qobiliyatini ham tadqiq qilish mumkin. Ammo
reduksiya metodi va yaxlit
yondashuv asosida, ya’ni DNK molekulasiga yaxlit molekula hamda elementlar
to‘plamidan iborat molekula deb qarab, unga xos bo‘lgan barcha xossalami bilish
mumkin emasligini aniqlash qiyin emas. DNK molekulasini element sifatida tadqiq
qilib, nisbatan yuqori darajada uyushgan tizimga kirgan taqdirimizdagina unga xos
bo‘lgan oliy «metayaxlit xossalar»ni ochib berishimiz mumkin. DNK molekulasi
uchun bunday yuqori darajada uyushgan tizim bo‘lib, tirik hujayra metabolizmining
o‘zaro bog‘langan va tartibga solinuvchi jarayonlari tizimi xizmat qiladi.
Shuni qayd etib o‘tish kerakki, bu yerda DNKning immanent oliy, ya’ni
«metayaxlit» xossalari to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda. Bu tirik organizmlaming
molekulyar tarkibiy unsurlari haqidagi ilmiy bilimlaming rivojlanish tarixidan
yaxshi ma’lum.
Darhaqiqat, XIX asrda tirik organizmlardan nuklein kislotalar va oqsilli
jismlar ajratib olinib, turli-tuman kimyoviy eksperimental
vaziyatlarda kimyoviy
obektlar sifatida tadqiq qilindi. Natijada XX asming o‘rtalariga kelib ulaming
makromolekulalar sifatidagi tuzilishi va asosiy fizik-kimyoviy xossalari kashf etildi,
ammo ulaming oliy axborot va tartibga solish xossalari mazkur molekulyar
(kimyoviy) obektlaming tirik hujayradagi faoliyatini tadqiq qilish natijasidagina
ochib berildi. Boshqacha qilib aytganda, faqat yuqorida zikr etilgan holatdagina biz
genetik axborot tashuvchisi bo‘lgan DNK molekulasida zohir xossalami topish va
nukleoidlaming ketma-ketligi ma’lum tabiatga ega guruhlar (azotli asoslar)ning
tasodifiy to‘plami emas, balki genetik kod ekanligini aniqlash imkoniyatiga ega
bo‘lamiz. Aynan shu yerda biz «kontrreduksiya tamoyili» deb nomlangan o‘ziga xos
bilish usuli yordamida DNKning oliy, «metayaxlit» xossalarini bilish imkoniyatini
qo‘lga kiritamiz. (Mazkur xossalar faqat tizimdagi muayyan ta’sirlar natijasida
yuzaga kelmaydi, ular mazkur obektga xosdir.)
Bu yerda kontrreduksiya tamoyili obekt muqarrar tarzda o‘zgarishi,
takomillashishi va shu kabilar natijasida muayyan tizim tarkibiga kirganida
qo‘shimcha
tarzda.
paydo bo‘ladigan xossalamigina emas, balki obektga immanent
bo‘lgan bir qancha muhim xossalami ham bilish imkonini beradi. Masalan,
DNKning aminokislota ketma- ketligi qayd etilgan matritsa sifatidagi xossalarini
aniqlab, shundan so‘ng alohida ajratilgan DNK bilan ishlash va genetik kodga qarab
muayyan oqsillaming tegishli aminokislota ketma-ketliklarini
aniqlashimiz yoki
aksincha, alohida ajratilgan oqsillaming aminokislota ketma-ketliklariga qarab
DNKdagi nukleoidlaming ketma-ketligini aniqlashimiz mumkin. Buning ustiga,
DNK, RNK molekulalarining axborot va tartibga solish xossalari, tirik hujayra
tizimlaridagi metokontrreduksiyaga asosan aniqlangan fermentlaming biokatalitik
hamda tartibga solish xossalari moddiy tarkibiga ko‘ra ham, tashkil etilishiga ko‘ra
ham nativ («jonli») tizimlardan farq qiladigan sun’iy tizimlarda ro‘yobga
chiqarilishi mumkin.
Kontrreduksiya tamoyilini tabiatshunoslik sohasida amalda qo‘llash
obektlaming oliy xossalarini faqat statistik moddiy tizimlar yoki aksiyalashtirish
vaqti cheklangan tizimlar (masalan, sun’iy tashkil etilgan kimyoviy jarayonlar yoki
alohida muayyan organizmlardagi jarayonlar)dagi obektlaming oliy xossalarini
tadqiq qilish bilangina cheklanmaydi. Metodning imkoniyatlari ancha keng, chunki
kontrreduksiya metodiga nisbatan uning yuqori
darajada uyushgan tizimi, deganda
zamon va makondagi har qanday, shu jumladan tadrijiy rivojlanayotgan tabiiy
tizimni tushunish lozim. Zamon va makondagi tizim (yoki xususiy holatda
makondagi temporal tizim)ni deganda biz zamonda ma’lumdarajada o‘zgaruvchi
(noorganik, organik, ijtimoiy) tushunamiz. Biz uni ma’lum invariant belgilariga
qarab, yaxlitlik hamda tadqiqotning ma’lum obekti sifatida ajratamiz. Shimga
o‘xshash har qaysi tizim uchun elementar vaqt bo‘lagi, ya’ni tizimida ko‘rilayotgan
o‘zgarishlar ahamiyasiz bo‘lgan eng katta vaqt oralig‘i tushunchasini muomalaga
kiritish lozim. Mazkur vaqt bo‘laklarining miqdori kosmologiya uchun ming va
undan ortiq yillar, geologiya uchun o‘nlab va yuzlab yillar, mikrobiologiya uchun
bir-ikki generatsiya davri (taxminan minutlar) bilan,
kimyoviy genetika uchun
sekundning ulushlaridan soatlargacha, jamiyat va madaniyat tarixi uchun esa o‘nlab
va yuzlab yillar bilan o‘lchanadi.
Zamon va makondagi tizimlarda tadqiq qilinayotgan obektning noma’Ium
oliy xossalari tizimda, nafaqat dolzarb moddiy, balki muvaqqat, tarixiy sabab va
oqibat aloqalarining mavjudligi tufayli ham namoyon bo‘ladi. Kimyoviy evolyusiya
haqidagi ta’limot, molekulyar tuzilmalaming o‘z-o‘zini tashkil etish, tabiiy-tarixiy
sharoitlarda tuzilish va sifat jihatidan murakkablashish qobiliyati haqidagi ta’limot
yuqorida aytilgan tizimlarda kontrreduksiya metodining obektiv asoslari va
imkoniyatlarini ochib beruvchi o‘ziga xos misol bo‘lib xizmat qiladi.
Molekulalaming muhim xossasi o‘z-o‘zini tashkil etish qobiliyati va
kimyoviy evolyusiyani faqat kontrdeduksiya yordamida aniqlash mumkin bo‘ldi.
Darhaqiqat, biologiyada XDC asrda vujudga kelgan evolyusion ta’limot tirik
organizmlaming tadrijiy rivojlanishini retrospektiv tarzda ko‘rib chiqishda faqat eng
sodda bir hujayralilar va ulaming molekulyar (subektiv hujayrali) tarkibiy
qismlaridan kelib chiqishi mumkin edi. Mazkur holat kosmologiyada
rivojlanayotgan noorganik materiya darajasida tabiatning dastlabki evolyusiyasi
g‘oyasi bilan birga ilk biologik, ya’ni kimyoviy evolyusiya muammosining
qo‘yilishiga olib kelardi. Muhimi shundaki, ilmiy bilimning tarixiy- mantiqiy
rivojlanishida dastlab kimyoviy evolyusiya muammosi qo‘yildi, faqat shundan
keyin o‘z-o‘zini tashkil etuvchi kimyoviy tizimlami muayyan model asosida tadqiq
qilishga kirishildi. Xullas, molekulalaming oliy xossasi o‘z-o‘zini
tashkil etish
qobiliyatini aniqlash kontrreduksiya—molekulalami tadrijiy rivojlanuvchi tabiiy-
tarixiy tizimda ko‘rib chiqish natijasi bo‘ldi.
Shunday qilib, ilmiy bilishda turli darajalarda, faoliyat sohalarida va
yo‘nalishlarda turli-tuman metodlaming murakkab, dinamik va muvofiqlashtirilgan
tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur metodlar har
Dostları ilə paylaş: