International scientific-online conference 119 PAGE
qilib, o‘z mulkiy javobgarligi ostida amalga oshiriladigan tashabbuskorlik faoliyati
sifatida ta‗rif bergan.
Xulosa qilib aytish mumkinki, nazariyachi iqtisodchi-olimlar tadbirkorlikka
yetarlicha tafsilot berganlar va unga psixologik tomonlarni o‘z ichiga olgan ijtimoiy-
iqtisodiy voqelik deb qaraganlar.
Shunday qilib, turli davrlarda tadqiqotchilar tomonidan tadbirkorga turlicha
tushunchalar berilgan: Tadbirkor - bu yangi texnologiya, yangi ishlab chiqarish va
yangi xizmat ishlarini ishlab chiquvchi novator; tavakkalchilik sharoitida harakat
qiluvchi, kuchli shaxs; har qanday imkoniyatdan maksimal foyda oladigan sub‗ekt;
tashabbus ko‘rsatuvchi, ishbilarmon, ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmni tashkil - etuvchi
shaxs.
Bizningcha, tadbirkor va biznesmenning faoliyati natijalari turlicha tugallanadi.
Tadbirkor o‘z qobiliyati hisobiga tadbirkorlik daromadini olsa, biznesmen esa sarflagan
kapitalidan foyda oladi.
Jahondagi rivojlangan mamlakatlar tajribasini ko‘rsatishicha, kichik biznesni
tartibga solish mazkur sohadan davlatning muhim vazifalari (jumladan, bozor
munosabatlarini chuqurlashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish,
iqtisodiyotning
tarkibiy
tuzilmasini
takomillashtirish,
modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash kabilar)ni amalga oshirishda o‘ziga xos
samarali vosita va dastak sifatida foydalanish jihatidan tashkil etilishi zarur.
Bu o‘rinda kichik biznesni davlat tomonidan tartibga solish ob‗ekti sifatida
namoyon bo‘lishining asosiy sabablaridan biri – uning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy
barqarorligini ta‗minlashda juda katta salohiyatga ega bo‘lgani holda, nomukammal
raqobat sharoitida o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyon etishda faoliyat ko‘lamining
cheklanganligi bilan bog‘liq ob‗ektiv omillarning mavjudligi hisoblanadi.
Mazkur sohaning samarali faoliyatini ta‗minlash, uning to‘laqonli amal qilishi va
rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni bartaraf etish hamda har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash o‘z mazmun va maqsadlariga ko‘ra iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga
solinishi jarayonlarining uzviy qismi hisoblanadi.
Kichik biznesni tartibga solish samaradorligi uning alohida soha sifatidagi
mezonlarining aniqlik darajasiga bog‘liq.
Ma‗lumotlarga ko‘ra, bu borada dunyoning 75 dan ortiq mamlakatida 50 dan ortiq
turli miqdor (masalan, ishlovchilar soni, kapital hajmi, yillik aylanma hajmi va boshq.)
va sifat (masalan, muayyan tarmoqqa mansublik, mulk va boshqaruvning yagona
shaxsda uyg‘unlashuvi, tarmoqda hukmron (monopol) mavqega ega bo‘lmaslik va
boshq.) tavsifidagi ko‘rsatkichlarning mavjudligiga qaramay, ushbu mamlakatlarda
kichik biznes sub‗ektlari mezonlarining belgilanishini har doim ham bir xil darajada
aniq va muvaffaqiyatli deb bo‘lmaydi.
Ular orasida eng keng qo‘llaniladigan miqdoriy tavsifdagi ko‘rsatkich korxonaning
ishlovchilar soni jihatidan mezoni hisoblanib, undan foydalanish borasida ayrim