Uslub: Yakka tartibda ishlash, klasterlash.
Mashg’ulotni bajarish: 1. 1,4% li formalin eritmasida fiksatsiya qilingan odam askaridasini kichik
vannachaga qo’yib, qo’l lupasi yordamida kuzatiladi. Uning tana tuzilishiga e’tibor
beriladi. Oldingi va keyingi uchlari topilib, keyingi uchidan jinsi aniqlanadi.
2. Askaridani qorin tomoni bilan vannachaga qo’yib, oldingi va keyingi
uchlari to’g’nog’ich yordamida sanchiladi. Agar askarida tirik bo’lsa vannachaga
askarida botguniga qadar suv quyiladi va suv ostida qirqiladi. Suv quyulmagan
holatda askaridadan suyuqlik otilib chiqib ketishi hamda odam terisini kuydirishi
mumkin.
3. Chap qo’l bilan askarida vannacha tubiga bosib turiladi. Va o’ng qo’l
bilan tananing keyingi qismida yelka tomonidan kutikula ko’ndalang kesiladi.
Kutikula uzunasiga ham kesilib to’g’nog’ich bilan vannachaga sanchiladi.
4. Ochilgan askaridaning gipodermadagi iskanalari topiladi. Yon tomonida
o’tadigan ayirish naychalariga e’tibor beriladi. Tuxumdon, tuxum yo’llari va
bachadonning chegarasi aniqlanadi. Ikkala bachadonnng qo’shilib qin hosil
qilinishiga e’tibor beriladi.
5. Agar ochilgan askarida erkak bo’lsa, urug’don, urug’ yo’li va urug’
to’kish kanallari topiladi. Jinsiy naychalar orasida joylashgan ichakning tuzilishiga
e’tibor beriladi.
Mavzu haqida ma’lumot. Odam askaridasinig urg’ochilari 35-40 sm,
erkaklari 25-30 sm, jinsiy demorfizm aniq ifodalangan. Erkagi kichik, dum qismi
ilmoqsimon qayrilgan bo’ladi. Tanasining oldingi uchida 3 ta lab bilan o’ralgan
holatda og’iz teshigi joylashadi.
Voyaga yetmagan askaridalar odamning ingichka ichagida parazilik qiladi.
Askaridalarning ot, cho’chqa va boshqa hayvonlarda parazitlik qiladgan turlari
ham bo’ladi.
Askaridaning tanasi ko’p qavatli kutikulasi bilan qoplangan. U yarim
o’tkazgich xususiyatiga ega bo’lganligi uchun uning tanasi doimo turgor holatida
bo’ladi.
Ovqat hazm qilish sistemasi odingi o’rta va orqa ichaklardan iborat. Oldingi
va orqa ichagining ichki yuzasi kutikula bilan qoplangan. Askaridaning
urg’ochilarida orqa ichak anal teshigi orqali tashqariga ochiladi. Erkaklarida jinsiy
teshik bilan qo’shilib, kloaka hosil qiladi.
Askaridalarning ayiruv sistemasi bir juft ayirish naychalaridan iborat bo’lib,
ular tananing ichki yon tomonida gipoderma qavatida joylashgan maxsus kanallar
(valiklar) ichidan o’tadi. Nerv sistemasi tomoq oldi nerv halqasidan iborat bo’lib,
undan tananing oldingi va orqa qismiga tomon nerv iplari yo’naladi. Qorin va
yelka nerv iplari gipoderma hosil bo’ladigan uskanalarning ichidan o’tadi.
Askaridalar ayrim jinsli, jinsiy organlari uzun nay shaklida tuzilgan.
Urg’ochisining jinsiy bezlari juft bo’ladi. Erkagining jinsiy organlari toq
77
naychadan iborat. Uning ingichka uchida urug’don, yo’g’onlashgan qismi esa
urug’ yo’li vazifasini bajaradi.