Shuningdek, impulsiv,o‘ziga ishongan, ustunlikka moyil bolalar o‘zlarini juda
katta, hatto butun daraxt xajmida tasvirlasalar, xavotirlanish,
himoyasizlik hissi
mavjud bolalar o‘zlarini haddan tashqari kichik qilib chizadilar.
Oila a’zolari xususiyatlarini tahlil qilishda tananing alohi-da qismlari tasviriga
alohida e’tibor berish lozim. Chunki, tana-ning alohida qismlari muayyan faollik
sohasi bilan bog‘langan bo‘lib muloqat, nazorat, xavotirlanish vositasi bo‘lib xizmat
qiladi.
Qo‘llar dunyoga ta’sir etish, boshqa odamlar xulq-atvorini jismoniy nazorat
qilish vositasi hisoblanadi. Agar bola qo‘llarini baland ko‘targan holda tasvirlagan
bo‘lsa, barmoqlari uzun bo‘lsa, bu ko‘pincha uning agressiv istaklari bilan
bog‘langan bo‘ladi.
Ba’zida tashqi ko‘rinishdan yovvoyi ko‘ringan bolalar ham shunday rasm
chizadilar. Bunday bolalar atrofdagilarga nisbatan dushmanlikni his qiladilar, ammo
uning agressiv xulq-atvori bosilgan.
Bu shuningdek, o‘z zaifligini kompensatsiya
qilish, kuchli bo‘lish istagi, hokimlik xohishidan ham darak berishi mumkin.
Agar bola «agressiv» qo‘llar bilan bir qatorda keng yelka va shunga o‘xshash
mardlik va kuch atributlari, timsollarini tasvirlasa,
bu tavsif yanada ishonchli
bo‘ladi.
Ba’zida bola barcha oila a’zolariga qo‘l chizadi,o‘ziga esa chizishni
«unutadi». Agar bunda bola o‘zini noproporsional tarzda juda kichik tasvirlasa bu
kuchsizlik, oiladagi o‘zining ahamiyatsizligi, atrofdagilar uni haddan ziyod nazorat
qilishi, uning faolligini bo‘g‘ishi hissidan darak beradi.
Bosh – «men» lokalizatsiyasi, intellektual va perseptiv faoliyat markazi.
Yuz – tananing muloqot jarayonidagi eng muhim qismi.
3 yoshdan boshlab, bolalar albatta bosh hamda tananing ba’zi qismlarini chiza
boshlaydilar.
Agar 5 yoshdan oshgan bolalar (normal intellektli) rasmda tana qismlari –
ko‘z, og‘izni tushirib qoldirsalar, bu muloqat sohasidagi jiddiy buzilishlardan dalolat
beradi.
Agar boshqa oila a’zolarini chizishda bosh, yuz belgilarini qoldirib ketsa yoki
yuzni shtrix bilan chizsa, bu shu tasvirlangan shaxs bilan nizoli munosabatlar
mavjudligini ko‘rsatadi.
Qizlar o‘g‘il bolalarga nisbatan yuzni ifodalashga ko‘proq e’tibor beradilar,
ular ko‘proq detallarni aks ettiradilar (jinsiy identifikatsiya).
Tish va og‘izni alohida ajratish agressiyaga moyil bolalarga xos. Agar bola
o‘zini emas, oila a’zolaridan birortasini shunday tasvirlasa, ko‘pincha, bu odamning
bolaga nisbatan dushmanchilik munosabati hamda bolaning qo‘rquv
hissi bilan
bog‘langan bo‘ladi.
Shunday qonuniyat mavjudki, yoshi kattalashgan sari bola tasvirlayotgan
odami rasmi yangi detallar bilan boyib boradi. Agar 3,5 yoshli bolalar bosh va oyoq
bilan chegaransalar, 7 yoshda tana sxemasi boy, unda detallar ko‘p bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: