Mashg’ulot turi: ma’ruza
Mavzu: Jamiyat falsafasi. Hozirgi zamon jamiyatining global muammolari
.Korrupsiya va ijtimoiy hayot
.
Mavzu rejasi:
1.
Jamiyat tushunchasi. Jamiyat haqidagi falsafiy qarashlar
2.
Jamiyatni falsafiy anglash. Jamiyatning moxiyati va o‘ziga hos jihatlari.
3.
Hozirgi zamon global muammolari
.
4.
Korrupsiya va uning asosiy ko’rinis’hlari.
Adabiyotlar:
1.
Axmedova M. Falsafa. – Toshkent: UFMJ, 2006.
2.
Yusupov E., Mamashokirov S. Falsafa Darslik. - Toshkent: 2005.
3.
Shermuxamedova N.A. Falsafa. Toshkent: “Noshir”, 2012.
4.
Shermuxamedova N.A. Falsafaga kirish. (O‘quv qo‘llanma) Toshkent: 2017.
5.
Shermuxamedova N.A. Inson falsafasi. (darslik). - Toshkent: 2016.
6.
Izzetova E., Pulatova D. Filosofiya (ychebnoe posobie). Toshkent: 2017.
7.
Po‘latova D.Falsafa.(o‘quv qo‘llanma)—T.: Toshkent davlat sharqshunoslik
instituti.2011.(65,124 betlar).
8.
Qiyomiddin Nazarov.Bilish falsafasi. (Gnoseologiya).—T.:”Universitet”
nashriyoti.2005.(293-305;325-338 betlar).
9.
I.Karimov,M.Rustamova. Falsafa fani tarixi va nazariyasi. Metodik qo‘llanma.--T.:
TDPU nashriyoti.2007.(172-176;177-181; 155-163;184-189 betlar).
10.
Алексеев П.В.,Панинг А.В.Философия.Учебник, изд, второе—Москва, изд.
Проспект.1999.
Insoniyat
azal-
azaldan
jamoa
bo’lib
yashaydi.
Yer sayyorasi uning abadiy makoni, umumiy Vatanidir. Quyosh tizimidagi ana sh
u mitti sayyorada yashayotgan odamlar oilasini jamiyat deb atash odat tusiga kirgan. D
emak, umumbashariy ma’noda jamiyat odamzodning umri, hayoti o’tgan hamma da
vri, joy va hududi bilan bog’liq barcha o’zgarish va jarayonlarni ifoda etadi. Shu bilan bir
ga, biror davlat xududidagi odamlar hayoti, sivilizasiyaning muayyan davrlaridagi tu
rmushga nisbatan ham ushbu tushuncha qo’llanadi. Har qanday
holda
ham,
uumumiy tushuncha bo’lib, ayrim odam va alohida shaxs jamiyatg
a’zosi deb ataladi. Tilimizdagi jam, jamoat va jamiyat degan so’zlar bor. Barchasin
ing o’zaro yig’ilgan, to’plangan degan ma’noni bildiruvchi jam iborasidir. Masalan:
jamoat jam. Odamlar jam bo’lishdi. Jami – o’n nafar. Shuningdek, jam so’zi qo’s
huv ma’nosida ham ishlatiladi. Jamoa iborasi biror mahalla yoki qishloq aholisini, biror
muassasa, tashkilot yoki korxona ahlini bildiradi, ya’ni bir joyning bir guruh
kishilari deganidir.
Jamoa atamasi ma’nosi jihatidan jamoatdan farqlanadi. Jamoatda turli
qarashdagi kishilar bo’lsa, jamoada esa bir maqsad, bir xil manfaat yo’lida jam bo’gan ki
shilar tushuniladi. Masalan, jamoat deganda bir masjidda namoz o’quvchi hammahall
a, hamqishloq kishilar nazarda tutiladi. Jamoat so’zining jamoatchilik, adabiy jamoatc
hilik, talabalar jamoatchiligi va hokazo.
Jamiyat insoniyat tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida shakklanadigan
ijtimoiy munosabatlar majmuidir. Ijtimoiy munosabatlar ichida eng asosiysi, siyosiy
va huquqiy ustqurma uchun haqiqiy bazis bo’ladigan, ijtimoiy ong shakllarini belgi
laydigan munosabatlar – iqtisodiy munosabatlardir. To’g’ri, jamiyat taraqqiyoti tabiiy-
tarixiy, qonuniy taraqqiyotdir.
Jamiyat ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida shuurga-
ongga
til
va
nutqqa
ega
bo’lgan,
bir-
birlarining ijtimoiy yordami, ko’magiga ehtiyoj sezuvchi insonlar ijtimoiy uyushmas
ining eng umumiy ilmiyfalsafiy atamasidir. Jamiyat – tabiatning bir qismi, ya’ni ijti
moiy borliqg’ bo’lib, odamlar uyushmasining maxsus shakli ,kishilar o’rtasida amal
qiladigan juda ko’plab munosabatlar yig’indisi, degan turlicha ta’riflar ham bor. Jamiya
t muttasil ravishda
rivojlanuvchi takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. Har bir yangi davrda
jamiyat mohiyatini bilish zarurati vujudga keldadi. Milliy mustaqillik tufayli
jamiyat mohiyatini yangicha idrok etish ehtiyoji paydo bo’ldi. Prezident Islom
Karimovning qator asarlarida jamiyat mohiyatini yangicha tushunishning uslubiy aso
slari yaratildi. Jamiyat moddiy va ma’naviy omillar birligidan iborat. Hozirga qadar
adabiyotlarda moddiy va ma’naviy hayot bir-biridan keskin farqlanar edi.
Holbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashkil etuvchi inson mohiyati bilan u
zviy
bog’liq. Xuddi inson tanasini uning ruhidan ajratib bo’lmagani singari, jamiyatning
moddiy va ma’naviy jihatlarini ham bir-biridan ajratish va ularning birini
ikkinchisidan ustun qo’yish mantiqqa ziddir. Insonning moddiy ehtiyojlari oziq-
ovqatlar, kiyim-kechak, uy-joy, transport vositalari, o’zini himoyalash, zurriyot
qoldirish kabilardan iboratdir. Ma’naviy ehtiyojlarga olamni bilish, o’zlini angalsh,
dunyoqarash, donishmandlikka intilish, bilim, san’at, g’oya, mafkura, go’zallik
bilan, ma’naviy kamolot yo’lidagi intilishlar kiradi. Insonning asl mohiyati moddiy
ehtiyojlarni madaniy shakllarda qondirishida yaqqol namoyon bo’ladi. Inson aqlli
mavjudot sifatida moddiy ehtiyojlarini madaniy shakllarda qondirish uchun tabiat
va jamiyat mohiyatini bilishga, moddiy va ma’naviy olamni uyg’unlashtirishga,
tabiat va jamiyatni o’z maqsadlariga mos ravishda o’zgartirishga harakat qiladi.
Ilm – fan va texnika insonning ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish quroli,
muhim vositasi bo’lib xizmat qiladi. Inson yuksak ma’naviyat tufayligina o’z
ehtiyojlarini madaniy shakllarda oqilona va to’liqona qondirish imkoniga ega
bo’ladi.
Mamlakatimizda ma’naviyat masalalariga alohida e’tibor berilayotganining
sababi ham ana shunda. Jamiyatning moddiy va ma’naviy
hayoti kishilarning
moddiy va ma’naviy ehtiyojlari bilan uzviy bog’liq holda vujudga keldi.
Jamiyat ham makro va mikro jismlar kabi o’z-o’zini tashkillovchi va
boshqaruvchi tizimdir. Binobarin, bu tizim muayyan qonunlar asosida mavjud
bo’ladi va takomillashib boradi.
Ikki jins yakkanikohlikka asoslangan oila shaklida yashashga o’tishi, urug’,
qabila, elat (xalq, millatlarning vujudga kelishi va shu birliklarda o’z moddiy va
ma’naviy ehtiyojlarini qondirishlari qonuniy jarayonlardir. Jamiyat taraqqiyotining
muayyan bosqichida davlatlarning kelib chiqishi, mulkiy munosabatlar, ishlab
chiqarish munosabatlari, har bir jamiyatning o’z bazis va ustqurmasi bo’lishi,
bozor iqtisodi munosabatlari, (bularning iqtisod nazariyasi va sosiologiya fanlari
batafsil o’rganadi) – ana shu ijtimoiy hodisalar albatta ijtimoiy qonunlar ta’sirida
tarixan o’z-o’zidan shakllangan.
Jamiyat qonunlarining amal qilishi odamlar va ular uyushmalarining ongli
faoliyati bilan bog’lanib ketadi. Jamiyat qonunlarini ham eng umumiy, umumiy va
xususiy (juz’iy) qonunlar tipologiyasiga ajratish mumkin. Falsafa qonunlar va
kategoriyalarida o’z ifodasini topgan o’zaro aloqadorliklar, bog’lanishlar ijtimoiy
hayotda ham namoyon bo’ladi. Binobarin, bu eng umumiy qonunlar, kategoriyalar,
tamoyillarni bilish jamiyatni ilmiy boshqarish imkoniyatini tug’diradi. Insoniyat
tarixiy takomilida, sosial, ealtlar, millatlar hayotida o’xshash shart-sharoitlarda
274
birdek amal qiladigan qonunlarni umumiy qonunlar deb atash mumkin. Masalan,
moddiy ishlab chiqarish bilan ma’naviy boyliklar yaratish o’rtasidagi mutanosiblik
qonuni bozor munosabatlarining ikki tomni o’rtasidagi yoki ehtiyojlar bilan
manfaatlar o’rtasidagi munosabatlarni anglatadi.
Muayyan jamiyat taraqqiyoti va tanazzulining aniq bir bosqichlari, holati
to’g’risida ravshan tasavvurga ega bo’lish uchun xususiy (juz’iy) ijtimoiy
qonunlarni ham anglab olish zarur. Bunday qonunlarning amal qilish darajasi
malum bir makon va zamonda cheklanganligi va ular jamiyat taraqqiyotining faqat
ayrim bosqichlarigagina xos aloqadorliklarni ifodasi bilan farqlanadi. Masalan,
sobiq Sho’rolar davrida amal qilgan planli proporsional deb atalgan qonunning
harakati yo’li shu davlat tugashi bilan to’sib qo’yildi. Yoki talab va taklif
o’rtasidagi mutanosiblik qonuni, raqobatga asoslangan munosabatlar kabi umumiy
qonunlar O’zbekiston sharoitida o’ziga xos, betakror amal qilishi u qonunlarga
xususiylik baxsh etadi. Prezident Islom Karimov asos solgan O’zbekistonda bozor
iqtisodiga o’tishning besh tamoyili barcha qonunlarning amal qilishiga o’ziga
xoslik baxsh etadi. Umuman olganda, eng umumiy, umumiy, xususiy qonunlar bir-
biri bilan dialektik aloqadorlikda bo’lib, ular bir-birini ham iqror qiladi, ham
istisno etadi.
Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning mohiyati va rivojlanishiga oid turli
nazariyalar mavjud. Bizlarga ma’lumki, jamiyat hayotidagi qarashlar juda qadimgi
davrlardayoq maydonga kelgan qadimgi Markaziy Osiyoda zardushtiylik dinining
muqaddas kitobi «Avesto» da, Mazdakning qarashlarida mu’tadil jamiyatni barpo
etishni olg’a surgan, shunday jamiyatdagi davlat ideal davlat deb ta’kidlangan.
Qadimgi turk mifologiyasida ham adolatli, faravon jamiyat va davlat haqida
e’tiborga sazavor qarashlar mavjud. Qadimgi yunon faylasufi Aflotun
takomillashgan kishilik jamiyatini, ideal davlatni barpo qilish, lozim deb
hisoblagan. Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan Abu Nasr Forobiy o’zining
«Fozil odamlar shahri» asarida jamiyatning vujudga kelishi, maqsadi va vazifalari
haqida ta’limot yaratgan. Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino kabi
mutafakkirlar kishilik jamiyati paydo bo’lishi sabablarini insonning boshqa
mavjudotlarga nisbatan ojizligi birdamlik hissining rivojlanganligi bilan
izohlaganlar.
Falsafiy tafakkur tarixida jamiyatning mohiyati va rivojlanishiga oid turli
nazariyalar mavjud. Xususan, nemis faylasufi I.Kant jamiyatning vujudga kelishini
axloqning shakllanishi bilan izohlagan. G.Gegel esa jamiyatning shakllanishi va
rivojlanishi sabablarini mutlaq ruhning rivojlanishi bilan, L.Feserbax din bilan bog’l
angan, ijtimoiy taraqqiyot sabablarini diniy ong taraqqiyotidan izlagan.
Fransuz mutafakkiri O.Kant jamiyatning rivojlanish sabablarini insoniyat ma’naviy
taraqqiyotining uch bosqichi (geologiya, metafizik, pozitiv bosqichlar) bilan
izohlagan. K.Markas jamiyatning rivojlanish sabablarini sinfiy kurash va inqilobiy
o’zgarishlar bilan bog’lagan, barcha ijtimoiy hodisa va jarayonlarni sinfiy nuqtai
nazardan tushuntirgan. Ijtimoiy ziddiyatlarni sun’iy ravishda mutlaqlashtirgan va
ziddiyatlarni hal etishning asosiy usuli sifatida ijtimoiy inqilobni amalga
oshirishni, mulkdorlar sinfini tugatishni taklif etgan. Ijtimoiy amaliyot bunday
nazariyaning bir yoqlama ekanini ko’rsatadi.
Jamiyat taraqqiyoti ko’p bosqichli jarayon ekani to’g’risidagi qarashlar
AQSh faylasufi O.Toffler tomonidan ilgari surilgan. Bunday qarashga ko’ra,
jamiyatlar taraqqiyotiga binoan agrar jamiyat, industrial jamiyat, postindustrial
jamiyatga ajratilgan. Adabiyotlarda jamiyat taraqqiyoti borasida sivilizasiyali
yondashuv g’oyasi ilgari surilmoqda. Bunday yondashuvga ko’ra, har bir xalq
o’zining betakror, noyob, o’ziga xos va o’ziga mos turmush tarzini saqlab qolgan
holda, boshqa xalqlar tajribalaridan ijodiy foydalanish orqali ijtimoiy
taraqqiyotning o’ziga xos modelini yaratadi.
Jamiyat hayotiga barqarorlik va beqarorlik ham xos. Har bir inson o’z oldiga
qo’ygan maqsadlariga erishish uchun osoyishtalik va tinchlikka muhtoj bo’lgani
kabi jamiyat ham o’z oldiga qo’ygan vazifalarni ado etishi uchun ijtimoiy-siyosiy
barqarorlikka ehtiyoj sezadi. Barqarorlik – jamiyat taraqqiyotining tadrijiy
rivojlanishi, ijtimoiy tizimning muayyan darajadagi bir tekis faoliyat ko’rsatish
imkoniyatidir. U turg’unlik tushunchasidan keskin farqlanadi. Ijtimoiy-siyosiy
turg’unlik tushunchasi jamiyatdagi mavjud siyosiy, ma’naviy tizimning tanazzuli
alomatidir.
Jamiyatda barqarorlik beqarorlik bilan, inqiroz gullab-yashnash bilan
almashib turishi ham mumkin. Jamiyatning ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy
sohalarida muayyan yutuqlarga erishilgach,ijtimoiy imkoniyatlar ro’yobga
chiqarilib bo’lgach bundan keyingi taraqqiyoti yo’lida yangi muammolar tug’iladi
va ularni hal etish vazifasi paydo bo’ladi.
Beqarorlik ichki va tashqi jarayon va tahdidlar natijasida vujudga keladi.
Beqarorlik bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqa ijtimoiy-siyosiy tuzumga o’tish
davrida keskinlashish mumkin. Jamiyat beqarorlikning izdan chiqishi kishilar
psixologiyasidagi salbiy o’zgarishlarda, qonunlarning ishlamasligida, ijtimoiy
burchning ado etilmasligida, ijtimoiy ideallarning yo’qolishida, g’oya va
mafkuraga loqaydlikning kuchayishida, turli jinoiy guruhlarning paydo bo’lishida,
ijtimoiy adolat mezonlarining buzulishida, davlat idoralarining aholini boshqarish
276
qobiliyati kuchsizlanishida, turli ziddiyatlarning keskinlashuvida o’z ifodasini
topadi.
2. Jamhon tajribasi har bir mamlakat va xalqning o’z taraqqiyot yo’lini
tanlash huquqiga ega bo’lishi umumiy xavfsizlik va ijtimoiy barqarorlikni
ta’minlash garovi ekanini ko’rsatdi. O’zbekiston milliy mustaqillikka erishganidan
keiyn o’z milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlash, o’ziga xos va mos
taraqqiyot yo’lini tanlash, rivojlantirishning o’zbek modelini yaratish imkoniga ega
bo’ldi.
Demokratik jamiyat uchun inson manfaatlari, erkinligi va qadr-qimmati oliy
qadriyat hisoblanadi. Har qanday jamiyat hayoti uchun davomiylik, vorisiylik va
uzluksizlik xosdir. Bu qonuniyatlar buzilsa, jamiyatning tabiiy hayotida
yo’qotishlar ro’y beradi. Bu holat, ayniqsa, bir tizimdan boshqa tizimga o’tish,
jamiyat rivojlanishining yangi bosqichiga ko’tarish jarayonida yaqqol ko’zga
tashlanadi. Mavjud tizimdan sifat jihatdan yangi tizimga o’tish jarayonida
islohotlarni ijtimoiy larzalarsiz amalga, odamlarning tafakkurini o’zgartirish, yangi
qonun va normalar ishlab eskizidan foydalanish jamiyat rivojlanishiga ta’sir
ko’rsatadi.
Ijtimoiy rivojlanishning o’zbek modeli insoniyatning rivojlanish borasidagi
ilg’or tajribasiga, milliy davlatchilik tajribalarimizga va xalqimiz mentalitetiga
tayanadi.
Ijtimoiy rivojlanish borasida odatda ikki yo’ldan – inqilobiy va tadrijiy
yo’ldan borgan. Insoniyat tajribasi ijtimoiy rivojlanishning keskin inqilobiy
o’zgarishlar yo’li nomaqbul va yaroqsiz ekanini, jamiyatning tadrijiy (evolyusion)
taraqqiyoti barqaror – tabiiy rivojlanish yo’li ekanini ko’rsatadi. O’zbekiston
Prezidenti Islom Karimov ijtimoiy taraqqiyotning tadrijiy yo’li mohiyatini shunday
izohlaydi: «Soxta inqilobiy sakrashlarsiz, - evolyusion yo’li bilan normal,
madaniyatli taraqqiyotga o’tish – tanlab olingan yo’lning asosiy mazmuni va
mohiyatidir. .. Bozor iqtisodi sari buyuk sakrashlar, inqilobiy qayta o’zgarishlar
yo’li bilan emas, balki sobitqadamlik va izchillik bilan – bosqichma-bosqich
harakat qilish kerak. Har bir bosqichning qancha davom etishi hal qilish lozim
bo’lgan muammolar doirasiga, tashqi omillar qanchalik qulay bo’lishiga, aholining
mehnat faoliyatiga bog’liqdir».
15
O’zbek modelining asosiy tamoyillari quyidagilardir:
– iqtisodning siyosatdan ustuvorligi;
– davlatning bosh islohotchi ekanligi;
– qonun ustuvorligi;
– kuchli ijtimoiy himoyalash;
– bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich, tadrijiy yo’l bilan o’tish;
o’zbek modelining o’ziga xos xususiyatlari davlatchilik asoslarining, milliy
qadriyatlarning qayta tiklanishi, o’zlikni anglash, umuminsoniy qadriyatlarning
ustuvorligi, milliy mentalitetimizga xos xususiyatlarning tiklanishi va rivojlanishi,
demokratik
qadriyatlarning
rivojlantirilishi
hamda
inson
huquqlarining
kafolatlanishi va boshqalarda o’z ifodasini topmoqda.
O’zbek modelining hayotiyligi jahon jaoatchiligi tomonidan e’tirof qilindi.
O’zbekiston tajribasi qator mamlakatlar uchun namuna bo’lib xizmat qilmoqda va
uni o’rganishga bo’lgan qizikish ortib bormoqda. O’zbekona taraqqiyot yo’li
ma’naviy hayot va iqtisodiy rivojlanishni bir-biri bilan uzviy bog’liqlikda amalga
oshirishda, ma’naviyat, ma’rivat, madaniyatga bo’lgan e’tiborning kuchayishida
yaqqol ko’zga tashlanadi. Ma’naviy salohiyatning kuchayishi insoni intellektual va
axloqiy qobiliyatlarining rivojlanishi iqtisodiy rivojlanish uchun puxta zamin
yaratadi. Kishilarda yangicha iqtisodiy tafakkur, tadbirkorlik qobiliyatlarini
rivojlantirishda zamonaviy ilm-fan, texnika va texnologiya asoslarini egallash
muhim ahamiyat kasb etadi.
Jamiyat va oila mohiyatan bir-biri bilan uzviy bog’liq. Oilada jamiyatning
tub mohiyati o’z aksini topadi. Shu ma’noda, oilani kichik jamiyat deyish mumkin.
Har bir jamiyat a’zosi oila bag’rida voyaga yetadi, ijtimoiy munosabatlarni
o’zlashtiradi va insoniy fazilatlarni namoyon etadi. Barkamol insonni
shakllantirish, yni hayotga, mehnatga tayyorlash oilaning muqaddas vazifasidir.
Oilani mustahkamlash jamiyat barqarorligi va qudratining muhim sharoitdir. Shu
boisdan ham davlat oilani o’z himoyasiga oladi.
Jamiyatdagi ma’naviy-axloqiy muhitning sog’lomligi ko’p jihatdan oilaviy
madaniyatga bog’liq. Oila qanday bo’lsa, jamiyat ham shunday bo’ladi. Oilada er
va xotinning mavqyei,oilaviy munosabatlar xarakteri turli xalqlarda turlichadir.
Mamlakatimizda milliy mustaqillik yillarida ma’naviyatimiz sohasida amalga
oshirilayotgan islohotlar, avvalo oila qadriyatlarini, eng ilg’or an’analarni tiklashga
qaratilgandir. Ona va ayol muqaddasligi o’zbekona qadriyatdir. Hadisi sharifda ona
va ayolning muqaddasligi to’g’risidagi g’oyalar oilaviy munosabatlarni
278
takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega. Ulug’ mutafakkirlar jamiyatning
madaniy darajasi ayol va oiladagi ahvol, mavqyei bilan belgilanishini alohida
ta’kidlaganlar. Sog’lom, barkamol avlod tarbiyasi jihatdan ayolning ma’anviy
salohiyati, bilimi, uddaburonligi va erkinligiga bog’liqdir. Mamlakatimizda
keyingi yillarda amalga oshirilayotgan qator tadbirlar ayolning oila va jamiyatdagi
mavqyei va rolini kuchaytirishga qaratilgandir.
Oila muammolari ilmiy asosda o’rganilganligi va ularni oqilona hal etishni
o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan respublika «Oila» ilmiy-amaliy markazining
tashkil etilganligi ham davlatimizning oilaviy munosabatlarini takomillashtirishga
alohida e’tibor berayotganidan dalolat beradi.
Davlat – jamiyatni boshqarish, tartibga solish ,ijtimoiy barqarorlikni
ta’minlashga qaratilgan alohida bir muassasadir. Davlat umuminsoniy qadriyat,
insoniyat ma’naviy taraqqiyotining muhim yutug’idir.
Jamiyat ma’naviy salohiyatining yuksalib borishi bilan siyosiy boshqarish
shakllari va usullari ham takomillashib boradi. O’zgargan tarixiy sharoitda
davlatning mohiyati, mazmuni va vazifalariga yangicha yondashish zarurati
vujudga keladi. Mustaqillik yillarida milliy davlatchilik an’analarining tiklanishi
bilan davlatning tashkilotchilik, bosh islohotchilik faoliyati yangicha mazmun va
ahamiyat kasb etdi.
Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning o’zbek
modeli konsepsiyasining amalga oshirilishida davlat hal qiluvchi o’rin tutadi.
Mamlakatimizning siyosiy, huquqiy hayotida amalga oshirilayotgan tub islohotlar
siyosiy boshqaruvni yanada takomillashtirishga, yurtimizda huquqiy demokratik
jamiyat barpo etishga, kuchli davlatdan kuchli javmiyatga o’tishga qaratilgandir.
Jamiyat hayotida turli jamoalar, tashkilot va uyushmalar ham faoliyat
ko’rsatadi. Ularni shartli ravishda davlat va nodavlat tashkilotlariga ajratish
mumkin. Ularga siyosiy partiyalar, siyosiy harakatlar, kasaba uyushmalari, yoshlar
uyushmalari, turli jamg’armalar, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar uyushmasi,
mahalla o’mitalari av boshqalar kiradi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
barcha islohotlar inson salohiyatini yanada yuksaltirishga, yurtimizda fuqarolik
jamiyatini barpo etishga qaratilgandir.
Demokratik jamiyatni barpo etish – O’zbekiston taraqqiyotining bosh
maqsadi. Bu jamiyat kishilarning yuksak axloqiy-siyosiy va huquqiy madaniyatiga
asoslanadigan demokratik taraqqiyotning yuqori bosqichidir. Bunday jamiyat erkin
uyushmalarning ko’p qirrali aloqasi bo’lib, davlat qonunlarini hurmat qilib
279
bajaruvchi jamiyat tarkibiga kiruvchi elementlarning nisbiy mustaqilligiga
asoslanuvchi, turli ziddiyat va ixtiloflarni qonun doirasida o’zaro kelishuv, sabr-
toqat va muzokaralar orqali hal etishga asoslanuvchi jamiyatdir. Demokratik
jamiyat umuminsoniy tamoyillar, milliy davlatchilik xususiyatlari, o’ziga xos
turmush tarzi va hayot falsafasi negizida qaror topadi. O’zbekiston milliy
mustaqilligining dastlabki yillaridanoq shunday jamiyat asoslarini barpo etishni o’z
oldiga maqsad qilib qo’ydi.
Mamlakatimizda mahalla hokimiyat organlarining tashkil etilishi, ular vakolatining
kuchaytirilishi xalqimizning o’z-o’zini boshqarish, idora etish madaniyatini
shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: |