A. Sh. Bekmurodov, Ya. K. Karrieva, I. U. Nematov, D. H. Nabiev, N. T. Kattaev xorijiy investitsiyalar



Yüklə 3,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/115
tarix16.12.2023
ölçüsü3,62 Mb.
#182629
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   115
XORIJIY INVESTITSIYALAR

Investitsiya dasturi
– ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida mamlakat yoki
chet ellarda iqtisodiyotning turli tarmoqlariga uzoq muddatli kapital kiritish uchun
ishlab chiqilgan dastur.
Respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga erishishga, tabiiy,
mineral-xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish
yo’li bilan respublika ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy o’zgartirishning
asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yo’naltirilgan
bir-biri bilan o’zaro bog’langan chora-tadbirlar kompleksi.
Investitsiya kompleksi
- investitsiya faoliyatini ta’minlovchi tashkilotlar,
korxonalar va firmalar majmuasi.
Investitsiya muhiti –
investitsiyalar jozibadorligi hamda xavf-xatar darajasini
belgilab beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy omillar majmui.
Investitsiya faoliyati
- investitsiya maqsadlarini amalga oshirish bilan bog’liq
faoliyat. Investitsiya kompleksi tashkilotlari orqali amalga oshiriladi.
Investitsiya faoliyati ishtirokchilari
- buyurtmachilar, pudratchilar, etkazib
beruvchilar,
banklar,
sug’urta
kompaniyalari,
loyihalovchilar,
vositachilar,
ilmiy-maslahat firmalari, o’z mamlakatidagi qonunchilikka ko’ra investitsiyaviy
mulk egalari (tasarrufchilari) yoki buyurtmalardan foydalanuvchi sifatida qatnasha
oluvchi xorijiy tashkilotlarni kiritish mumkin.
Investorlar
- xususiy va qarzga olingan mulkiy va intellektual qiymatlarni
sarflash haqida qaror qabul qiluvchi investitsiya faoliyati sub’ektlari. Investorlar
obektlar va investitsiya natijalariga egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish
huquqiga ega bo’ladi. Investorlar kreditorlar va haridorlar rolini bajarishlari,
shuningdek
investitsiya
faoliyatining
boshqa
ishtirokchilari
funktsiyalarini
bajarishlari mumkin. Odatda investorlar kapital qo’yilmalar sarflanadigan sohalarni
aniqlaydilar, kontrakt va shartnomalarning shartlarini ishlab chiqadilar va investitsiya
aktining boshqa tomonlari bilan - kontraktor, hukumat organlari, pirovard mahsulot
ishlab chiqaruvchilar va shu mahsulotning iste’molchilari bilan hisob-kitoblarni
amalga oshiradilar.

Yüklə 3,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin