89
Tarbiya tamoyillari:
Tarbiya
tamoyillari deb, yosh avlodni tarbiyalash maqsadidan
kelib chiqadigan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni va
yo‘nalishiga qo‘yiladigan eng muhim talablarni belgilab beruvchi
asosiy g‘oya va qoidalar yig‘indisiga aytiladi.
Tarbiya tamoyillari
o‘qituvchi va tarbiyalanuvchilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar
bo‘lib, ular yosh avlodni tarbiyalash, barkamol insonni shakllantirish
vazifalariga
muvofiq belgilanadi, shuningdek, ular shaxs tarbiyasi
borasidagi ilg‘or ta’limotlar g‘oyalariga hamda pedagogika fanida
erishilgan yutuqlarga asoslanadi. Tarbiya tamoyillari tarbiya jarayoni
qonuniyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaviy jarayonda ilg‘or tamoyillarga
amal qilinishi tarbiya samarasini ta’minlaydi. Tarbiya tamoyillari
quyidagilardan iborat:
– tarbiyaning maqsadga yo‘naltirilganligi va g‘oyaviyligi;
– tarbiyada demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustunligi;
– tarbiya milliy, umumbashariy qadriyatlarning ustunligi:
– tarbiyada izchillik va tizimlilik;
– tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qo‘shib olib borish;
– tarbiyani mehnat bilan bog‘lash;
– tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish;
– tarbiyada o‘quvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga
olish;
– jamoa va jamoa yordamida tarbiyalash;
– tarbiyada o‘quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib,
salbiy
tomonlarni yo‘qotish;
Tarbiyaning maqsadga yo‘naltirilganligi va g‘oyaviyligi –
o‘qituvchi ijtimoiy tarbiya maqsadi va vazifasini aniq tasavvur etishi
va puxta anglab olishi zarur.
Yosh avlodni yuksak g‘oyaviylik ruhida tarbiyalash ularning
ongiga xalq, millat, yurt, jamiyat manfaatiaridan yuqoriroq manfaat
bo‘lishi mumkin emasligini singdirishi, ularni vatanga, xalqqa
muhabbat ruhida va sadoqatli qilib tarbiyalash demakdir.
Bu sohada mustaqil respublikamiz Xalq ta’limi
xodimlarining
asosiy vazifasi erkin, ijodkor, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, yetuk
mutaxassis, komil shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Maktabda va
maktabdan tashqarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning barchasi
ijtimoiy tarbiyaning maqsadini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilishi
zarur. O‘qituvchi (tarbiyachi)lar jamoasi va har bir o‘qituvchi-
90
tarbiyachining maqsadi – har tomonlama kamol topgan mukammal
inson shaxsini tarbiyalashdan iborat bo‘lishi lozim. Ana shunda
mazkur tamoyil o‘z vazifasini bajargan bo‘ladi.
Tarbiyada demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustunligi –
tarbiyada inson shaxsini ijtimoiy qadriyat deb tan olish,
har bir bola,
o‘smir va o‘spirinning betakror va o‘ziga xosligini hurmat qilish,
uning ijtimoiy xulqi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani
demokratiyalash bu – tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlardan
yuqori qo‘yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi o‘zaro
ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini
o‘zgartirish demakdir. Bu tarbiya ishiga jamoatchilikni jalb qilish,
uning rivojlanishiga jamoat omilini kiritish demakdir. O‘qituvchi
o‘quvchiga avvalgidek, tarbiya obyekti emas, balki o‘zi kabi subyekt
deb qarashi darkor. Ya’ni o‘quvchini
teng huquqli hamkor, hamfikr
deb qarash lozim. Umuman, ta’lim va tarbiyani inson parvar-
lashtirishning pedagogik diqqat hamda e’tibor markazida insonning
muhim masalasi va muddaosi, ya’ni bolalarda inson shaxsiga
dunyodagi
eng yuqori, bebaho boylik sifatidagi munosabatini
shakllantirishdek faoliyat yotadi. Tarbiyada milliy va umuminsoniy
qadriyatlar ustunligi xalqning ko‘p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy
merosini chuqur bilmasdan milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur
tuyg‘usini qaror toptirish mumkin emas. Shu bois, xalq an’analari, urf-
odatlari, marosimlari, xalq og‘zaki ijodi, milliy o‘yinlar va ularda
ifodalangan g‘oyalarni o‘quvchilar ongiga singdirish,
ularda ushbu
g‘oyaga nisbatan hurmatni qaror toptirish lozim. Umumbashariyat
uchun qadrli, ardoqli bo‘lgan, insoniyat o‘tmishi, buguni hamda
kelajagi uchun daxldor, qadr-qimmatga ega bo‘lgan an’analar, urf-
odatlar haqida ma’lumotlar berish, ularda mehr-muhabbat tuyg‘usini
uyg‘otish, ularni qo‘llab-quvvatlash, ezgu g‘oyalar uchun kurashish
hissini qaror toptirish tarbiya jarayonida amalga oshirilishi lozim.
Tarbiyada izchillik va tizimlilik – tarbiyaga yaxlit tizimli yondashish
pedagogik harakatning pirovard natijasiga yo‘naltirilganlik
darajasini
belgilab beradi. Bunday pedagogik maqsad va vazifalar, ularning
mazmuni tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashuvchilari tomonidan
tan olinishi shart. Tarbiyada izchillik juda muhimdir, O‘quvchilarga
birdaniga ko‘p talab va qoidalarni taqdim qilish mumkin emas.
O‘qituvchilar o‘quvchilarga bo‘lgan munosabat jarayonida o‘zaro bir-
biriga zid harakatda bo‘lmasliklari, yagona talab qo‘yishlari lozim.