TAJRIBA ISHI № 2 MАVZU :
KAFEDRA QOSHIDAGI PAXTA TOZALASH KORXONASINING TEXNOLOGIK JARAYONINI TAHLILI Ishning mаqsаdi: Paxta tozalash korxonalarida chigitli pахtаni dastlabki
ishlashda qo‟llaniladigan texnologik jarayonlarning tahlil qilish va o‟rgаtish.
Umumiy ma’lumotlar Paxta tozalash korxonalarining asosiy vazifasi har yili qabul qilingan
chigitli paxtadan uning tabiiy xususiyatlarini saqlagan qolda, yuqori sifatli tola,
momiq va chigit ishlab chiqarishdan iborat. Bundan tashqari, ishlab chiqarish
chiqindilarini qayta tozalab, ular tarkibidagi tolalarni ajratib olish hamda
urug'lik chigitlarni kasalliklarga qarshi dorilash bilan ham shug'ullanadi.
Paxta tozalash korxonalarning asosiy tеxnologik uskunasi (mashinasi) ikki
xil: arrali jin va valikli jin bo'lib, arrali jinlar o'rnatilgan korxonalarda o'rta
tolali chigitli paxta, valikli jinlar o'rnatilgan korxonalarda esa, uzun tolali
chigitli paxta ishlanadi
. Kafedra qoshidagi paxta tozalash korxonasida chigitli paxtani texnologik
jarayonga berishda pnevmotransportdan foydalanib, tashish quvurlariga 2ЧТЛ
rusumli tosh tutgich o‟rnatilgan. Ushbu moslama chigitli paxta tarkibidagi og‟ir
jismlarni tutib qolishga mo‟njallangan. Quritish-tozalash bo‟limiga berilayotgan
chigitli paxta quvur orqali havo bilan aralashib keladi. Chigitli paxtani havodan
ajratish uchun СС-15A markali separatordan foydalaniladi. Separatordan so‟ng
2CБ-10 rusumli chigitli paxta quritish barabaniga beriladi. Agar chigitli
paxtanining namligi yuqori bo‟ladigan bo‟lsa quritish jarayoni 2 marotaba
amalga oshiriladi. Issiq havo quvuri orqali berilayotgan issiqlik natijasida
chigitli paxta tarkibidagi namlik ajraladi. Quritilgan chigitli paxta esa mayda
iflosliklardan tozalash uchun СС-15A separatori orqali qatorda o‟rnatilgan
mayda
iflosliklarni
tozalovchi
1XK
uskunasiga
beriladi