Innovatsiya va intergatsiya



Yüklə 46,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/106
tarix16.12.2023
ölçüsü46,9 Kb.
#183506
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   106
Р. Мавлонова

M E T O D L A R I
«Integrativ faoliyat» tushunchasi qator holatlar bilan bogiiqdir. 
Birinchidan. «boshqari lad igan» pedagogik integratsiyaning «betar­
tib» (boshqarilmaydigan) integratsiyadan ajralish zaruriyati. Zam o­
naviy pedagogikaning rivqjlanish qonuniyati boim ish bu zarur iy at 
bugungi kunda maxsus tashkil qilingan integratsion ish sohasidan 
tashqarida ham amalga oshirilishi mumkin. Shu bilan bir qatorda, 
m a iu m maqsadga yo'naltirilgan holda amalga oshirilayotgan integrativ 
faoliyat ham o*zining mavjudligidan darak bera boshladi. Ikkinchidan, 
integratsiyani faoliyat sifatida baholash uning texnologik olchamlarini 
ham batafsilroq tahlil qilish imkonini beradi. Uchinc-hidan, pedago­
gikada allaqachon «integrativ ish» (VI.Zagvyazinskiy), «integrativ 
faoliyat» (D.D. Semyonov), «integrativ-pedagogik tafakkur» kabi tu-
170


shunchalarni qoilash holatlari mavjud. Integrativ-pedagogik faoli- 
vat (1PF) - bu pedagogik faolivatning o'ziga xos turi bo'lib, uning 
davomida taiim-tarbiya nazariyasi va amaliyoti sohasidagi u yoki 
bu vazifalar dolzarb tus oladi. Amaliyot darajasida IPFning ikki xil 
ko'rinishini ajratish mumkin: shakllantiruvchi va shakllanuvchi faoliyat 
turlari. Shakllantiruvchi faoliyat - bu t a i im muassasalarida amalga 
oshiriladigan va o'quvchilarda integrativ harakatchanlik xislatlarini va 
xususiyatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan faoliyatdir. Shakllanuvchi 
IPF esa shakllantiruvchi faoliyatning mahsulidir. Shakllantiruvchi 
va shakllanuvchi faoliyat tuzilmalarining o'zaro mosligi omilini 
hisobga olgan holda taxmin qilish mumkinki, birinchiga xos bolgan 
tavsif ikkinchiga o'tkazilishi yoki aksincha boiishi mumkin. Birinchi 
faoliyatning tarkibini inversionlik, polimodallik, polivalentlik tash­
kil etadi. «Inversion obyektlar - bu an’analar birlashadigan va boviy- 
digan nuqtalardir» (M. A. Rozov), degan formulaga tayangan holda IPF 
inversion! igi tushunchasi ostida biz uning mu ay у an tizim «chorraha»- 
sida turib o’zida shu tizim haqidagi m aium otlarni mujassam etishni 
tushunamiz.
Adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, faoliyat tuzilmasiga turlicha 
yondashuvlar mavjud bo'lib, shulardan ikkitasiga: faoliyatning umumiy 
tuzilmasiga va invariant tuzilmalariga to'xtalib o'tamiz. Integrativ 
pedagogik faoliyatning umumiy tuzilmasi o'z ichiga subyektlarni, pred- 
metlarni, maqsad, jarayon, vosita, mahsulot va natijalarni qamrab oladi.
Integrativ pedagogik faoliyatning subyekti
rolini avrim shaxslar 
(o'quvchilar, o’qituvchilar va b.), guruh (jamoa), masalan, o'quvchilar va 
o'qituvchilar guruhi, shaxs siz subyektlar: maktab, kollej, litsey, institut, 
universitetlar o'ynashi mumkin.
Integrativ pedagogik faoliyatning predmeti -
taiim-tarbiya 
nazariyasi va amaliyoti sohasida integratsion jarayonlarni tashkil etish, 
o'tkazish va boshqarish.
Integrativ pedagogik faoliyatning maqsadi -
shaxsga xos barcha 
sohalarda: maiiaviv, kognitiv, affektiv (hissiy-qiymatli), psixomotorik 
sohalarda u yoki bu sifat jihatidan yangi integrativ hosilalarni shakl- 
lantirish. Blum tomonidan tavsiya qilingan asosiy o'quv maqsadlari 
ham bu yangi hosilalar rolini bajarishga qodir.
171


Integrativ pedagogik faoliyatning maqsadi maxsus tashkil qilin­
gan o'quv jarayoni davomida amalga oshiriladi. Integrativ-pedago- 
gik maqsadga erishishning nazariy metodologik va axboriy taininoti, 
faoliyatga mos keladigan texnologik dastakni tanlash, maqsadlarni 
muvofiqlashtirish va zarur vaziyatlarda ularni to'g'rilash (korrektirovka- 
lash), IPFni nazorat qilish va yakuniy xulosalar chiqarish, uning maqsad 
va natijalarini solishtir ish kabi lar bu jarayonning tarkibiy qismlari 
b o iib hisoblanadi.
Integrativ pedagogik faoliyatning vositalari IPF texnologik infra- 
strukturasining eng muhim tarkibiy qismi boiib, ular maqsadga 
erishish hamda vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi. Masalan, 
falsafiy, umumilmiy va pedagogik kategoriyalarning o'zi ilmiy peda­
gogik integratsiya vositalari boiib maydonga chiqishi mumkin. 
Integrativ pedagogik faoliyatning mahsuloti - shu faoliyat davomida 
q o ig a kiritilgan hodisalar, jarayonlar, narsalar majmuyidir. Bu peda­
gogik va g‘ayriilmiy bilimlarni (falsafa va t a i im tarixi misolida) 
sintez qilish y o ii bilan hosil qilingan pedagogik fan lar; integrativ- 
pedagogik konsepsiya (masalan, umumiy kasbiy t a i i m integratsiyasi); 
integrativ pedagogik jarayon (masalan, G'arbdagi integratsiyalashgan 
t a iim muassasalari deb ataladigan muassasalarida amalga oshirila- 
digan jarayon); pedagogik jarayonning integrativ qismlari (masalan, 
integrativ kun, integrativ dars. boshlangich kasbiy ta iim mazmunini 
integratsiyalash); integraliv-pedagogiк vaziyatlardir.
Integrativ pedagogik faoliyatning qayta o'zgartirish xususiyati -
integrativ-pedagogik vazifalarni texnik-texnologik jihatdan amalga 
oshirish. Quyidagi lar integrativ-pedagogik qayta o'zgartirishning 
obyektlari b oiib xizmat qilishi mumkin:
a) pedagogik fanning to iiq o‘zi yoki uning ayrim sohalari;
b) pedagogik jarayonning to iiq o'zi voki uning ayrim qismlari;
d) 
pedagogik vaziyatlar. Insonning yaxlitlik, universallik va 
mukammallik darajasining oshishiga olib keladigan qayta o‘zgarish 
jarayonlari shunday qayta o'zgarishning mutlaq va eng muhim predmeti 
b o iib hisoblanadi.
Integrativ pedagogik faoliyatning kommunikativ tomoni birinc-hi 
navbatda subyektlarning o‘zaro muloqoti va ta’siri bilan bogiiqdir.
172


Bundan tashqari, kommunikatsiya integrativ-pedagogik vazifalarni 
amalga oshirish vositasi sifatida may donga chiqadi. Xususan, bu 
pedagogikada integratsion jarayonlar rivojining ijtimoiy-pedagogik 
yo'nalishiga tegishlidir. Yana shuni ham aytish kerakki, kommu- 
nikativ vositalar (integratsiyaning kommunikativ vosita lari) - bu 
taiim-tarbivaviy faoliyatni amalga oshirish davomida kommunika­
tiv muhitni yaratish yo’L usul va shakllari majmuyidir. Bular quyida- 
gilarni ta’minlash uchun xizmat qiladi: a) shaxslararo (o'quvchilar 
bilan pedagoglar, o'quvchilar bilan ota-onalar, pedagoglar bilan ota- 
onalar, o'quvchilar bilan o'quvchilar. pedagog va pedagog o'rtasida- 
gi) integratsiyani; shaxs ichki integratsivasi ~ insonning o'z-o'zi 
bilan integratsiyasi: b) ijtimoiy integratsiva - shaxs va jam oa integ- 
ratsiyasi, shaxs va u yashavdigan joy integratsiyasi, shaxs va mada- 
niyat integratsiyasi, shu jumladan. boshqa mentalitet madaniyati 
integratsiyasi va h.
Bu o'rinda ijtimoiy psixologiya va psixotexnikaning u yoki bu 
elementlari, ayrim holatlarda esa psixoterapiya va psixologik ta'sirning u 
yoki bu elementlari. chet elning «tushunadigan», «hamkorlik qiladigan» 
pedagogikasi 
vakillari 
(A. Maslou, 
K. Rodjers, 
Sh. Amonashvili, 
A. Benkin, V Shatalov) faoliyatidan ham vosita sifatida foydalanish 
mumkin. «Yosh pedagogikasi asoslari» kursida namoyish qilingan 
vazivat va usullarni kommunikativ integratsiyaning muayyan v ositalari 
sifatida tilga olish mumkin. Vaziyatlarga «Erishilgan quvonch», «Kutil- 
magan quvonch». «Umumiy quvonch». «Oilaviy quvonch» kabilar 
kirsa, «Zinama-zina», «Imkoniyat beraman», «Orqamdan ergash», 
«Rollar almashuvi», «Yuqtirish» kabilar esa usullarga kiradi.
Xuddi shu kabi, integrativ-pedagogik faoliyat integrativ-pedagogik 
amallarda mavjud bo'ladi. Bunda integrativ-pedagogik amallar deganda 
IPFni amalga oshirish davomida erishiladigan integrativ mahsulot 
haqida tasavvurga bo'ysunuvchi jar ay on tushuniladi. Shunday qilib, 
integrativ-pedagogik faoliyat pedagogik jihatdan polimodal, polivalent 
tuzilmalar majmuyining zaruriy, t o ia huquqli va t o ia qiymatli turi 
sifatida hamda integrativ-pedagogik amallarning yig'indisi sifatida 
maydonga chiqadi.
173



Yüklə 46,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin