qiladi, suyunadi, hayratlanadi, qo‘rqadi, eziladi, iztirob chekadi va mungli holatga
tushadi, boshqalarga himmat ko‘rsatadi yoki xunob bo‘ladi, loqayd bo‘ladi
86
. Yaxshi
yoki yomon kayfiyatda bo‘ladi, ijod «to‘lg‘oqlari» bilan qiynaladi.
Bu va bunga
o‘xshagan boshqa baholash, qadrlash holatlari ilmiy faoliyatning konkret tarkibini
aks ettiradi. Bulardan ma’lum bo‘ladiki, ilmiy-ijodiy faoliyatning namoyon bo‘lish
shakllari o‘z mazmun-mohiyati, maqsadi va vazifasiga ko‘ra farqlanadi.
Ixtiro muayyan kashfiyot doirasida sodir bo‘lib innovatsiya darajasigacha
o’sib chiqishi mumkin. «Innovatsiya» tushunchasining mazmunini yanada teranroq
anglash uchun uni «o‘zgarish» tushunchasi bilan ham qiyosiy tahlil qilish maqsadga
muvofiq. Shu o‘rinda, Y.Shumpeter tomonidan innovatsiyaning mazmunini
o‘zgarishlar orqali aniqlash an’anasi joriy etilgani va zamonaviy ilmiy adabiyotlarda
bunday talqin tez-tez uchrab turishini ta’kidlash joiz.
Xususan, innovasion muammoning mashhur tadqiqotchisi La Perre
innovatsiyani dastlabki holatning yangi holatga o‘tishi vositasida xo‘jalik organizmi
ichki strukturasidagi har qanday o‘zgarish sifatida talqin etgan
87
.Innovatsiyaning
turli ta’riflarining tahliliga tayangan holda
S.D.Ilenkova «innovatsiyaning o‘ziga xos
mazmunini hamda innovasion
faoliyatning asosiy funksiyasini o‘zgarishlar tashkil etadi»
88
, deb yozadi.
Bu yerda biz innovatsiyaning o‘zgarishlar bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi
ta’rifning unchalik to‘g‘ri emasligi pozisiyasini qo‘llab- quvvatlaymiz. Zero, agarda
innovatsiya faqat sifat jihatdan ijobiy, boshqariladigan, ongli, mahsulli o‘zgarishlar
ma’nosida talqin etilsa, u holda, «o‘zgarish» tushunchasi shu turda bo‘lgan yanada
kengroq spektrdagi hodisalami anglatishi mumkin. Ulami ham biz o‘zgarishlar deb
atashimiz mumkin, biroq innovatsiya deb emas. Shu ma’noda, o‘zgarish
innovatsiyaga nisbatan o‘zaro taqqoslab bo‘lmaydigan tushuncha ekani ma’lum
bo‘ladi.
Ayni paytda, innovatsiya va innovasion faoliyatning asosiy funksiyalaridan
biri - o‘zgarishlar ekanini ham e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Biroq bu
holatda ham o‘zgarishlar deganda, birinchidan, ijobiy o‘zgarishIar nazarda tutilishi
zarur. Bu borada
Santo: «innovatsiya - bu tashkillashuvning moddiy va nomoddiy
elementlarining maqsadga yo‘naltirilgan har qanday ijobiy o‘zgarish- laridir, ya’ni
bunday o‘zgarish rivojlanish va tashkillashuvning o‘sishiga xizmat qiladi »
89
, deb
yozadi. Ikkinchidan, o‘zgarishlar innovatsiyaning o‘ziga emas, balki uning atributiv
sifatlariga xos bo‘lishi zarur. Shu o‘rinda, I.Bestujev-Ladaning: «yangilikni joriy
etish - bu boshqaruv
qarorining shunday shakliki, u muayyan jarayon, hodisaning
(texnik, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy) sezilarli darajada o‘zgarishini anglatadi»
J
.
Shuning bilan birga, innovatsiya kiritadigan bevosita o‘zgarish va oqibatda
paydo bo‘ladigan, ya’ni ilk holatdan keltirib chiqariladigan
va innovatsiya
qo‘llanilayotgan sohaga taalluqli bo‘lmasligi va doim ham ijobiy xarakter kasb
etmasligi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlami farqlash zarur. Bizningcha, «o‘zgarish» va
86
Кудрявцева B.T. Формирование творческих способностей человека: проблемы методологии //
Современные проблемы теории творчества. - М., 1992. - С. 41-55.
87
Qarang: La Pierre R. T. Social Change - New York, 1965.
88
Инновационный менеджмент/ С. Д. Ильенкова, Л. М. Голхберг, С. Ю. Ягудин и др.; Под ред. С. Д.
Ильенковой - М.: Банки и биржи, Юнити, 1997 - С. 7.
89
Санто Б. Инновации как средство экономического развития: Пер. с венг. - М., 1990 - С. I
00.
«yangilik kiritish» tushunchalarining o‘zaro uzviy aloqadorligi to‘g‘risida gapirish
to‘g‘ri bo‘ladi. Zero, yuqorida ta’kidlanganidek, qator tadqiqotlarda innovatsiya va
yangilik kiritish sinonimlar sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq bu holatda ham yangilik
kiritish «o‘zgarish»ga bo‘ysundirilgan tushuncha hisoblanadi.
Masalan, X.Bamett yangilik kiritishni madaniy o‘zgarishjarayonlarining
asosiy mexanizmi sifatida talqin etgan edi
90
.
A.I.Prigojin fikricha esa, «yangilik kiritish maxsus mexanizm sifatida ko‘plab
aniq maqsadga yo‘naltirilgan o‘zgarishlarda o‘z o‘rniga ega»
91
.
Shunday qilib,
innovatsiya tushunchasining genezisi va uning zamonaviy adabiyotlardagi
ta’riflarining tahlili innovatsiyani kulturologik diskursda madaniyatga tashqi
omillarni kiritish va uning tarkibida yangilikni qaror toptirish mexanizmi sifatida
yuzaga kelib XXI asrda texnik-iqtisodiy muammolar doirasida yangilikni obektiv-
lashtirish, madaniyat ichki salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan mexanizm
sifatida ta’kidlash imkonini beradi.
Innovatsiyaning «ixtiro», «kashfiyot» tushunchalari bilan o‘zaro
munosabatining semantik tahlili uning kreativ-nazariy jihatini aks ettirsa,
innovatsiyaning yangilik kiritish bilan o‘zaro munosabatining
shunday tahlili -
predmetli-amaliy xarakterini, uning «o‘zgarish» va «yangilik» tushunchalariga
tatbiq etilishi esa, innovatsiya kategorial mazmunining yo‘nalganligini ochib beradi.
Shunga muvofiq tarzda, innovatsiyaning asosiy funksiyasi madaniy muhitda ijobiy
o‘zgarishlarni keltirib chiqarish va unda keng aks-sado topishda namoyon
bo‘ladigan subekt kreativ-nazariy va predmetli-amaliy faoliyatining birligi sifatida
ta’riflash maqsadga muvofiqdir.
Tahlil XX asr ilmiy diskursida innovatsiya fenomenini tadqiq etish texnik-
iqtisodiy kontekst doirasidan tashqariga chiqmaganini ko‘rsatadi. Xususan, bunga
muvofiq innovatsiyani ishlab chiqarish strukturasida iqtisodiy foyda keltiruvchi
texnologik yangilik sifatida tushunish keng tarqalgan. Shuning uchun, ilmiy muhitda
texnik-iqtisodiy paradigma tushunchasi paydo bo‘ladi. Bu tushuncha «imtiyozi
nafaqat mahsulotlar va tizimlaming yangi diapazonida, balki ko‘proq ishlab
chiqarishga jalb etish mumkin bo‘lgan mablag‘laming nisbiy strukturasidan
izlanishi kerak bo‘lgan o‘zaro
aloqador texnik, tashkiliy va menedjerlik
innovatsiyalar to‘plami»
92
ni anglatadi.
Bugungi kunda internet so‘rovnoma natijalariga ko‘ra dunyoning eng
mashhur ixtirolari quyidagilar deb belgilangan:
Dostları ilə paylaş: