Kompleks yondashuv zamonaviy ta‘limning ko‘proq ahamiyatga ega
bo‘lgan komponentlarini (masalan: ta‘lim mazmuni, metodlari, ta‘limni tashkil
etish shakllari, tarbiya qadriyatlari, ta‘limni asosiy bosqichlari yoki darajalar
sh.k.)ni ajratish va tahlil etish ahamiyatli sanaladi. Ushbu yondashuvni qo‘llash
orqali turli ta‘lim tizimlarini u yoki bu asosini o‘zaro taqqoslash mumkin bo‘ladi.
Turli ta‘lim tizimlarini taqqoslash uchun zamonaviy ta‘lim tarkibiy tuzilmasiga
kiruvchi ta‘lim va tarbiya maqsadi (bu ta‘lim tizimi g‘oyasi to‘g‘risida tasavvur
hosil qiladi) muhim ahamiyatga ega.
Insonparvar yondashuv ta‘lim jarayonida shaxs, uning o‘rni, ahamiyatini
aniqlash yo‘l va usullarini tushunishga yordam beradi. Bu o‘rinda pedagogning
ham, tarbiyalanuvchining ham subyekt pozitsiyasi asosiy o‘rinda turadi. Turli
mamlakatlarda ta‘limning insonparvar rivojlanish imkoniyatlarini tahlil qilish
hamda ta‘limni insonparvarlashtirishda o‘zlarining salmoqli hissalarini qo‘shgan
ta‘lim va maorif arboblarini o‘rganishga yordam beradi. Shuningdek, bu
yondashuv turli ta‘lim tizimlarida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro
munosabatni, u yoki bu ta‘lim muassasasida har bir ta‘lim oluvchining ijtimoiy va
individual pozitsyasini tushunishga ham yordam beradi.
Tarixiy yondashuv turli davlatlarda ta‘limning davrlar va o‘zgarib boradigan
tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa shart-sharoitlarda rivojlanish jarayoni,
dinamikasini tahlil etish va tavsiflash imkonini beradi. Ushbu yondashuvni amalga
oshirish jarayonida u yoki bu davlatning ta‘lim tizimini shakllantirish va
rivojlantirishga poydevor vazifasini bajargan tarixiy voqea hamda hodisalarni
hisobga olish zarur.
11
Madaniy yondashuv - jamiyatning umumiy madaniy rivojlanishi asosida
ta‘lim jarayonida yuz beradigan o‘zgarishlar, yuksalishlarni kuzatish imkoniyatini
beradi.