6.WINDOWS-2000 imkoniyatlarini o`rganish.
WINDOWS 2000
ning tarkibida apparat vositalarning ishlash rejimlarini
moslashtirish imkonini beradigan bir qancha ko`rsatgichlar borki,
ularni ishlatishni
bilib olish ham foydadan xoli emas. Ular yordamida qo`shimcha uskunalarni
moslashtirish,
boshqarish, ekran ko`rsatgichlarini moslash, sistemaviy
ko`rsatgichlarni moslash, ish stoli ko`rsatgichlarini
moslash va Internet bilan
ishlash ko`rsatgichlarini moslash mumkin. Sistemaga yangi jihozni qo`shish juda
ham oddiy amalga oshiriladi. Yangi uskuna yoki qurilmani kompyuterga ulasangiz
bas,
WINDOWS 2000
operatsion sistemasining o`zi
resurslarni taqsimlaydi,
sistemani moslashtiradi va kerakli drayverlarni o`rnatadi. Qurilmani boshqaruv
panelidagi
Add/Remove Hardware
(Qurilma o`rnatish) funktsiyasi orqali ham
osonlikcha o`rnatish va moslashtirish mumkin.
Agar bu qurilma
HCL (Hardware
Compatability List-
Mos tushuvchi qurilmalar ro`yxati) ro`yxatiga kirsa, kerakli
drayver
WINDOWS 2000
operatsion sistemasining tarkibiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: