Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта



Yüklə 4,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/271
tarix19.12.2023
ölçüsü4,66 Mb.
#184868
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   271
Informatika va axborot texnologiyasi

"Tarmoq viruslari"
- bunday turdagi viruslar umumiy tarmoqqa ulangan 
kompyuterlarning bir-biri bilan muloqot qilishi orqali tarqalib, hozirgi informatsion 
jamiyatda juda ham xavfli va kattadan-katta miqyoslarda zarar keltirishi mumkin. 
Internet tarmog`i orqali xilma-xil mamlakatlardagi informatsion sistemalarni 
zararlashi, jinoyatlarga olib kelishi va boshqaruv tizimlarining barbod bo`lishiga 
olib kelishi mumkin. Bunday viruslarning faoliyati tufayli xalqaro mojarolar kelib 
chiqishi, harbiy harakatlar boshlanishi, xalqaro terrorchilik harakatlari amalga 
oshirilishi mumkin. 
"Chuvalchanglar"
deb ataladigan programmalar esa sistemaviy 
programma hisoblash resurslarining hozirgi paytda bo`sh turgan qismlarida 
yashirinib olib, shu bo`sh turgan dasturlarni yoki qurilmalar dasturiy ta’minotini 
o`zboshimchalik bilan egallab oladilar. Bunda ular dispetcher programmasini 
ogohlantirmay, bu qurilmalarning qimmatli vaqtini befoyda ishlar qilishga sarf 
qilishga olib keladilar. Masalan, bir rulon qog`ozga umuman keraksiz bo`lgan 
ma’lumotlarni chop qilish, programmalarning ba’zi bir xil bo`laklarni cheksiz 
bajarishga olib kelish va hokazolar. 
"Troyan otlari"
turidagi viruslarning ishini yuqorida keltirilgan 
Lehigh 
virusi misolida ko`rib chiqqanimiz yodingizda bo`lsa kerak. Har qanday turdagi 
virus programmasi qandaydir yo`l bilan kompyuter xotirasiga kirib olgandan so`ng 
o`zini qanday tutishini ko`rib chiqishga harakat qilamiz. Virus
 boot
sektorga, 
operatsion sistemaga yoki bajariladigan programmaga o`tib olishi mumkin. 
Boot
sektor - bu diskning boshlang`ich yo`laklari bo`lib, unda istalgan 
shart bo`lgan programma 
joylas
programmani bajarishdan oldin albatta bajarilishi 
hgan. Bu programma operatsion sistemani ishga tayyorlash va kompyuterdan 
foydalanuvchiga boshqa programma vositalari bilan ishlash imkoniyatini beradi.

Yüklə 4,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin