Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


-mashq. “Savatcha”ni yasatamiz (2-5 yoshli bolalar uchun)



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

1-mashq. “Savatcha”ni yasatamiz (2-5 yoshli bolalar uchun). 
Mashq maqsadi: kichkintoyning asosiy barmoqlarida (bosh barmoq, 
ko‘rsatkich va o‘rta barmoq) motorikani rivojlantirish. Bolani 
yozishga o‘rgatish. 
Kerakli jihozlar: savatcha yoki qalin karton qog‘oz (to‘g‘ri 
to‘rtburchak shaklida bo‘lishi kerak), kir qistirgich. Savatchaning 
cheti juda qalin bo‘lmasligi lozim. Bolaga kir qistirg‘ich solingan 


115 
savatcha beriladi. Tarbiyachi unga har uch barmoq oralig‘idan keyin 
kir qistirg‘ichni savatcha chetiga terib chiqishni taklif qiladi. Bola 
topshiriqni mustaqil bajaradi. 
Izoh:
kichkintoy yozish malakasiga ega bo‘lishi uchun avval 
unda mayda qo‘l motorikasi rivojlangan bo‘lishi lozim. Ya’ni, u 
qalam yoki ruchka ushlaganda yengil va oson bo‘lishi kerak. Mashqni 
ko‘p marotaba takrorlash bolada barmoqlarni yaxshi harakatlantirish 
hamda o‘ng va chap qo‘lni farqlashga o‘rgatadi. Kuzatish jarayonida 
uning o‘ng yoki chapaqay ekanligi ham aniqlab olinadi. Tarbiyachi 
bolaning ikkala qo‘lda ishlashini nazorat qilishi kerak. 
2-mashq.
“Rangli tomchilar” (2-5 yoshli bolalar uchun). 
Maqsad:
bolalarda mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish. 
Barmoqlar harakatini mustahkamlash. Diqqatni jamlashga o‘rgatish 
hamda qo‘llarni yozishga tayyorlash. 
Kerakli jihozlar:
patnosda 12 katakchali suv muzlatgich idishi 
qo‘yiladi. Har to‘rt katakchaning ustiga qizil, ko‘k va sariq rang 
belgisi qo‘yiladi. Patnosda uch xil rangli stakanda suv qo‘yiladi. 
(Suvga qizil, sariq, ko‘k rangda iste’mol bo‘yog‘i solib rang beriladi). 
Har 
bir 
stakanda 
suv 
tomizgich 
(pipetka) 
turadi. 
Mashq-ning borishi: bolalar stakandagi rangli suvdan pipetka 
yordamida suv olib, rangiga mos muzlatkich idishiga tomizadi. Asta-
sekin suv muzlatkich katakchalari rangiga mos suv bilan to‘ldiriladi. 
Izoh:
bu mashq orqali nafaqat bolada barmoqlar harakati 
rivojlantiriladi, balki ranglarni farqlaydi hamda ko‘p va kam miqdor 
tushunchalarini ham anglaydi. Ularda taqqoslash va solishtirish 
ko‘nikmalari shakllanadi. Shu bilan birga, har xil rangli tomchilarni 
tomizish ularda psixomotorikani rivojlantiradi. 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin