yangiliklami maqsadli yo‘naltirishga xizmat qiladi. Shuningdek, u vorisiylik
tamoyiliga rioya qilgan holda erkin tarzda yangi nazariyalami yaratishda ham
metodologik ahamiyat kasb etadi
76
.
Demak, nazariy va empirik yangiliklar yig‘indisi ilmiy-ijodiy faoliyatdagi
innovatsiya va novatsiyalaming yaxlitligini tashkil etadi.
Yangilik kiritish ichki
mantiq va yo‘nalishlarga ega bo‘lib, u yangi g‘oya (fikmi) paydo bo‘lishidan undan
foydalana boshlanishigacha bo‘lgan jarayon ham ilmiy-ijodiy faoliyat mantig‘ini
belgilab beradi. Shu tariqa ilmiy-ijodiy faoliyatning dinamikasi yangilik kiritishda
takomillashib boradi. Chunki novatsiya jarayonining tuzilishi yangilikning bir
bosqichidan ikkinchi bosqichiga o‘tishida o‘zgarib boradi. Binobarin, ilmiy-ijodiy
faoliyatdagi yangiliklar dinamikasida uning samarasi namoyon bo‘ladi.
Novatsiya yangi ilmiy g‘oyada «eskilik» elementi, ilgari mavjud bo ’Igan
biror narsa borligini ifodalaydi.
Shu tariqa yangilik vorisiylikka tayanadi. Bu
yangilik ixtiroga teng, ya’ni yana o‘matilgan yangi haqiqat demakdir. Novatsiyada,
shuningdek, awalgi mavjud bo‘lgan g‘oya
yoki paradigmani yanada
takomillashtirib, zamonaga moslashtiriladi.
Shunday qilib, novatsiya jamiyat va
tabiat rivojlanishi qonuniyatlarini yaxlit holda, tizimlar rang-barangligida anglash
oldindan ko‘ra bilish uchun zarur asos va zamin hisoblanadi.
Ilmiy ijodning asosiy maqsadi ham olamdagi narsa va hodisalaming
rivojlanish qonunlarini aniqlash, ulardan qaysilarini
bilish insonlarga tabiat va
ijtimoiy jarayonlami boshqarishda zaruriy bilimlami egallash, ulami shaxsiy
ehtiyojlarga mos ravishda o‘zgartirishga qaratilgan. Binobarin, ilmiy-ijodiy faoliyat
odamlaming tabiat va ijtimoiy munosabatlar ustidan hukmronlik qilish, noma’lum
narsalami kashf etish, ishlab chiqaruvchi kuchlami ko‘paytirish, moddiy va
ma’naviy boyliklami yaratishda, eski nazariya va
amaliy tajribaga tayanishda
namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan, fan rivojidagi ilmiy-ijodiy faoliyat,
innovasion va novasion yondashuvlar katta rol o‘ynaydi. Zero, bugungi kunda fan
rivojiga, ilmiy mantiqiy operatsiyalarga g‘oyalar, nazariyalar, qat’iy mulohazalar
natijasi sifatida qarash lozim.
Tomas Kun fikricha, «Fan rivoji davriy transformatsiya va ilg‘or tasavvurlar
almashinishi orqali ro‘y beradi, ya’ni muvozanatli ravishda ro‘y beruvchi ilmiy
inqiloblar orqali, eski paradigmalami yangilarga almashish kabilar o‘zida
nafaqat
nazariyalar, balki fanda harakatlanishi usullarini mujassamlashtiradi».
V.N.Kudryavsev uning fikrini davom ettirib, ilmiy kashfiyot jarayoni dalil, nazariy
mulohaza va taxmin darajasini o‘z ichiga qamrab oladi, key in esa eksperiment yoki
uning muhokamasiga e’tibor qaratiladi
1
, deb ta’kidlaydi.
Bizningcha, T.Kun va V.N.Kudryavsev ilmiy-tadqiqot faoliyat natijasi
sifatida namoyon bo‘ladigan tasodifly yangiliklarga etarli darajada obektiv baho
bermaganlar, ya’ni ular ilmiy inqiloblami chiziqli tafakkur asosida tahlil qilgan,
xolos. Vaholanki, bugungi ilmiy inqilob asosida katta sakrash - chiziqli tafakkurdan
nochiziqli tafakkurga, klassik fandan noklassik va postnoklassik fanga o‘tish sodir
bo‘ldi. Bunday o‘zgarishlar natijasida nazariy mulohaza va ilmiy taxminlarga
bo‘lgan munosabat ham o‘zgardi. Chunki shu kungacha nazariy mulohaza va taxmin
76
Черепанова Н. В. Традиции и новации: социально-философский анализ: Автореф ... канд. филол. наук.-М.,
2007. - С. 13-14.
yagona ilmiy talablarga bo‘ysunardi va o‘ziga xos ilmiy mezonlarga amal qilardi.
Posmoklassik fan mahsuli bo‘lgan sinergetikada esa nazariy mulohaza va ilmiy
taxminlar bir necha variantlarda namoyon bo‘lishi e’tirof etiladi.
To‘g‘ri innovatsiya yoki novatsiya «biror
qiziq voqeaga duch kelsang, uni
tadqiq qil, qolganiga qo‘l silta» degan aqidaga suyanib qolmay, an’anaviy
qarashlaming turli variantlariga e’tibor qaratadi. Zero, insoniyatning ilmiy-ijodiy
faoliyati o‘z mohiyati va metodi bo‘yicha rasional, shuningdek, o‘zining eng
g‘aroyib yutuqlarini faqat miyaning xavfli kutilmagan faoliyati orqali ifodalaydi,
ya’ni olim innovatsiya yoki novatsiyalar asosida bilimni evristik seleksiya qiladi va
saralaydi. Bu muayyan maqsadga yo‘nalgan bo‘ladi.
Keyin bu jarayon qayta
takrorlanadi va olimga yangi gorizontlami (ufqlami) ko‘rishga imkon beradi. Buning
natijasida, olim miyasida ilg‘or innovasion g‘oyalar shakllana boshlaydi va
kutilmaganda kristallashuvga o‘xshash evristik jarayon ro‘y beradi. Demak,
innovasion ta’sir vositasida olim miyasi muayyan vaqtda o‘zining yangi
konsepsiyasining asosiy belgilarini aniqlaydi, matematikada bo‘lgani kabi bu
kutilmagan fikr ham maqsadli faoliyat jarayonida emas, balki faoliyatga bog‘liq
bo‘lmagan vaqtda ham ro‘y beradi, ya’ni olim
miyasi kashfiyot bilan band
bo‘lmagan paytda sodir bo‘ladi. Bu davrda ijodiy jarayonga his- tuyg‘ular
aralashadi. Biroq kutilmagan omadli g‘oyaning kashf qilinishi ifodalanishi ijodiy
jarayonning oxiri emas, balki boshi hisoblanadi. Chunki olim o‘z g‘oyalarining
to‘g‘riligini asoslashi, oqibatlarini aniqlashi, ulami eksperiment natijalari bilan
solishtirishi, barcha ehtimoliy imkonlarga javob topishi va nihoyat o‘z
kashfiyoti
chegaralarini aniqlashi lozim bo‘ladi.
Albatta, ilmiy kashfiyotlarda intuisiyaning rolini inkor qilib bo‘lmaydi.
Shuning uchun ham fransuz olimi M.Zaar o‘zining «Ijod yoMlari» nomli kitobida,
intuisiya his-tuyg‘ular ham qodir bo‘lmagan narsaga qodirligini asoslash maqsadida
«U narsalar borlig‘ini va ulaming yashirin qiymatini (qadrini) qamraydi, zabt
etadi»
77
deb ta’kid- laydi. Intuisiya dunyoqarash, ilmiy gipotezaga yo‘l ochadi. Ilmiy
ijodda tasavvur, fantaziya ma’lum rol o‘ynaydi, borliqdagi mavhumlik qismini
darrov ko‘rish mumkin bo‘lgan tarzda tasvirlaydi. Ammo tasavvur va intuisiya aqliy
chegarada qo‘llaniluvchi, olimlarning ilmiy kashfiyotlar qilishida yordamchi
vositalargina bo‘lib qoladi.
Dostları ilə paylaş: