3.2-chizma. Marketingli rejalashtirish sxemasi 3.2.3. Turistik xizmatlarni sotish kanallarini shakllantirish Firmaning muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishi, nafaqat ishlab chiqarilgan
mahsulotga bog’liq, bunda sifatli tovar ishlab chiqarishning o’zigina kifoya
qilmaydi, u o’z iste’molchisini ham topishi zarur. Mahsulotning potentsial
iste’molchi bilan uchrashuvi uni joriy qilishning muhim sharti bo’lib hisoblanadi.
Shuning uchun ko’pgina ishlab chiqaruvchilar va xizmatlarni sotishning shaxsiy
kanallarini shakllantirib o’z mahsulotlarini vositachilar orqali bozorga chiqaradi.
Sotish kanali (yoki distributsiya kanali) – bu firma yoki alohida shaxslarning
(vositachilarning) yig’indisi bo’lib, aniq bir mahsulot yoki xizmatlarning
mulkchilik huquqini ishlab chiqaruvchidan iste’molchigacha uzatishda boshqa
shaxsga yoki o’z zimmasiga olishga yordam beradi, shu tarzda ishlab
chiqaruvchiga tijorat faoliyatining me’yoriy jarayonini ta’minlaydi.
Boshqacha so’z bilan aytganda, sotish kanali – bu tovar ishlab chiqaruvchidan
iste’molchiga tomon harakatlanadigan yo’l bo’lib hisoblanadi. Shu tufayli tovar va
xizmatlar uni xarid qilishni istovchilardan ajratib turuvchi vaqt birligida joy va
mulkchilik huquqining uzoq uzilishlarini bartaraf etadi.
Turistik xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan so’nggi iste’molchigacha bo’lgan
harakatlanish jarayoni, ko’p hollarda uning bilvosita aloqasini ko’zda tutadi.
Zamonaviy turistik bozori vositachilik bo’g’inining katta qismi bilan tavsiflanadi,
ularsiz turistik tovar va xizmatlar ishlab chiqaruvchilarning me’yori faoliyat
ko’rsata olmaydi. Vositachilar ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasidagi
Faktlarning taqsimlanishi ( Mahsulot siljishiga doir muammolarning barchasiga taalluqli
faktlar qo'shiladi)
Muammo va imkoniyatlar Maqsadlar identifikatsiyasi Marketing rejaning mohiyati maqsadni shakillantiradi