Turli yosh guruhlarida sensor tarbiyani tashkil etish metodikasi Italiyalik pedagog Mariya Montessori o‘zining pedagogik
qarashlaridan kelib chiqib bolalarni aqliy jihatdan rivojlantirish, ularni
his qilishga o‘rgatish kerakligini ta’kidlaydi. Bolalarda sensorika va
motorikani
rivojlantirish
kichkintoylarda
yozish,
hisoblash
ko‘nikmasini shakllantiradi. Montessori metodikasining asosiy
mohiyati bolada mustaqil faoliyat orqali shaxsiy imkoniyatlarini
namoyon qilishga sharoit yaratish va yordam berishdan iborat.
Shuningdek, Montessori materiallari kichkintoylarda mantiqiy
tafakkurni rivojlantiradi. Bolada ichki kuchni rivojlantirish va uning
shaxsiy sifatlarini shakllanishiga turtki beradi. Bundan tashqari bolada
atrof-muhit to‘g‘risidagi tasavvurlar ham tizimga solinadi
Ta’lim
jarayonida
tarbiyachining
diqqat
markazida
kichkintoyning individual va ijtimoiy-hissiy ehtiyojlarini qondirish
nazarda tutilishi lozim. Mashg‘ulot va o‘yinlar uchun tanlangan
didaktik materiallar bolada motorika (harakat) va sensorika (sezgi)ni
rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Bolaning mustaqil
harakat qilishi natijasida uning ichki kuchlari erkin bo‘ladi va asta-
sekin kattalar yordamisiz ham o‘zi bajara olish ko‘nikmasiga ega
bo‘ladi.
Montessori materiallari bola uchun dunyoni, atrof-olamni anglash
kaliti hisoblanib, dunyo haqidagi tasavvurlarini tizimga solishga,
uning xaotik va atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarini kengayishiga
sabab bo‘ladi. Bular yordamida bolada dunyoqarash rivojlanadi. U
o‘zining shaxsiy tajribasi asosida atrof-olam va tabiatda yuz beradigan
hodisalarni tushunadi va anglay oladi. Demak, bolalarda sezgi va
mayda qo‘l harakatini rivojlantirish orqali maktab ta’limiga tayyorlash
imkoniyatlari yanada kengayadi degan xulosaga kelish mumkin.
Quyida maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda mayda qo‘l harakatini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan mashqlardan namunalar keltiramiz.