Nazorat uchun savol va topshiriqlar
1. Asosiy estetik kategoriya bu ...
2. Estetik ong asosini nima tashkil etadi?
3. Estetik ong bu ...
4. «Badiiy tarbiya» – bu ...
5. Maktabgacha yoshidagi bolalarni estetik jihatdan tarbiyalashning
vositalari bu...
6. Bolalar muassasalarida navbatchilik qaysi guruhdan boshlanadi?
a) Ilk yosh guruhidan
7. Maktabgacha yoshdagi bolalar qanday mehnat turlariga jalb qili-
nadi?
8. MTTlarda mehnatni tashkil etish shakllari qaysilar?
9. Mehnat jarayonini rejalashtirish nimalarni o‘z ichiga oladi?
10. Mashg‘ulotga tayyorgarlik bo‘yicha qaysi guruhdan navbatchilik
o‘tiladi?
155
IX. MODUL. MAKTABGACHA TA’LIM
TASHKILOTLARIDA IQTISODIY TARBIYANI TASHKIL
ETISH. BOLALARNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
KONSTITUTSIYASI BILAN TANISHTIRISH
Tayanch tushunchalar:
iqtisodiy tarbiya, huquqiy tarbiya, iqti-
sod, bank, daromad, xarajat, valyuta, tannarx, pul, tanga, ayirboshlash,
huquqiy tarbiya, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonun,
modda, huquq, majburiyat
IX. 1. Iqtisodiy tarbiya haqida tushuncha
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi natijasida
mamlakat iqtisodiyotida tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. Milliy
iqtisodiyotni mustahkamlash va rivojlantirish yo‘lida o‘zgarishlar
amalga oshirilmoqda. Jumladan, 1992-yil 21-yanvardagi “Iqtisodiy
islohotlarni yanada chuqurlashtirish, rivojiantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”, 1994-yil 15-martdagi O‘zbekiston Respublikasida mulkni
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida, “Kichik va xususiy
tadbirkorlikni rag‘batlantirish” to‘g‘risidagi, shuningdek, 2001-yil 22-
avgust, 2007-yil 27-aprelda qabul qilingan qarorlar bunga yaqqol
misoldir.
Mamlakatda ro‘y berayotgan iqtisodiy o‘zgarishlarni anglash,
ularni tushunib yetish, yoshlarimiz ongida iqtisodiy ong, iqtisodiy
bilim, iqtisodiy madaniyat tushunchalarini shakllantirishda maktab-
gacha ta’lim tizimi pedagog-tarbiyachilar oldiga ulkan vazifalar
156
qo‘yiladi. Bulardan eng muhimi bu maktabgacha yoshdagi bolalarga
iqtisodiy bilim berishdir. Xo‘sh, iqtisodiyot iborasi nimani anglatadi?
Uning muhim belgilari qanday, degan savolning ma’nosini tushunib
yetish lozim.
Iqtisodiyot bu – kishilarning o‘z hayotiy ehtiyojlarini qondirishga
qaratilgan faoliyatdir.
Iqtisodiyot – boshqa siyosiy ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy
faoliyat turlarining rivojlanishi uchun moddiy shart-sharoit yaratib
bera olishi bilan asosiy faoliyat hisoblanadi. Iqtisodiyot – kishilarning
yashashi uchun zarur bo‘lgan moddiy ashyolarni yaratish va
iste’molchiga yetkazib, hayot kechirishni kafolatlaydi. Demak,
iqtisodiyot yashash ehtiyoj ini qondiruvchi vosita. Shu o‘rinda
ehtiyojning o‘zi nima ekanligini anglab olish zarur.
Ehtiyojlar – insonlarning hayot kechirishi va kamol topishi
hamda jamiyatda ma’lum mavqega ega bo‘lish uchun zarur bo‘lgan
turli-tuman noz-ne’matlar, ya’ni barcha mahsulot va xizmatlarning
majmuasidir.
Ehtiyojlar tarkiban ikki yirik guruhga ajratiladi:
1. Moddiy-mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojlar: bunga oziq-ovqat,
kiyim-kechak, turar joy, uy asbob-anjomlari, transport, aloqa,
kommunikatsiya va boshqalar.
2. Turli xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoj. Ya’ni, ta’lim, tibbiy xizmat,
jismoniy tarbiya va sport, dam olish va sayohat, madaniy-ma’rifiy
xizmatlarni o‘z ichiga qamrab olgan ijtimoiy ehtiyojdir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ehtiyojlari ularning talab va
istaklari asosida namoyon bo‘Iadi.
Bola ehtiyoji:
– to‘laqonli xohishi bo‘yicha ovqatlanishga bo‘lgan ehtiyoj
– ota-onalar tomonidan berilgan pullarni o‘z xohishi bilan sarflash
– dam olish, sayohatga chiqish
– shaxsiy o‘yinchoqlar, kompyuter
– shaxsiy o‘rin-joy
Bunda talab va istak iboralarini bir-biridan farqlay olishga
o‘rgatiladi.
Bolalarga har qanday talab – bu huquqiy mas’uliyat deb
qaralishini tushuntirish zarur. Bu yoshdagi bolalarga inson yashar
ekan uning ehtiyoji to‘xtovsiz o‘sib borishi haqida ma’lumot beriladi.
Masalan, ta’lim xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoj, turli yo‘nalishdagi o‘quv
157
markazlari, chet tillarni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojini, shuningdek
maktabgacha yoshdagi bolalar ehtiyojlarining o‘rin almashinuvi,
muloqot yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishi, ehtiyojlarning miqdoran
ko‘payishi kuzatiladi. Iqtisodiyot hech narsa yo‘q yerda bo‘lishi
mumkin emas. Bu albatta, iqtisodiy resurslar, kattalar mehnati orqali
amalga oshiriladi.
Iqtisodiy resurslar:
1) moddiy resurslar;
2) mehnat resurslari;
3) informatsion axborot resurslar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni moddiy resurslar bilan
tanishtirganda tabiiy resurslar – yer, suv, yer osti va usti boyliklari
bularning barchasi tabiat ne’matlari ekanligi, ulardan oqilona
foydalanish, suvning inson hayoti uchun zaruriy jihatlari, ichimlik
suvi uni isrof qilmaslik, o‘lkamizdagi barcha boyliklarni asrab-
avaylash kerakligi, tevarak-olam, tabiat, matematika, nutq o‘stirish va
boshqa pedagogik jarayonlarda o‘rgatib boriladi.
Inson mehnati bilan yaratilgan bino inshootlar, mashina va
mexanizmlar va barcha mahsulotlar bu moddiy mahsulotlar ekanligi
tushuntiriladi. Bu yoshdagi bolalarni mehnat resurslari, ular kim
tomonidan tashkil etilganligi, kimlarning mehnat qilib mahsulot ishlab
chiqarishi, dala, fermer xo‘jaligidagi kattalarning ishbilarmonlik bilan
boshqara olish qobiliyatlari bilan tanishtiriladi. Endilikda har bir ishni
tashkil etishda, albatta, oldin kerakli mahsulotlar yig‘ilar, shularga
tayanib, kelgusidagi ishlab chiqarish rejalashtiriladi. Bu axborot-
informatsion resurs jarayoniga kiradi.
Yuqorida biz iqtisodiyot va iqtisodiy resurs va ehtiyojlar haqida
fikr yuritib, maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berish
dolzarb muammo ekanligi va mamlakat iqtisodiyotini ko‘tarishda
jamiyatning hamma fuqarolari faol qatnashishi zarurligini ta’kidlagan
holda maktabgacha ta’lim pedagogikasi o‘z oldiga quyidagi maqsad
va vazifalarni qo‘ydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy tarbiya berishning
maqsadi bolalarni iqtisodiyotga oid bilim va ma’lumotlar berish orqali
iqtisodiy hodisalar mohiyatini tushunib yetish va ularni iqtisodiy
faoliyatga yo‘naltirishdir. Shuningdek, milliy iqtisodiyotimizning
barqaror o‘sishida kelajak avlodni tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yadi.
158
Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar ustuvor
hisoblanadi:
1. Maktabgacha bolalarning jamiyatning iqtisodiy rivojlantirish
tamoyillari va qonuniyatlari bilan tanishtirish orqali ularni iqtisodiy
bilimlar bilan qurollantirish;
2. Iqtisodiy tushunchalar mazmunini anglash, o‘z kundalik
faoliyatlarida ongli ravishda qo‘llay olish malakalarini shakllantirish;
3. Bolalarda iqtisodiy tafakkur elementlarini shakllantira borib,
iqtisodiy muammolarni tahlil qilish, farqlay olish, isbotlay olish va
umumlashtirish ko‘nikmalarini tarkib toptirish;
4. O‘qitishning zamonaviy metodlari, tashkiliy shakllaridan
foydalanish. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XII bobi
“Jamiyatning iqtisodiy negizlari”ga bag‘ishlangan bo‘lib, unda: bozor
munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyo-
tining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi.
Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib
iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini barcha
mulk shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan bab-baravar
muhofaza etilishini kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari
kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonun nazarda
tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin.
Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda
boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona
foydalanish zarur va davlat muhofazasidadir” deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |