Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

Bolalar kiyimi
. Yozgi kiyim rangi ochiq, asosan, oq gazlamadan, 
qishki kiyim to‘q rangli materialdan tikilishi lozim. Bolalarning 
kiyimi ularning yoshiga yarasha, yengil, qulay, qismaydigan, estetik 
didiga javob beradigan paxta matosidan tikilishi kerak.
Bolalarning oyoq kiyimi ham qulay, poshnasi 1-1,5 sm bo‘lishi 
kerak. Vaqti-vaqti bilan bolalarga qishda binoning ichida, yozda 
maydonchada yalangoyoq, yurishga ruxsat berish kerak. Notekis 
joyda yalangoyoq yurish tovon yassiligini yo‘qotadi, bola organizmini 
chiniqtiradi. 
Sayr.
Bolalarning uzoq vaqt ochiq havoda bo‘lishlari ularning 
sog‘ligiga va jismoniy taraqqiyotiga har tomonlama ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Bolaning ochiq havoda bo‘lishi natijasida qon kislorodga 
to‘yadi, temperaturaning o‘zgarib turishi, havoning namligi, shamol 
ta’siri termoregulyatsion apparatni mashq 145 qildiradi organizmni 
chiniqtiradi. Bolaning faolligi oshadi, harakatlari, jismoniy sifatlari 
takomillashadi. 
O‘tkaziladigan sayrning tashkiliy jihatlari, mazmuni va 
metodikasini tarbiyachilar puxta o‘ylashlari lozim. Sayrga yig‘ilish 
ko‘p vaqtni olmasligi, buning uchun bolalarni bir tartibda kiyinish va 
yechinishga o‘rgatish kerak. Sayr rejasiga atrof hayotni kuzatish, sport 
mashg‘ulotlari, mehnat faoliyati, o‘yinlar kiradi. Bolalarning turli 
faoliyatlarini tashkil etish uchun bolalar maydonchasi pedagogik 
talabga javob beradigan qilib jihozlangan bo‘lishi kerak. Har bir guruh 
maydonchasida turli o‘yinlar o‘tkazish uchun qurilish materiallari, 
qum, suv, turli o‘yinchoqlar, sirpanish uchun tepaliklar, muz 
maydonchasi, tirmashib chiqish, muvozanat saqlash, sakrash uchun 
moslamalar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Velosiped uchish uchun yo‘l bo‘lishi kerak. Bolalar 3-4 soat 
ochiq havoda vaqt o‘tkazishlari lozim. Faqat qattiq yomg‘irda, kuchli 
shamolda, sovuq - 25° dan oshganda sayrga chiqish kerak emas. 
Harakatli o‘yinlarni o‘tkazish muddati mashg‘ulotning mazmuniga 
bog‘liq. Hatto 15-20 daqiqalik sayrlar ham yaxshi hissiy, jismoniy 
madad 
beradi. 
Tarbiyachi 
bolalarning 
bir 
vaziyatda 
turib 
qolmasliklariga e’tibor berib turishi lozim.
Harakatli o‘yinlarni tinchroq o‘yinlar bilan almashtirib turish 
kerak. Kichik guruh bolalari bilan haftasiga bir marta, katta guruh 


98 
bolalari bilan haftasiga 2 marta ekskursiya uyushtiriladi. Bunda 
bolalar kattalarning mehnatini, kishilarning hayotini kuzatadilar. 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin