Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta


Axloqiy tushunchalaming turli yosh davrlarida



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

Axloqiy tushunchalaming turli yosh davrlarida 
shakllanish darajasi 
Axloqiy 
qadriyatlar 
Axloqiy 
tuyg‘ular 
Axloqiy 
onglilik 


120 
muomala-munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Qadimgi faylasuflar-u, 
donishmandlar ijodida odob-axloq malasalari markaziy o‘rinni egallab 
kelgan. Ular axloq-odobni jamiyatning «poydevori» deganlar. 
Shuning uchun jamiyatning har bir a’zosining xulqi-odobiga alohida 
e’tibor bilan qaraladi. 
Muqaddas Qur’oni Karimda va payg‘ambarimiz Muhammad 
Alayhissalomning hadislarida insoniy axloq-odobning barcha qirralari 
o‘z ifodasini topgan. 
Quyidagi hadislarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin: 
«Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham 
yaxshilangizlar», «Men barcha yaxshi axloqni takomillashtirish uchun 
yuborilganman», «Mo‘min kishida quyidagi ikki xislat bo‘lmasligi 
kerak: baxillik va axloqsizlik».
Ma’lumki, ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish 
ilm-u ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat 
ravnaqining eng asosiy sharti deb bilganlar. Albatta, ta’lim-tarbiya - 
ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham 
belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini boyitadigan eng muhim 
omildir». 
Husayn Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy» asari shaxsiy, oilaviy 
va fuqarolik axloq asoslarini o‘z ichiga olgan. U 40 bobdan iborat. 
Muallif asarda adolat, sabr, yoqimlilik, hayo, odob, ishonch, va’daga 
vafo qilish masalalari haqida so‘z yuritadi. 
Jaloliddin Davoniyning «Axloqi Jaloliy» asarida axloqiy 
muammolar, ijtimoiy-falsafiy masalalar tahlil qilinadi. Asarni 
yozishda muallif Arastu, Aflotun, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sinolar ning 
axloqiy ta’limotlaridan foydalangan, Risola uch qismdan iborat bo‘lib, 
birinchi qismida xulqiy tarbiya va axloqiy xislatlarni egallash haqida 
so‘z yuritib, axloqning asosiy tushunchalari: donolik, adolat, iffatga 
mufassal to‘xtalgan, axloq ilmining maqsad va vazifalari belgilab 
berilgan. Ikkinchi qism oila va oilaviy hayot masalalariga 
bag‘ishlangan. Unda bolalarni tarbiyalash va kamolga yetkazish, kasb-
hunarni egallash yoritiladi. Uchinchi qism ijtimoiy-siyosiy masala-
larga bag‘ishlangan.
Ahmad 
Yugnakiyning 
«Hibbat-ul-haqqoyiq» 
asari 
ta’limiyaxloqiy yo‘nalishda yozilgan bo‘lib, bilimlilik, adolat, saxovat 
kabi xislatlar ulug‘lanadi, yetuk insonni tarbiyalash g‘oyasi ilgari 
suriladi.


121 
Amir Temur «Axloqiy Husniya» – yaxshi xulqlar egasi bo‘lgan. 
U oqil va tadbirli sarkarda sifatida odamlarni ishga tayinlashda ham, 
vazifasidan ozod etishda ham shoshmashosharlik va adolatsizlikka 
yo‘l qo‘ymagan. Amir Temur singari jahon ma’naviyati saltanatida 
o‘z o‘rinlariga ega bo‘lgan buyuk bobokalonlarimizning axloq, go‘zal 
xulq haqidagi fikrlari bugungi kun talabi bilan yozilgandek tuyuladi. 
Amir Temurning vasiyatlaridan xalqiga cheksiz sodiqligini, millatini 
ulug‘laganini, ozodlik uchun kurashuvchan, axloqiy madaniyati 
yuksakligini ko‘rish mumkin: «Millatning dardiga darmon bo‘Iing. 
Zaiflarni qo‘riqlang, yo‘qsinlarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat 
va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz bo‘lsin». 
Ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribasi, 
diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etgan yodgorliklar 
orasida Xorazm vohasi hududida yaratilgan bebaho ma’naviy obida 
«Avesto» kitobi alohida o‘rin tutadi. Ana shunday o‘lmas asori-
atiqalar bu ko‘hna o‘Ikada, bugun biz yashab turgan tuproqda 
qadimdan buyuk madaniyat mavjud bo‘lganidan guvohlik beradi. 
«Avesto»ning tub ma’no-mohiyatini belgilab beradigan «Ezgu fikr, 
ezgu so‘z, ezgu amal» degan tamoyilni oladigan bo‘lsak, unda hozirgi 
zamon uchun ibrat bo‘ladigan axloqiy saboqlar borligini ko‘rish 
mumkin. 
Ma’lumki har bir xalqning o‘z afsonaviy qahramonlari, 
pahlavonlari bo‘ladi. Shu ma’noda xalq og‘zaki ijodining noyob 
durdonasi bo‘lmish «Alpomish» dostoni millatimizning o‘zligini 
namoyon etadigan, avlodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan 
qahramonlik qo‘shig‘idir. Bu mumtoz asarda tarix to‘fonlaridan, 
hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib, o‘zligini saqlagan, el-
yurtimizning bag‘rikenglik, matonat, olijanoblik, vafo va sadoqat kabi 
axloqiy fazilatlari o‘z ifodasini topgan. Shu bois «Alpomish» dostoni 
bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi.
Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» kitobining 
«Haqqoniyat» deb atalgan bobida rostlik va to‘g‘riso‘zlikni insonning 
eng insoniy sifatlaridan biri deb hisoblaydi. U bola tarbiyasida 
o‘sayotgan shart-sharoit va tarbiyaning roliga alohida e’tibor beriladi. 
A.Navoiy ijodida ham axloq-odob masalalariga katta ahamiyat 
berilgan. «Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha 
odamlar uchun yoqimlirog‘idir» - deydi mutafakkir A.Navoiy. 
A.Navoiyning «Mahbub-ul qulub» asarida odob, axloqqa oid g‘oyalar 


122 
ilgari surilgan. Insonparvarlik g‘oyalari ulug‘langan. Maktabgacha 
ta’lim-tarbiyani tashkil etish fani yosh avlodni axloqiy rivojlanishida 
tarbiya va ta’limni muhim omil deb hisoblaydi. Pedagogika va 
ruhiyatga oid tadqiqotlar natijalarining ko‘rsatishicha, Maktabgacha 
ta’lim davri bolaning ma’naviy shakllanishida eng muhim bosqichidir. 
Shu davrda ma’lum maqsadga qaratilgan ta’limtarbiya ta’sirida 
shaxsning axloqiy sifatlari shakllana boshlaydi. 6-7 yoshda ijobiy xulq 
normalarining ancha barqaror shakli yuzaga keladi. Bola atrofdagilar 
bilan bo‘ladigan munosabatlarida egallab olgan axloq normalariga 
asoslangan holda ish tutadigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun bolalarga 
ilk yoshdan boshlab axloqiy tarbiya berib borish muhimdir. 
Axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillari quyidagilarni o‘z ichiga 
oladi:

g‘oyaviy va tarbiya ishining ma’lum maqsadga qaratilganligi;

ta’lim-tarbiya ishiga bola shaxsini hurmat qilgan holda 
yondashish;

axloqiy tarbiya ishini hayot va zamon bilan birga olib borish; 

bolalarning faolligi;

oila va MTTlarining tarbiyaviy ta’sirining birligi; 

bola shaxsidagi ijobiy sifatlarga suyanish;

bola shaxsini har tomonlama rivojlanishini ko‘zda tutish. 
Axloqiy tarbiya prinsiplarini pedagogik shart-sharoit bilan 
qo‘shib amaga oshirish bolaning axloqiy rivojlanishiga samarali ta’sir 
etadi.
Axloqiy tarbiya metodlari. Maktabgacha ta’lim yoshidagi 
bolalarga axloqiy tarbiya berishda har xil metod va usullarni qo‘llash 
muhim ahamiyatga egadir. Axloqiy tarbiya metodlari – bolalarning 
axloqiy tasavvur va bilimlarni egallab olishga qaratilgan faoliyat 
usulidi. 
Quyida keltirilgan hamma metodlar orqali bolalarga axloqiy 
norma va qoidalar, ijtimoiy hayot voqealari o‘rgatiladi. Ularda axloqiy 
tasavvur va tushunchalar shakllantiriladi. Bu guruh metodlariga 
qo‘yiladigan asosiy talablar: Bolalarning yaxshilik, yomonlik 
to‘g‘risidagi tasavvurlarini e’tiborga olish; axloqiy xulq-atvor 
normalarini muhokama qilish uchun maxsus yaratilgan vaziyatda 
bolalarning o‘zlarini faol qatnashtirish; har bir bolaning his-tuyg‘usiga 
ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lish. 


123 
Yuqorida keltirilgan hamma metodlar orqali bolalarga axloqiy 
norma va qoidalar, ijtimoiy hayot voqealari o‘rgatiladi. Ularda axloqiy 
tasavvur va tushunchalar shakllantiriladi.
Bu guruh metodlariga qo‘yiladigan asosiy talablar: Bolalarning 
yaxshilik, yomonlik to‘g‘risidagi tasavvurlarini e’tiborga olish; 
axloqiy xulq-atvor normalarini muhokama qilish uchun maxsus 
yaratilgan vaziyatda bolalarning o‘zlarini faol qatnashtirish; har bir 
bolaning his-tuyg‘usiga ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lish. Bolani 
noo‘rin tanqid qilish, uning ustidan kulish, unga nisbatan e’tiborsizlik 
qilish qat’iyan man qilinadi. Hamma metodlardan izchillik bilan 
kompleks ravishda foydalaniladi. 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin