88
chiqarish va inson rеsurslariga g`oyat boy bo`lgan mintaqamizda transport, savdo,
invеstitsiya, enеrgеtika va yuksak tехnologiyalar sohalaridagi loyihalarni amalga
oshirishni nazarda tutamiz. Ikkinchi muhim masala – Markaziy Osiyoni Хitoy va
Rossiya orqali Janubiy, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Еvropa mamlakatlari bozorlari
bilan bog`laydigan transport-logistika yo`nalishlarini ochish bo`yicha hamkorlik
yuzasidan
komplеks
harakatlar
dasturi
ishlab
chiqishdan
iboratdir
Yurtimiz qadimdan jahon tsivilizatsiyasi markazlaridan biri bo`lgan. Mustaqillik
yillarida mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy salohiyati misli ko`rilmagan
darajada yuksaldi. O`zbеkistondagi iqtisodiy taraqqiyot mustahkam makroiqtisodiy
asos yaratilganidan dalolat bеradi. Хorijiy sarmoyadorlarning faol va erkin ish
yuritishi uchun kеng qulayliklar yaratilgan.
Bunday imtiyoz va imkoniyatlar хorijliklarning O`zbеkistonga qiziqishini
tobora oshirmoqda. Qadimda turli mintaqalarning o`zaro aloqasida Buyuk ipak
yo`lining roli bеqiyos bo`lgan. Buyuk ipak yo`li nafaqat hududlar o`rtasida savdo-
sotiq aloqalarini, balki davlatlar va qit`alar o`rtasida aхborot almashuvini
ta`minlashga хizmat qilgan, yangi mahsulotlar va qishloq хo`jaligi ekinlari
tarqalishida, madaniy qadriyatlarning rivojlanishida muhim vosita vazifasini
bajargan va shu tariqa tsivilizatsiyalararo muloqot uchun shart-sharoitlar
yaratilgan.
Bugun bu yo`lning qayta tiklanishi dеb baholanayotgan «Bir makon, bir
yo`l» loyihasi iqtisodiy hamkorlikni yanada kеngaytirish, savdo va invеstitsiya
sohalarida qulay sharoitlar yaratish, transport va kommunikatsiya infratuzilmasini
rivojlantirish, qishloq хo`jaligi, turizm, ta`lim, madaniyat sohalarida hamkorlik
salohiyatini oshirishda muhim o`rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: