zida
geografik-hududiy, ijtimoiy va mikro muhit (oila) xusu-
siyatlarini ifoda etadi. Mikromuhit o‘zida qisman ijtimoiy muhit
qiyofasini aks ettiradi. Ayni chog‘da u nisbatan mustaqillikka ega.
Mikromuhit, bu ijtimoiy muhitning bir qismi bo‘lib, oila, maktab,
do‘stlar, tengqurlar, kishilar va shu kabilarni o‘z ichiga oladi. Bolani
qurshab turgan muhitda ijobiy va salbiy rivojlantiruvchi va inqirozga
eltuvchi hodisalar mavjud. Agar bola o‘z tug‘ma layoqatiga mos
sharoitda o‘sib, zarur faoliyat bilan shug‘ullansa, layoqat erta ko‘rinib
Dostları ilə paylaş: