A. K. Xusanov


Uslub:  Kichik guruhlarda ishlash, klasterlash. Mashg’ulotni bajarish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/138
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#183725
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   138
ҚЎЛЛАНМА. (Охирги вариант) (2)

Uslub: 
Kichik guruhlarda ishlash, klasterlash.
Mashg’ulotni bajarish: 
1.
 
Cho’chqa tasmasimon chuvalchangining ho’l preparati bevosita va lupa 
yordamida kuzatiladi. Boshining tuzilishiga, undagi bo’gimlariga etibor beriladi. 
2. Cho’chqa tasmasimon chuvalchangining pufagi bo’g’imlarining ko’p 
emasligiga e’tibor beriladi. Oxirgi bo’g’imlarining xususiyatlariga qaraladi. 
Yorilayotganida uning kattaligiga, pufak devorining qalinligi va pishiqligga e’tibor 
beriladi. 
3. Pufak yorilganida po’stning ichki devorida kurtaklanayotgan 
pufakchalarni kuzatish mumkin. Uning ayrimlarida bo’lg’usi cho’chqa tasmasimon 
chuvalchangining so’rg’ichli boshchasi borligiga e’tbor beriladi. 
 
Mashg’ulot haqida ma’lumot:
Cho’chqa tasmasimon chuvalchangi (
Taenia solium
) ham qoramol 
tasmasimon chuvalchangi kabi odamlarning ingichka ichagida parazitlik qiladi
.
Uning uzunligi 1,5-3 m, ba’zan esa 5 m gacha borib, boshcha, ya’ni skoleks, 
bo’yin va 900 tagacha bo’g’imlari bor. Boshchasida 4 ta so’rg’ichi va xartumida 
ikki qator har xil katta-kichiklikdagi xitinli ilmoqchalari (22-32 tadan) joylashgan. 
Mana shu ilmoq-chalarining borligi tufayli cho’chqa tasmasimoni qurollangan 
tasmasimon deb ham ataladi. Cho’chqa tasmasimoni proglottidalarining har birida 
yuzlab urug’donlar va uch bo’lakli bitta tuxumdon bo’ladi. Bu chuvalchangning 
bachadoni qoramol tasmasimoni bachadonidan farq qilib, 7-12 tagacha yon 
shoxchalar chiqaradi va doimo tuxumlar bilan to’lib turadi. Eng oxirgi etilgan 
proglottidalarning uzunligi 10-12 mm va eni 5 mm atrofida bo’ladi. Bundan 
tashqari, cho’chqa tasmasimonining etilgan bo’g’imlari strobiladan birdaniga 5-7 
talab uzilib, xo’jayini axlati bilan tashqariga chiqadi va bu bo’g’imlar harakatsiz 
bo’ladi. Cho’chqa tasmasimoni lichinkasi ham xuddi qoramol tasmasimoni 
lichinkasi kabi sistiserk deyiladi. Bu lichinka har xil to’qima va organlarda maxsus 


73 
po’stlarga o’ralib parazitlik qiladi. Sistiserk no’xat kattaligidagi pufakcha bo’lib, 
ichi tiniq suyuqlik bilan to’lgan bo’ladi, uning uchida 4 ta so’rg’ichi va xartumi, 
ilmoqchalar bilan qurollangan skoleksi joylashgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin