Dorixonalardan bepul yoki imtiyozli dori vositalarini retsept asosida
ambulatoriya sharoitida davolanuvchi fuqaroga faqat davlat tasarrufidagi
davolash-profilaktika muassasasi shifokori berishi mumkin.
Yana imtiyozli dori vositalarini mustaqil berish huquqi quyidagi
shifokorlarga berilgan:
- ambulatoriya-poliklinika vrachlariga;
- sogMiqni saqlash hududiy organ boshqarmasi bilan kelishuvga asosan
amaliyotdagi vrachlarga;
- mustaqil qabul qiluvchi feldsher yoki akusherlarga;
- qishloq davolash-profilaktika muassasasida vrach bo‘lmaganda;
- mustaqil qabul qiluvchi tish vrachlariga.
Imtiyozli retseptlarni davolovchi vrach tomonidan quyidagi dori
vositalariga yozib beradi:
- psixotrop, kuchli ta’sir etuvchi, zaharli, anabolik gormonlarga;
- onkologik yoki gematologik kasal bo‘lgan bemorlarga giyohvandlik
vositalari.
Miqdoriy hisobda turuvchi yoki imtiyozli dori vositalari retsept
blankasida bitta turdagi dori vositalari yoziladi.
Retsept blankasini to‘ldirish vaqtida shifokor dori vositasi uchun
to‘lov turini ko‘rsatishi kerak.
Retseptda davolovchi shifokorning telefon raqami bo‘lishi shart,
chunki retseptda ko‘rsatilgan dori vositalari dorixonada bo‘lmasa, u holda
dorixona xodimi shifokor bilan telefon orqali maslahatlashib ko‘rsatilgan
dori vositasidan boshqa sinonimini taklif qilishi mumkin boladi.
Agar kerakli imtiyozli dori vositalari yoki ularning sinonimi
dorixonada bo‘lmasa, u holda bemorlar (invalidlar va urush qatnashchilari,
80 yoshdan oshgan keksa fuqarolar va qiynalib yuruvchi odamlar)ga
telefon orqali yoki pochta orqali xabar beriladi.
Bu haqda imtiyozli dori oladigan bemoming imtiyozli dori berish
kartasida belgi qo‘yiladi. Imtiyozli retseptning ta’sir muddati - 30 kun;
giyohvand va psixotrop dorilarga - 10 kun, kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli
moddalar, dori moddalari: apomorfin gidroxlorid, kumush nitrat, atropin
sulfat, gomatropin gidrobromid, dikain, paxikarpin gidroyodid, anabolik
gormonlarga - 10 kun belgilangan.
Dostları ilə paylaş: