Hozir bo’lmoqlik (Attendance) - boshqa shaxslar tomonidan bajarilayotgan
jarayonlar yoki uning bir qismi davomida hozir bo’lmoqlikni nazarda tutadi.;
masalan, tovar-moddiy zahiralarni inventarlashda hozir bo’lmoqlik auditorga ular
mavjudligini tekshirish va ushbu jarayon miqdoriy hisoblash va ushbu
hisoblashlarni yozib borish hamda nazorat-miqdoriy hisoblash muolajalari
yuzasidan sub’ekt rahbariyati tomonidan ishlab chiqilgan muolajalarga
muvofiqligini kuzatib borish imkoniyatini yaratadi.
Holatni ahamiyatli noto’g’ri ko’rsatish (Material misstatement of fact) - audit
qilingan moliyaviy hisobot bilan bog’liq bo’lmagan boshqa ma’lumotda holatni
ahamiyatli noto’g’ri ko’rsatish. Bunday ma’lumot noto’g’ri ko’rsatilganda yoki
taqdim etilganda vujudga keladi.
Hujjatlar (Documentation) - auditor uchun auditor tomonidan tayyorlangan yoki
audit o’tkazilishi munosabati bilan auditor tomonidan olingan va saqlanadigan
material (ishchi hujjatlar).