332
maktabdan tashqari mashg’ulotlarda xavfsiz xulq-atvorni shakllantirishni 3
bosqichda amalga oshirishni tadqiq qilgan va modelini ishlab chiqqan:
1-bosqich-axborot, ya’ni kichik yoshdagi o’quvchilarni xavf-xatarlar
tushunchasi, ularni oldini olish va bartaraf etish bo’yicha bilimga ega bo’lishlari;
2-bosqichda-motivatsion, xavfsiz xulq-atvor ko’nikmalarini shakllantirish
uchun motivatsiya beriladi;
3-bosqichda-trening, xavfsiz xulq-atvor ko’nikmalarini qo’llash bo’yicha
mashqlarni o’z ichiga olishni nazarda tutadi[3].
L.A.Sorokina o’zining tadqiqotida xavfli holatda to’g’ri harakatlanish
ko’nikmalarini rivojlantirishda quyidagilarni amalga oshirgan:
Xavfsizlik ko’nikmalarini rivojlantirishda kompleks diognostik baholash yani
motvatsion-qiymat, kognitiv, operativ-faoliyat, tartibga soluvchi va refleksiv
kompenentlarini e’tibor qaratgan[4].
SHuningdek mamlakatimiz olimlari S.I.Xusanova tomonidan esa uzluksiz
ta’limda xavfsiz tizimini shakllantirishga alohida e’tibor qaratgan[5].
Talabalarni favqulodda vaziyatlarda to’g’ri harakat qilish ko’nikmalarini
rivojlantirishda tinglovchilarni ta’lim jarayonida xavfsiz harakatlanishini tizimili
rivojlantirish uchun ta’lim tizimini anglagan holda:
-
talabalarni xavfsizligini ta’minlash ko’nikmalarini rivojlantirish
tizimini aniqlash;
-
talabalar xavfsizligini ta’minlash tizimini ta’lim maqsadlari mazmuni,
vosita va metodlarni belgilab olish va rivojlantirish;
-
talabalar
favqulodda
vaziyatlarda
xavfsizligini
ta’minlash
ko’nikmasini rivojlantirish tizimini pedagogik shart-sharoitlarini o’rganish hamda
takomillashtirish;
-
OTM talabalarini xavfli vaziyatlarda xavfsizligini ta’minlash
amaliyotini takomillashtirib borish uchun ilmiy asoslangan o’quv materiallar va
qo’llanmalarni ishlab chiqish hamda pedagogik amaliyotga joriy etish dolzarb
pedagogik muammo ekanligini ko’rishimiz kerak bo’ladi.
Albatta, yuqoridagi omillar favqulodda vaziyatlarda talabalarni va aholini
xavflardan
muhofazalaydi.
Demak,
talabalarni
favqulodda
vaziyatlarda
ko’nikmalarini rivojlantirish natijasida, biz xavfli holatlarni yuzaga kelishini va
yuz bergan holda esa talafatlar miqdorini kamaytirish erishishimiz mumkin
bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: