A niyazova. Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


*SURXON DAVLAT QO`RIQXONASI



Yüklə 5,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/116
tarix16.12.2023
ölçüsü5,02 Kb.
#183861
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   116
ekologiya.maruza

3.*SURXON DAVLAT QO`RIQXONASI. 
Surxondaryo viloyati SHerobod 
tumanining shimoli-g’arbiy qismida joylashgan bo`lib, ikkita mustaqil xudud: Orol-Payhambar 
va Qo`hitontog tizmasi sharqiy yonbag’ridan tashkil topgan. Umumiy maydoni 3092 ga bo`lgan 
Orol-Payhambar hududi Halqaro Qizil kitob va O`zbekistan Qizil kitobiga kirgan Buxoro bug’usi 
(xongul) va yaylov-to`kay ekotizimlarini saklab qolish maksadida 1971 yildayoq qo`riqxona 
sifatida tashkil topgandi. 1987 yilda Qo`hiton davlat ko`rikxonasi Orol-Payhambar qo`rikxonasi 


bilan birlashtirildi va umumiy maydoni 24554 ra bo`lgan Surxon davlat ko`rikxonasiga qayta 
tashkil qilindi. Qo`riqxonaning Qo`hiton hududi tog’-o`rmon ekotizim sifatida tavsiflanadi. Uning 
hududi Pomir-Oloy tog tizimi Hisor tizmasining janubi-g’arbiy tarmoqlarida dengiz sathidan 1500 
dan 3157 m gacha balandlikda joylashgan. Qo`riqxona hududi ko`p sonli mayda soylardan tarkib 
topgan yaxshi rivojlangan gidrografik tizimni ta`minlaydigan doimiy va muvakqat oqadigan 
ko`plab suv oqimlariga ega. Hozirgi paytda Qo`hitonda 269 tur va 55 oilaga mansub 578 tomirli 
o`simliklar ro`yxatga olingan, shundan 23 turdagi tomirli o`simlik turi O`zbekistan Respublikasi 
Qizil kitobiga kiritilgan. Yer usti (o`rmon, dala, adir) o`simliklari bilan band maydon 16620 ga 
(67,7%), toshli yonbag’ir, to`kilma, qiyaliklar bilan band maydon 7839 ga (31,9%). O`rmonlar 
9288 ga yoki hududning 37,8%ini tashkil qiladi. Asosiy o`rmon hosil qiladigan o`simlik 
Zarafshon archasi hisoblanadi. Qo`riqxonada umurtqasizlar ko`p miqdorda va xilma xil 
turlarda taqdim qilingan, lekin mutaxassislar yo`kligi tufayli haligacha o`rganilmagan. Hozirgi 
paytda Qo`hitonda 1 turdagi baliq, 2 turdagi amfibiya, 26 turdagi reptiliya, 74 turdagi qush va 23 
turdagi sutemizuvchi aniklangan. Surxon davlat qo`riqxonasi O`zbekiston Respublikasi 
Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi huzuridagi O`rmon xo`jaligi bosh boshqarmasi tizimiga 
kiradi, hamda Qo`riqxonalar, milliy tabiiy boglar va ovchilik xo`jaliklari boshqarmasi tomonidan 
boshqariladi. Qo`riqxona hududida hayvonlarning 100 dan ortiq turi uchraydi, shundan bir necha 
turi O`zbekiston Respublikasi va TMXI Qizil kitobiga kiritilgan; - o`simliklarning 600 turi, 
shundan 22 turi O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. 

Yüklə 5,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin