Hozirgi
vaqtda trematodalar, ya’ni so'rg'ichlilar sinfiga 4000 dan ortiq tur kira
di. Ulaming deyarli hammasi odam va hayvonlarning turli to'qim a va organlarida
parazitlik qiladi. Bu sinfga kiruvchilaming hammasi endoparazitlar hisoblanadi.
Trematodalarning rivojlanishi anchagina murakkab,
ularning rivojlanishi
xo'jayinlar va b o 'g 'inlar gallanishi orqali boradi. Demak, so'rg'ichlilar bitta,
b a’zan ikkita oraliq xo'jayin orqali rivojlanadi. Bunday hollarda ularning birinchi
oraliq xo'jayinlari albatta suvda va quruqlikda yashovchi molluskalar hisoblanadi.
Ikkinchi oraliq (qo'shimcha) xo'jayinlari har xil hasharotlar (chumolilar), ulaming
lichinkalari (ninachi lichinkalari), baliqlar va suvda
hamda quruqlikda yashovchi-
larning vakillari bo'lishi mumkin. So'rg'ichlilam ing asosiy xo'jayinlari esa har xil
turdagi sutemizuvchilar, qushlar va boshqa umurtqali
hayvonlar hamda odamlar
hisoblanadi.
Trematodalarning rivojlanishini oddiy jigar qurti (Fasciola hepatica) misolida
ko'rib chiqiladi (16-rasm).
Dostları ilə paylaş: