partiyasining yo'q qilingunga qadar saqlanishi va javobgarligi ichki
bnyruq asosida familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatilgan moddiy
javobgar shaxsga yuklatilib, saqlashga topshirilgan dori vositalari va tibbiy
buyumlarning nomi, seriyasi va o‘rov miqdori ko‘rsatiladi.
Dori vositalari va tibbiy buyumlar partiyasining yo‘q qilinishi
mahsulot egasi yoki uning vakili ishtirokida amalga oshiriladi.
Mahsulot partiyasi yo‘q qilingandan keyin komissiya a’zolari dori
vositalari va tibbiy buyumlarning yo‘q qilinganligi to‘glrisida dalolatnoma
tuzadi.
Dalolatnomada quyidagi ma’lumotlar keltirilishi kerak:
- dori vositalari va tibbiy buyumlar partiyasining yo’q qilingan joyi,
sana va vaqti;
- dalolatnoma tuzilgan joy, sana va vaqt;
- dori vositalari va tibbiy buyumlar nomi (seriya nomeri, yaroqlilik
muddati va ishlab chiqaruvchi nomi);
- yo‘q qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlar miqdori;
- dori vositalari va tibbiy buyumlar egasi (moddiy javobgar shaxs);
- yo‘q qilish uchun ruxsat kim tomondan qabul qilingan;
- tibbiy maqsadlarda ishlatiladigan tovarlarni yo‘q qilishda ishtirok
etgan komissiya a’zolari (familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimlari
ko‘rsatilgan holda). Dalolatnoma komissiya a’zolari imzosi bilan
tasdiqlanadi.
Eslatma.
1. Yo‘q qilishga ruxsat etilmaydi:
1.1. Sud va tergov organlari tomonidan ish qo‘zg‘atilgan dori vositalari
va tibbiy buyumlar partiyasi, ularning saqlash muddatidan qat’iy nazar.
1.2. Agar dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan shug’ullanuvchi
shaxslar sifatsiz mahsulot partiyasini O'zbekiston Respublikasidan
tashqariga chiqarib yuborish to‘g‘risidagi reklamatsiyaga ega bo‘lsa.
136
8-bob. DAVOLASH-PROFILAKTIKA MUASSASASINING
DORIXONASI
8.1. Davolash-profilaktika muassasasining dorixonasi vazifalari
Davolash-profilaktika muassasasi qoshidagi dorixona bemorlarni
SSV tomonidan tibbiyotda qo'llashga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy
buyumlar,
bog‘lov
materiallari,
sanitariya va gigiena ashyolari,
dezinfektsiya vositalari hamda boshqa mahsulotlar bilan ta’minlash
maqsadida tashkil etiladi.
Statsionar sharoitda shifoxonalarda, dispanserlarda, tug‘uruqxonalarda
va boshqa davolash-profilaktika muassasalarida davolanayotgan bemorlaming
dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlanishi turli mulk shaklidagi
dorixonalar yoki shifoxonalar qoshidagi dorixonalar (shifoxona dorixonasi)
orqali amalgaoshirilishi mumkin.
Davolash-profilaktika
muassasasining dorixonasi
farmatsevtika
faoliyatini SSV tomonidan berilgan litsenziyalar asosida olib boradi va
litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyat turlaridan boshqa faoliyat bilan
shug‘ullanishga ruxsat etilmaydi.
Davlat tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasasining dorixonasi,
bevosita shifoxona bosh shifokoriga bo‘ysunadi, ushbu muassasaning tuzilma
tarkibi hisoblanadi va bo'limlari bilan bir xil teng xuquqqa ega bo’Iadi.
Dorixonaning ish tartibi bosh shifokor tomonidan belgilanadi.
Davolash-profilaktika
muassasasining
ixtisosligi,
bemorlarga
ajratilgan o'rinlar soni va boshqa ko‘rsatkichlariga qarab dorixonaga
yetarli ish o’rinlari ajratiladi.
Dorixonada ish o ‘rinlari soni va oylik maoshlari 0 ‘zbekiston
Respublikasi qonunlari, SSV ning amaldagi buyruqlari hamda me’yoriy
hujjatlar asosida belgilanadi.
Dorixonaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- davolash-profilaktika muassasasi boiimlarini ishlab chiqarish
korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan va ulgurji savdo bilan
shug'ullanuvchi ta’minotchilardan belgilangan tartibda, shartnoma asosida
sotib olingan dori vositalari, bogiov materiallari, bemorlar parvarishida
ishlatiladigan sanitariya va gigiena ashyolari, dezinfektsiya vositalari
hamda tibbiyot buyumlari va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlash;
- harid qilingan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini o’rnatilgan
tartibda dorixonaga kirim qilish va fizik-kimyoviy xossasalariga qarab
saqlash;
137
- respublikaga chetdan keltiriladigan va mahalliy dori vositalari ishlab
chiqaruvchi korxonalarda mavjud bo‘lgan dori vositalari va tibbiy
buyumlarning turlari hamda narxlari to‘g‘risida maMumotga ega bo‘lish va
harid qilish bo‘yicha takliflami o ‘rganish;
- davolash-profilaktika muassasasi boiimlaridan dori vositalari va
boshqa tibbiy buyumlar uchun talabnomalar qabul qilish;
- qabul qilingan talabnomalar bo‘yicha SSV ning amaldagi buyruqlari
asosida belgilangan tartibda dori turlarini tayyorlash, ular sifatini nazorat
qilish, yorliqlash va tegishli boMimlarga tarqatish;
- shifoxonaning bo'limlari va xonalaridagi dori vositalari, bog‘lov
materiallari, bemorlar parvarishida ishlatiladigan sanitariya va gigiena
ashyolari, dezinfektsiya vositalari va boshqa tibbiy buyumlarning amaldagi
me’yoriy hujjatlar talablari darajasida saqlanishi, ishlatilishini nazorat
qilish va yo'l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlab, ulami bartaraf etish
choralarini ko'rish uchun rahbariyatga axborot berish;
- tibbiyot xodimlariga farmatsevtika yangiliklari, dorixonada mavjud
boMgan yangi dori vositalari va ularning ishlatilishi haqida axborot berish;
- davolash-profilaktika muassasasining ehtiyojiga ko‘ra dori vositalari
va tibbiy buyumlar zahirasini doimiy ravishda to‘Idirib borish;
- ixtisoslashgan davolash-profilaktika muassasasi dorixonalari uchun
O'zbekiston Respublikasi SSV ning buyruqlarida belgilangan tartibda va
yetarli miqdorda zardob dori vositalari hamda vaksinalar zahirasini tashkil
etish;
- davolash-profilaktika muassasasi bo‘limlarida dori vositalari
ta’minotini sifatli va yuqori madaniyat bilan olib borish;
dorixonada mavjud bo‘lgan dori vositalarini saqlashda amaldagi
sanitariya qoidalari va me’yorlariga hamda farmatsevtik talablarga rioya
qilish.
Dorixonaga yuridik shaxslardan muvofiqlik sertifikati va kerakli
ma’lumotlari
yetarli
bo‘lmagan
hamda
talab
darajasida
rasmiylashtirilmagan hujjatlar asosida dori vositalari va tibbiyot
buyumlarini qabul qilish taqiqlanadi.
Dorixona ishini boshqarish oliy farmatsevtika ma’lumotiga ega
bo'lgan va mutaxassisligi bo‘yicha kamida 3 yil ishlagan malakali shaxsga
ruxsat etiladi.
Dorixonaga ish hajmi, ish tartibi va turiga qarab davolash-
profilaktika muassasasi rahbari tomonidan o ‘rnatilgan tartibda ish o‘rinlari
ajratiladi.
138
Xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish davolash-
profdaktika muassasasi rahbari tomonidan dorixona mudiri bilan
kelishilgan holda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Dorixona mudiri davolash-profilaktika muassasasi rahbari tomonidan
o‘rnatilgan tartibda ishga tayinlanadi va ishdan bo‘shatiladi, davolash-
profilaktika muassasasi rahbariyati va dorixona mudiri o‘rtasida moddiy
javobgarlik to’grisida shartnoma tuziladi.
Dorixona mudiri dorixona ishini tashkil etadi va uning faoliyati uchun
javobgar hisoblanadi.
Dorixonaning ish tartibi davolash-profilaktika muassasasi rahbari
tomonidan o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.
Farmatsevtika sohasida tugallanmagan oliy ma’lumoti bo‘lgan
shaxslarning bu sohada o ‘rta maxsus ma’lumoti bo‘lgan xodimlar
ishlaydigan lavozimlarda ko‘rsatishi SSV tomonidan belgilangan tartibda
yo‘l qo‘yiladi.
Dorixona xodimlari belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari
kerak.
Ishlab chiqarish xonalarida va ish o‘rinlarida chekish, ovqatlanish,
shaxsiy va ishga kerakli bo’lmagan buyumlarni saqlashga ruxsat etilmaydi.
Rahbar dorixona xodimlariga qonunchilik bilan kafolatlangan
mehnat sharoitlari va ijtimoiy himoya choralarini ta’minlab berishi kerak.
Belgilangan
tartib-qoidalarga
rioya
qilmaydigan
hamda
farmatsevtika faoliyati bilan g‘ayriqonuniy shug‘ullanuvchi shaxslar
qonun oldida javobgar hisoblanadi.
Davolash-profilaktika muassasalarining dorixonasi o‘zaro tuzilgan
shartnoma asosida farmatsevtika institutlarining talabalari, farmatsevtika
kollejlarining o ‘quvchilari, farmatsevtlar malakasini oshirish kurslarining
tinglovchilari, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchilar uchun ishlab
chiqarish amaliyotini o ‘tkazish markazi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Davolash-profilaktika muassasalari dorixonasining rahbari va
xodimlari belgilangan tartibda 5 yilda bir marta malaka oshirish kurslarida
0
‘qishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: |