VIII. 4. Estetik tarbiyaning vazifalari, mazmuni va metodlari
Insoniyat go‘zallikni butun rivojlanish tarixi jarayonida egallaydi
va yaratadi. Go‘zallik madaniy tarixiy tajribaning bir qismi
hisoblanadi. Uning obyektiv mavjudligi estetik tarbiya nazariyasini,
estetik tajribani yosh avlodga maqsadga muvofiq va muntazam
143
ravishda berish va shu orqali uni estetik rivojlantirishni ta’minlashning
faol usullarini ishlab chiqishga yo‘naltiradi. Bunda estetik tarbiya
madaniyatni egallashning asosiy vositasi tarbiya va ta’limdir. Estetik
tarbiya juda keng tushuncha bo‘lib, unga tabiat, mehnat, ijtimoiy
hayot, turmush va san’atga estetik munosabatni tarbiyalash kiradi.
Estetik tarbiya (nafosat tarbiyasi) bu bolalarga voqelikdagi,
san’atdagi,
tabiatdagi,
kishilarning
ijtimoiy
va
mehnat
munosabatlaridagi, turmushdagi go‘zallikni idrok qilish hamda to‘g‘ri
tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, ularda
go‘zallikka muhabbat uyg‘otish va hayotga go‘zallik olib kirish
qobiliyatlarini tarbiyalashdir. Nozik didli bo‘lish, go‘zallikni fahmlay
va qadrlay olish, badiiy madaniyatni tushunish, o‘z hayotini go‘zallik
qonunlari asosida qura olish komil insonning eng zarur fazilatidir.
Estetik tarbiya, eng avvalo, har bir kishida badiiy hissiyot
tuyg‘ularini, badiiy didni tarbiyalashdir. Ilmiy dunyoqarashga
asoslangan nafosat, did, his-tuyg‘ular va ko‘nikmalarning o‘sib
borishi jarayonida insonning o‘zi ham ma’naviy boyib, hayoti yanada
sermazmun bo‘ladi. Yashayotgan zamoniga nisbatan mehr-muhabbati
ortib boradi. Bularning hammasi har bir insonda go‘zallikni xunukdan,
jirkanchlikdan farq qila bilish qobiliyatini shakllantiradi, uni yanada
rivojlantiradi. Estetik tarbiya bugungi kunda shunisi bilan muhimki,
did-farosatlilik mehnatda, ishlab chiqarishda, kundalik amaliy
faoliyatda - har bir inson uchun hayotiy ehtiyojga aylanib qolgan.
Donolardan biri go‘zallik axloq-odobning tug‘ishgan singlisidir,
degan edi. Darhaqiqat, odob va nafosat tarbiyasi o‘zaro chambarchas
bog‘liq holda amalga oshiriladi. Chunki nafosat tarbiyasining natijasi
axloq-odobda, chiroyli xatti-harakat, go‘zal munosabatda va hayotga,
kelajakka, insonlarga, tabiatga muhabbatda ko‘rinadi. Xalqimiz
«Kamtarlik ham husn» deydi. Mana shu birgina iborada chuqur ma’no
bor.
Estetik tarbiya orqali yoshlarda kamtarlik xislati tarkib topadi. Bu
xislat kishilarning eng go‘zal belgisidir. Salbiy xatti-harakatlardan
nafratlana bilish tuyg‘usini ham estetik tarbiyani paydo qiladi. Bunda
badiiy asarlarning roli muhimdir. Masalan: «Zumrad va Qimmat»
ertagida Qimmatning xulq-atvori bolalar qalbida nafratni uyg‘otadi.
Zumradning tevarak-atrofga munosabati, mehnatsevarligi, kamtarligi
qalblarda quvonchni paydo qiladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki,
ayrim yoshlar go‘zallikni tor ma’noda tushunadilar. Ya’ni chiroyni
144
ko‘pincha husn jamolda deb bilishadi. Bu bir tomonlama
tushunchadir. Har tomonlama ma’noda esa chiroy husn-jamol, qalb
go‘zalligida, ma’noli so‘zdadir. Xalqimiz bejizga «Chiroy husn-u
jamolda emas, fazl-u kamolda» deb aytmagan. San’at va hayot
go‘zalligi bilan tanishtirib borish bolaning aqlini, hissini tarbiyalab
qolmay, shu bilan bir qatorda uning xayol va tasavvurni ham
rivojlantiradi. Bolalarni go‘zallikka oshno qilish, ularda hayotiy
voqealarni to‘g‘ri tushunish, olijanob his-tuyg‘ularni va intilishlarni
shakllantirishga yordam beradi. Bolalarda go‘zallikni idrok qilishni
tarbiyalash orqali ularda boshqa kishilarning kechinmalarini his eta
bilish, kishilarning xursandchiliklariga sherik bo‘lish, qayg‘usini birga
baham ko‘rish kabi xususiyatlar tarkib toptiriladi.
Estetik taraqqiyot shaxsning estetik ongi, munosabati va estetik
faoliyatining shakllanishi va takomillashuvida uzoq vaqtni talab
etadigan jarayondir. Shaxsning estetik taraqqiyoti ijtimoiy-tarixiy va
estetik tajribani ijodiy o‘zlashtirishi natijasida yuzaga keladi, Bu har
xil yo‘llar va shakllar orqali amalga oshiriladi. Shaxsning estetik
jihatdan rivojlanishida ma’lum maqsadga qaratilgan ta’lim va tarbiya
hal etuvchi rol o‘ynaydi.
Estetik ehtiyoj kishi borliqni, badiiy faoliyatni, uning har xil
ko‘rinishlarida estetik idrok etishga undovchi subyektiv omildir.
Estetik
ehtiyoj
go‘zallik
to‘g‘risidagi
fanning
rivojlanish
qonuniyatlarini yanada chuqurroq o‘rganishga undaydi.
Estetik qiziqish shaxsni san’at asarlarini, tevarak-atrofdagi
borliqni estetik idrok etishga va estetik faoliyatga o‘ylantiradi. Estetik
qiziqish estetik ehtiyojni yuzaga keltiradi. «Estetik tarbiya»
tushunchasi bilan bir qatorda «badiiy tarbiya» tushunchasi ham
mavjuddir.
Badiiy tarbiya san’at asarlari orqali tarbiyalashdir. U shaxsda
san’at asarlarining shakl va mazmunini estetik idrok etishni
rivojlantirish, badiiy didni shakllantirish va san’atning ma’lum turlari
bo‘yicha ijodiy faoliyatni, ijrochilik qobiliyatini rivojlantirishga
qaratilgandir. Uning natijasi fikrning paydo bo‘lishida, uni amaliy
faoliyatda qo‘llashda, o‘z bilim va taassurotlarini ko‘ra bilishda, his-
tuyg‘ulari va fikrlarini samimiyat bilan ifodalashda namoyon bo‘ladi.
Estetika tabiatdagi, jamiyatdagi moddiy va ma’naviy madaniyat
buyumlarida aks etgan, shuningdek, estetik ongning paydo bo‘lishi,
rivojlanishi va vazifasi to‘g‘risidagi qonuniyatlarni, obyektiv borliqni
145
estetik bilishning muhim usullaridan biri bo‘lgan san’atning
rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi. Pedagogika estetikaning
«go‘zallik hayot demakdir» degan qoidasidan kelib chiqib, o‘sib
kelayotgan yosh avlodni hayotdagi, mehnatdagi, turmushdagi kishilar
munosabatidagi go‘zallikda qatnashtirish, uning hayotni, san’atni
idrok eta bilish qobiliyatini shakllantirishni o‘zining bosh vazifasi deb
hisoblaydi. Go‘zallik kishini olijanob qiladi, uning yuksak didli,
yaxshi inson bo‘lishiga xizmat qiladi.
Go‘zallik bilan uchrashish kishida estetik his, ruhiy hayajon,
beg‘araz quvonch uyg‘otadi. Estetik hisda idrok etilayotgan voqelikka
nisbatan xudbinlik ohangi, shaxsiy manfaat nuqtayi nazaridan g‘arazli
qarashlar bo‘Imaydi.
Ajdodlarimiz bu to‘g‘rida shunday yozadi: «Kishidagi go‘zallik
hosil qilgan sezgi, odam eng yaqin kishisi bilan uchrashganda paydo
bo‘ladigan porloq quvonchga o‘xshaydi. Biz go‘zallikni beqiyos
sevamiz, undan eng yaqin kishimizni uchratganda quvongandek
zavqlanib quvonamiz». Go‘zallik insoniyatning butun tarixiy
taraqqiyoti davomida yaratiladi va madaniy-tarixiy tajribaning bir
qismini tashkil etadi. Uning mavjudligi, obyektivligi yosh avlodga
estetik tajribani sistemali ravishda singdirish va shu orqali ularning
estetik tomondan taraqqiy etishini ta’minlaydigan estetik tarbiya
nazariyasining faol usullarini ishlab chiqishga yo‘naltiradi. Bunda
tarbiya va ta’lim jamiyatning estetik madaniyatini o‘zlashtirishning
asosiy vositasi hisoblanadi.
Estetika borliqning birlamchi va ongning ikkilamchi ekanligiga
asoslanib, san’at borliqni badiiy obrazlarda anglash, estetik aks
ettirishning oliy shakli deb tushunadi. San’at o‘zining hissiy ta’sir
kuchi bilan kishining faqat hissini emas, fikr va irodasini ham maftun
etadi, tarbiyalovchi roli ham mana shunda namoyon bo‘ladi, shuning
uchun u estetik tarbiyaning mazmuni va vositasi hisoblanadi.
Estetik tarbiya axloqiy, aqliy, mehnat va jismoniy tarbiya bilan
chambarchas bog‘liqdir. Estetik va axloqiy tarbiyaning o‘zaro
bog‘liqligi shundaki, kishining go‘zallikni idrok etishdan quvonishi
uning boshqa kishilarga yaxshilik qilganidan xursand bo‘lishiga
o‘xshab ketadi. Aksincha, go‘zallikni ko‘ra bilmaslik undan
zavqlanmaslik yomon ishlarni qilishga olib keladi. San’atning
tarbiyaviy kuchi shundaki, u odamni hayotdagi voqealarni, hodisalarni
chuqur his-hayajon bilan idrok etishga majbur etadi. Estetik tarbiya
146
mehnat tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Mehnat faoliyati
bolalarni quvontiradi, ular bironta foydali ishni bajarayotib, biron
kerakli narsani yasayotib o‘zlarining kuch va imkoniyatlari о’sib
borayotganini sezadilar.
«Go‘zallik quvonchisiz mehnat quvonchi bo‘lmaydi, – deb
yozgan edi V.A.Suxomlinskiy, – ammo bularda go‘zallik bola ega
bo‘layotgan narsa emas, balki birinchi navbatda u yaratayotgan
narsadir. Mehnat quvonchi – bu turmush quvonchidir». Agar inson
estetik jihatdan tarbiyalangan bo‘lsa, u har qanday qiyin ishda ham
go‘zallikni ko‘ra oladi va uni yaxshi, zo‘r shavq-zavq bilan bajaradi.
Estetik va jismoniy tarbiya o‘rtasida mustahkam bog‘lanish bor.
Kishining mustahkam sog‘ligi, jismoniy kamolotisiz uning
go‘zalligini tasavvur etib bo‘lmaydi. Uning chiroyli gavda tuzilishi,
harakatlarni chiroyli bajarishi, musiqa ostida chiroyli harakatlar qilishi
va hokazolar shular jumlasiga kiradi. Ko‘pchilik pedagog va
psixologlarning tadqiqot ishlari bolalarning ijodiy faoliyatlari,
hissiyotlari, estetik tasavvurlarining o‘ziga xos xususiyatini va
ulardagi estetik tasavvur va hissiyotlarning qanday rivojlanishini
ochib bergan. Bu tekshirishlar bolalardagi estetik tasavvur va
hissiyotlarni rivojlantirishni ulardagi ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish
bilan birga qo‘shib olib borish kerak degan xulosaga olib keldi.
Estetik tasavvurning o‘ziga xosligi shundaki, idrokning boshqa
turlariga qaraganda narsalarni his qilish shakli – «ko‘rinadigan» va
«eshitiladigan» narsalar butunlay boshqa mazmun kasb etadi. Oddiy
idrok qilishda narsalarning ko‘rinishi, ohangdorligi unchalik muhim
bo‘lmay, balki uning ahamiyati muhimdir.
Estetik idrok qilishda esa eng muhimi idrok qilayotgan narsaning
obrazi, uning ifodali tomonlarini, nozik ranglarini ko‘ra bilish talab
qilinadi, Shuning uchun estetik tarbiya yuqori darajadagi sensor
madaniyatni, kuzatuvchanlikning rivojlangan bo‘lishini talab etadi.
Kishi narsa va hodisalarga go‘zallik mezoniga asoslangan holda,
alohida qadr-qimmat bilan yondoshgandagina estetik kechinmalar
paydo bo‘ladi. Estetik hislar fikrlash bilan bevosita bog‘liqdir.
Estetik kechinmalarda har doim xayol ishtirok etadi, busiz
go‘zallikni idrok etish ham, ijodiy faoliyatni rivojlantirish ham
mumkin emas. Xayol faoliyat jarayonida shakllanadi. O‘yin, rasm
chizish, ertaklarni eshitish xayolning ishlashini taiab etadi. Dastlabki
vaqtlarda xayol faoliyat jarayonida narsalar bilan ta’sir etish natijasida
147
yuzaga keladi. Keyingi bosqichlarda esa ijodiy faollikning tashqi
shakllaridan sekin-asta fikrlashga o‘tadi. Bola rasm chizganda yoki
o‘ynaganda obrazni tasvirlashdan yoki ifodalashdan oldin shu obrazni
idealida yaratadi.
Badiiy asarlarni idrok qilganda ham xuddi shunga o‘xshash voqea
yuz beradiki, bolalar asardagi qahramonlarga xayolan qo‘shilib,
ularning xatti-harakatlarida o‘z xayollari bilan qatnasha boshlaydilar.
Demak, estetik kechinmalar murakkab hodisa bo‘lib, hissiyotlar, xayol
va fikrning faol ishlashini, o‘z fikr va hissiyotlarini ifodalashga,
faoliyatga ehtiyoj tug‘ilishi kabi xususiyatlarni o‘z ichiga oladi.
Estetik tarbiyaning vazifalari tarbiyaning umumiy maqsadlaridan
kelib chiqib, bolalarning yosh imkoniyatlariga qarab belgilanadi.
Estetik tarbiya vazifalarini hal etish bolalarda tashabbuskorlik,
ma’lum natijalarni oldindan bilish, ularga intilish, orzu qila bilish kabi
sifatlarni shakllantirish bilan uzviy bog‘langandir.
Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalar asosida maktabgacha yoshdagi
bolalarning har bir yosh guruhlarida estetik tarbiya berishning
mazmuni va metodlari ishlab chiqiladi.
Estetik tarbiyaning mazmuni bolaning estetik faoliyati orqali
amalga oshiriladigan bilim, malaka va ko‘mkmalarni estetik hissiyot,
qiziqish, estetik ehtiyoj, estetik did va mulohazalarni tarbiyalashni o‘z
ichiga oladi.
Bular quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
–o‘yin, mehnat jarayonida, maishiy faoliyatda ijtimoiy va tabiat
voqealari bilan tanishtirish. orqali tevarak-atrofdagi borliqqa nisbatan
estetik munosabatni tarbiyalash;
– san’at asarlari (badiiy tarbiya) vositasida estetik tarbiya berish.
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanida bolalarni
chizishga, loy va plastilindan narsalar yasashga, ashula aytishga va
shunga o‘xshashlarga o‘rgatish metodikasi mukammal ishlab
chiqilgan.
148
Bola ijodining mazmuniga ta’sir etadigan asosiy vosita, bolani
hayajonlantiradigan, uning xayol va hislariga ta’sir etuvchi narsa
tevarak-atrofdagi yorqin, jonli taassurotlardir. Badiiy faoliyatning
hamma turlarida ham ijodiy qobiliyatlarni rivojiantirish estetik idrok
va hislarni rivojiantirish bilan bog‘liq holda olib boriladi. Agar bola
qishki tabiatning go‘zalligini his eta olsa, u, albatta, shu go‘zallikni
rasmda, hikoyasida aks ettiradi. Agar bola badiiy adabiyotlardagi
obrazlarni idrok eta olsa, undagi qahramonlar bola tushunchasiga
yaqin bo‘lsa, bunday kitoblar bolalar o‘yini uchun rasm chlzish va
loydan narsalar yasash uchun bitmas-tuganmas manba bo‘lib xizmat
qiladi.
Agar
bolalar
tilning
go‘zalligini,
she’rning
ritmini,
ohangdorligini his eta olsalar, o‘zlari ham kichkina she’rlar to‘qib,
Dostları ilə paylaş: |