Hozir 0 ‘zbekiston farmatsevtika bozorida barcha farmakoterapevtik
guruhlar bo‘yicha qalbaki dori vositalari aniqlangan. Ularni aniqlash
ko‘rsatkichlari o’rtacha quyidagi guruhlar asosida taqsimlanadi:
- antibakterial vositalar - 47,8%;
- me’da-ichak tizimiga ta’sir qiluvchi dori vositalari - 13,5%;
- analgetiklar - 10,9%;
- to‘qimalar almashinuviga ta’sir qiluvchi vositalar - 9,5%
- zamburugMarga qarshi vositalar - 7,7%
- gormonal vositalar - 5,6%
- boshqa dori vositalari - 5%
Dori vositalarini qalbakilashtirish muammosi ko‘lamlari haqida
ma’lumotlar hozircha yetarli emas.
Hozir bu muammo rivojlangan
mamlakatlar bilan bir qatorda, rivojlanib kelayotgan mamlakatlarga ham
ta’sir qilmoqda. Bu muammo ko’proq dori vositalarini ishlab chiqarish,
importi, tarqatilishi, yetkazib berish tizimining
tartibga solinishi va
nazorati kuchsiz bo’lgan mamlakatlarda ko’proq kuzatiladi.
Qalbaki dori vositalari miqdorining ko'payishiga bir qancha omillar ta’sir
qiladi. Bu omillar yaxshilab o‘rganib chiqilib, muammoni Davlat miqyosida
belgilab, dori vositalarini taqsimlash tizimida qalbakilashtirishning oldini olish
bo’yicha
samarali
dasturlar
ishlab
chiqilishi
kerak.
Quyida
qalbakilashtirilishga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omillar keltirilgan:
-qonun bazasining yetarli emasligi. Har bir mamlakatda dori vositalari
qalbakilashtirilishining oldini olish va bu muammoni bartaraf etishga
qaratilgan qonunlar mavjud bo’lishi kerak. Agar
dori vositalarini ishlab
chiqarish va sotish jarayonlarini nazorat qiluvchi qonunlar yetarli boMmasa
yoki umuman yo‘q bo'lsa, qalbakilashtirish jazosiz qolishi mumkin.
-amaldagi qonunlarning yetarli darajada qo’llanilmasligi.
Mavjud qonunlarning so‘zsiz bajarilishi yo’lga qo’yilmaganligi
qalbakilashtirish kabi jinoyatlarning sodir bo‘lishiga olib keladi, chunki bu
holda jinoiy javobgarlik yoki jazodan qo’rqish hissi bo‘lmaydi.
-jazo sanktsiyalarining kuchsizligi.
Dori vositalari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun jazo
sanktsiyalari yumshoqligi yoki umuman jazolanmasligi qalbakiiashtirishga
olib keladi.
-k o ‘p sonli vositachilar ishtirokidagi kelishuvlar.
Mahsulot ko‘plab vositachilar yoki rasmiy kelishuvlardan o‘tsa va
nazorat
tizimi
yetarli
bo'lmasa,
bu
holatda
dorilarni
qalbakilashtiruvchilarga bozorga o'z mahsulotlarini
kiritishga qulay
imkoniyat yaratiladi.
1 2 7
-talabning taklifdan yuqoriligi.
Dorilarga talabning taklifdan ustunligi qalbakilashtirishga olib
keluvchi omil hisoblanadi. Chunki, bu holatda qalbaki mahsulotni ishlab
chiqarish va sotish katta foyda olish imkonini beradi. Ba’zan dorilarga
talabning ortishi dorilarning kerak bo‘lmagan hollarda ham iste’mol
qilinishi tufayli yuzaga keladi.
-narhlarning yuqoriligi.
Dorilar narxining yuqoriligi va narxlar orasida katta farq bo'lishi
arzonroq qalbaki dori vositalarini bozorga kiritish imkonini beradi;
-dorilarni noqonuniy ishlab chiqarilishining mukammallashuvi.
Dori vositalarini ishlab chiqarish
va qadoqlash uchun taklif
etilayotgan murakkab zamonaviy asbob-uskunalarning paydo boMishi
qalbaki dorilarni haqiqiylaridan farqlashni murakkablashtirdi. Chunki, bu
holat dorilarni qalbakilashtiruvchilarga haqiqiy dori vositalariga aynan
o‘xshash bo‘lgan qalbakilarini chiqarish imkonini berdi;
-manfaatdor tomonlar orasidagi samarasiz hamkorlik.
Ulgurji ta'minotchilar va ishlab chiqaruvchilarning tegishli nazorat
organlariga dori
vositalarini
qalbakilashtirish
holatlari
to‘g‘risida
ma’lumotlarni berish istagining yo4]ligi milliy
hokimiyat organlariga
ushbu faoliyatni to‘xtatishga imkon bermayapti.
-eksport qiluvchi mamlakatlar tomonidan va erkin savdo zonalarida
nazoratning mavjud emasligi;
Eksport uchun ishlab chiqariladigan farmatsevtik vositalar mazkur
mamlakat o‘zi uchun ishlab chiqargan dori vositalariga qabul qilingan
standart
bo‘yicha
nazorat
qilinmaydi.
Bundan
tashqari,
xorijiy
mamlakatlar uchun modjallangan dorilar nazorati kuchsiz bo‘lgan erkin
savdo zonalari orqali eksport qilinadi.
Bu esa shu zonalarda qayta
qadoqlash va yorliqlash imkonini beradi. Natijada qalbaki dorilar savdosi
ko'payadi.
Dostları ilə paylaş: