faol ushlab qolish - tarmoqka ulangan bo`zg’unchi hujjatlarni (fayllarni)
ushlab koladi va o’zgartiradi.
351
-
maskarad - abonent S hujjatlarni abonent V ga abonent A nomidan yuboradi;
-
renegatlik - abonent A abonent V ga xabar yuborgan bo’lsada,
yubormaganman deydi;
-
almashtirshi - abonent V hujjatni o’zgartiradi, yoki yangisini shakllantiradi
va uni abonent A dan olganman deydi;
-
takrorlash - abonent A abonent V ga yuborgan hujjatni abonent S
takrorlaydi.
Jinoyatkorona harakatlarning bu turlari o’z faoliyatida kompyuter axborot
texnologiyalaridan foydalanuvchi bank va tijorat to`zilmalariga, davlat korxona va
tashkilotlariga xususiy shaxslarga ancha-muncha zarar etkazishi mumkin.
Elektron raqamli imzo metodologiyasi xabar yaxlitligini va xabar muallifining
haqiqiyligini tekshirish muammosini samarali hal etishga imkon beradi.
Elektron raqamli imzo telekommunikatsiya kanallari orqali uzatiluvchi
matnlarni autentifikatsiyalash uchun ishlatiladi. Raqamli imzo ishlashi bo`yicha
oddiy kulsema imzoga o`xshash bo`lib, quyidagi afzalliklarga ega:
-
imzo cheqilgan matn imzo qo’ygan shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlaydi;
-
bu shaxsga imzo cheqilgan matnga bog’liq majburiyatlaridan tonish
imkoniyatini bermaydi;
-imzo cheqilgan matn yaxlitligini kafolatlaydi.
Elektron raqamli imzo - imzo chekiluvchi matn bilan birga uzatiluvchi
qo’shimcha raqamli xabarning nisbatan katta bo’lmagan sonidir.
Elektron raqamli imzo asimmetrik shifrlarning qaytaruvchanligiga hamda xabar
tarkibi, imzoning o’zi va kalitlar juftining o’zaro bog’liqligiga asoslanadi. Bu
elementlarning xatto birining o’zgarishi raqamli imzoning xakikiyligini
tasdiqlashga imkon bermaydi. Elektron raqamli imzo shifrlashning asimmetrik
algoritmlari va xesh-funktsiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Elektron raqamli imzo tizimining qo’llanishida bir-biriga imzo cheqilgan
elektron hujjatlarni jo’natuvchi abonent tarmog’ining mavjudligi faraz qilinadi.
Har bir abonent uchun juft - maxfiy va ochiq kalit generatsiyalanadi. Maxfiy kalit
abonentda sir saqlanadi va undan abonent elektron raqamli imzoni shakllantirishda
foydalanadi.
Ochiq kalit boshqa barcha foydalanuvchilarga ma’lum bo`lib, undan imzo
cheqilgan elektron hujjatni qabul qiluvchi elektron raqamli imzoni tekshirishda
foydalanadi.
Elektron raqamli imzo tizimi ikkita asosiy muolajani amalga oshiradi:
- raqamli imzoni shakllantirish muolajasi;
- raqamli imzoni tekshirish muolajasi.
352
353
Imzoni shakllantirish muolajasida xabar junatuvchisining maxfiy kaliti
ishlatilsa, imzoni tekshirish muolajasida jo’natuvchining ochiq kalitidan
foydalaniladi.