Buxoro davlat pedagogika instituti tosheva nurzoda toshtemirona maktabgacha ta



Yüklə 43,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/118
tarix16.12.2023
ölçüsü43,16 Kb.
#181771
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   118
2023.Darslik N.T.Tosheva

Rivojlantiruvchi maqsad:
Xotirani, tezkor ongni, diqqat, 
fikrlashni rivojlantirish. Atrof-muhitga o‘z munosabatini bildirish 
istagini rivojlantirish, buning uchun mustaqil vositalarni mustaqil 
ravishda izlash. 
Davlat talabi:
Tayyorlov guruhda lozim bo‘lgan bilim va 
ko‘nikmalarni bolalarga singdirish. Bola nutqni tinglaydi va anglaydi, 
so‘zlashadi va muloqat qiladi, qiziquvchan, intiluvchan, faol, bilishga 
qiziqish bildiradi va unga ehtiyoji mavjud, tengdoshlari va kattalar 
bilan muloqat malakalarini rivojlantirishga qodir. Atrofdagi borliqni 
ijodiy o‘zgartirish malakasiga ega. Dunyoni his etish va tushunishni 
namoyish etadi. 
Faoliyat uchun keraklik jihozlar:
mavzuga oid ko‘rgazmali 
qurollar, qalamcha kleylar, qaychi, salfetka, vatman. 
Faoliyatning borishi:
Tashkiliy daqiqa. 
Tarbiyachi:
(Bolalar yarim doira bo‘lib turib oladilar.) Bolalar, 
qaranglar, bizning guruhimizga mehmonlar kelishibdi. Ular sizlarni 
qanaqa bola bo‘lib o‘sganliklaringni va nimalarni bilib olganlaringni 
ko‘rishmoqchi. Kelinglar ular bilan salomlashib olamiz. 
Bolalar javobi:
Assalomu alaykum! 
Bolalar bilan suhbat. 
Tarbiyachi:
Bolalar agar sizlar bilan biror g‘ayrioddiy narsalar 
yuz bersa misol, do‘stingizni onasini bog‘chaning kiraberish eshigi 
oldida ko‘rib qoldingiz birinchi bo‘lib do‘stingizning onasiga yo‘l 
bergan bo‘larmidingiz yoki o‘zingiz o‘tib ketaberarmidingiz? (Bolalar 
javoblari) Hozir bo‘lmasa biz sizlar bilan “Harakatni baholash” nomli 
bir ajoyib o‘yin o‘ynaymiz. Sizlar mana bu doskada ilingan rasmlarni 
ko‘rib qanday qilsangiz shu vaziyatlardan chiqib ketish kerakligini 


125 
tushuntirib berasizlar. (Bolalar rasmlarga qarab vaziyatlarni to‘g‘ri 
aytib berishga harakat qilishlari kerak). 
1-rasm-Qariya hassasini ko‘lmak suvga tushurib yubordi. 
2-rasm-Avtobusda qariya tik turibdi. 
3-rasm-Sog‘lom bolalar o‘ynashyapti, nogiron bola esa nogironlik 
aravachasida o‘tiribdi. 
4-rasm-Kattalar gaplashyapti bir bola esa ularning gaplariga halaqit 
beryapti. 
5-rasm-Yig‘layotgan bola. 


126 

Yüklə 43,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin