75
4. JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN DAROMAD
SOLIG‘I
Reja:
4.
1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining joriy etilishi, soliq
to‘lovchilar, soliq solish ob’yekti va soliq bazasi.
4.2. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari tarkibi.
4.
3. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha im
tiyozlar.
4.
4. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari.
4.
5. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish, soliq
hisobotini taqdim etish va to‘lash tartibi.
4.6. Jismoniy shaxslarning daromadlariga deklaratsiya asosida soliq solish tartibi.
Tayanch so’z va iboralar:
jismoniy shaxs, rezident jismoniy shaxs, norezident jismoniy
shaxs, soliq to’lovchilar, soliq ob’ekti, soliq bazasi, soliq imtiyozlari, soliq stavkasi, soliq davri,
soliq hisob-kitobi,
soliq
hisoboti, soliq to’lash muddatlari, deklaratsiya.
4.1. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining joriy etilishi, soliq
to‘lovchilar, soliq
solish
ob’yekti va
soliq bazasi.
Respublikamizda
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 1991 yil
15 fevraldagi
«O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq 1991 yil 1 apreldan joriy
etildi.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra jismoniy
shaxslarga yuridik
shaxs maqomini olmagan
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar kiradi.
Jismoniy shaxslar to‘layotgan soliqlar ichida budjet tushumlaridan salmoqli o‘rinni
egallaydigan soliq jismoniy shaxsl
ardan olinadigan daromad solig‘idir.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
-davlat budjeti daromad manbalaridan biri
bo‘lib, u umumdavlat soliqlari tarkibiga kiradi. Uning o‘ziga xos xususiyati shundaki, soliq
jismoniy shaxslarning bevosita daromadlaridan olinadi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining soliq to‘lovchilari
deb quyidagilar
e’tirof etiladi:
1) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan
jismoniy shaxslar;
2) O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan daromad oluvchi O‘zbekiston
Respublikasining norezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar.
Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslar rezidentlar va norezidentlarga
bo‘linadi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, chet davlatlarning fuqarolari, shuningdek
fuqaroligi
bo‘lmagan shaxslar jismoniy shaxslardir.
Tegishli maqomi o‘ziga nisbatan belgilangan soliq davri boshlanadigan yoki tugaydigan
har qanday ketma-
ket 12 oylik davr davomida jami 183 kalendar kundan ko‘proq O‘zbekiston
Respublikasida haqiqatda bo‘lgan jismoniy shaxslar O‘zbekiston
Respublikasining soliq
rezidentlari deb e’tirof etiladi.
Agar jismoniy shaxs tegishli soliq davrida O‘zbekiston Respublikasida jami bir yuz sakson
uch kundan kam bo‘lib, biroq ushbu turish muddati uning boshqa biror
-bir davlatda turgan
muddatidan ko‘proq bo‘lsa ham, u O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e’tirof etiladi.
Jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasida haqiqatan bo‘lib turishi davri uning qisqa
muddatli (6 oydan kam) davolanish yoki o‘qish uchun O‘zbekiston R
espublikasi hududidan
tashqariga chiqqan davrida uzilmaydi.
Chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning quyidagi davrlar mobaynida
bo‘lgan vaqti uning O‘zbekiston Respublikasida haqiqatda bo‘lgan
vaqtiga taalluqli
hisoblanmaydi:
1) diplomatik
yoki konsullik maqomiga ega shaxs sifatida bo‘lgan davri;
2) O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lgan, xalqaro shartnoma bo‘yicha tuzilgan
xalqaro tashkilotning xodimi sifatida bo‘lgan davri;
76
3) tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanmagan taqdirda, 1 va 2
-
bandlarda ko‘rsatilgan
shaxslar oilasining a’zosi sifatida bo‘lgan davri.
O‘zbekiston Respublikasida haqiqatan qancha vaqt bo‘lganligidan qat’i nazar, chet elda
xizmatni o‘tayotgan O‘zbekiston Respublikasining harbiy xizmatchilari, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasidan tashqarida ishlash uchun xizmat safariga yuborilgan
davlat hokimiyati
organlarining xodimlari O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e’tirof etiladi.
Agar Soliq kodeksidagi qoidalariga yoki O‘zb
ekiston Respublikasining soliq solish
masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalariga muvofiq, bir vaqtning o‘zida jismoniy shaxsni ham
O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidenti, ham chet davlatning soliq rezidenti deb tan olish
uchun asoslar bo‘lsa, uning
soliq rezidentligi shunday xalqaro shartnomaning qoidalariga muvofiq
jismoniy shaxs hayotiy manfaatlarining markazi asosida belgilanadi. Bunda quyidagi shartlardan
hech bo‘lmaganda bittasi bajarilgan taqdirda, jismoniy shaxs hayotiy manfaatlarining markazi
O‘zbekiston Respublikasida deb e’tirof etiladi:
1) jismoniy shaxsning eri (xotini) va (yoki) yaqin qarindoshlari O‘zbekiston
Respublikasida yashasa;
2) O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsga va (yoki) uning eriga (xotiniga) va (yoki)
uning yaqin qari
ndoshlariga mulk huquqida yoki boshqa asoslarda tegishli bo‘lgan, istalgan vaqtda
uning yashashi va (yoki) eri (xotini) va (yoki) uning yaqin qarindoshlari yashashi mumkin bo‘lgan
ko‘chmas mulkning mavjudligi.
O‘zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo‘lmagan jismoniy shaxslar O‘zbekiston
Respublikasining norezidentlari deb e’tirof etiladi.
Soliq to‘lovchining jami daromadi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining
soliq solish ob’ekti
deb hisoblanadi.
Soliqni qat’iy belgilangan miqdorda to‘lash xohishini bildirgan yakka tartibdagi
tadbirkorlar uchun soliqqa tortish ob’ekti bo‘lib amalga oshirilayotgan faoliyat turini tavsiflovchi
fizik ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
Soliq bazasi quyidagilar hisoblanadi:
1) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun
- nazarda
tutilgan soliq imtiyozlarini hisobga olgan
holdagi jami daromadlari;
2) O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun
- nazarda
tutilgan soliq imtiyozlari
qo‘llanmagan holdagi jami daromadlari.
Soliq bazasini aniqlashda soliq to‘lovchining ham pul shaklida, ham natura shaklida olgan
daromadlari yoki daromadlarni tasarruf etish uchun yuzaga kelgan huquqlari, shuningdek moddiy
naf tarzidagi daromadlari hisobg
a olinadi. Bunda soliq to‘lovchining alohida turdagi daromadlari
jami daromad tarkibida hisobga olinishi yoki hisobga olinmasligi mumkin.
Soliq to‘lovchining chet el valyutasida ifodalangan daromadlari, haqiqatda daromadlar
olingan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha milliy valyutaga
qayta hisob-kitob qilinadi.
Turli soliq stavkalari bo‘yicha solinadigan soliq bazasi alohida aniqlanadi.
Soliq bazasi, soliq davri boshidan e’tiboran o‘sib boruvchi yakun bilan aniqlanadi.
Agar
soliq to‘lovchining daromadidan uning o‘z
farmoyishiga, sudning yoki boshqa
organlar va tashkilotlarning qaroriga ko‘ra ushlab qolishlar amalga oshirilsa, bunday ushlab
qolishlar soliq bazasini kamaytirmaydi.