Windowsning standart drayverlari. Windows oilasiga mansub bo‗lgan barcha
operatsion tizimlar mavjud bo‗lgan qurilmalar uchun ichki ma‘lumotlar
omboridan olingan «joylashtirilgan» drayverlarni o‗rnatadi. Windows
ma‘lumotlar
ombori tarkibida har qanday qurilmalar
uchun standart drayverlar
to‗plami mavjuddir va har bir ishlab chiqarilgan yangi versiyasida
qurilmalarning yangi drayverlari bilan doimiy ravishda to‗ldirilib boriladi.
Microsoft korporatsiyasi vaqt-vaqti bilan yangi qurilmalar qo‗shilgan
drayverlarning kengaytirilgan omborini ishlab chiqaradi. Afsuski, standart
to‗plam har doim eskirib qolgan drayverlarni ham saqlaydi va eng yangi
qurilmalarni
quvvatlamaydi. Bundan tashqari, qurilmalarning
faqat asosiy funksiyalarini
quvvatlash hollari ham ma‘lum (masalan, ba‘zi bir videokartalarning drayverlari
3D-tezlatkichning mavjudligini e‘tiborga olmaydi). Ko‗pincha boshqa
manbalarning drayverlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Windows
standart drayverlarini avtomatik tarzda o‗rnatish. Operatsion tizim Plug and Play
standartiga mos keluvchi qurilmani avtomatik tarzda identifikatsiyalaydi, zarur
resurslarni va ish ko‗rsatkichlarini
aniqlaydi, drayverni tanlash, o‗rnatish va
sozlashga harakat qiladi. Avtomatlashtirilgan o‗rnatishda operatsion tizim bir
vaqtlar kompyuterda o‗rnatilgan operatsion tizim va drayverlarning tarkibiga
kiruvchi drayver fayllarini avtomatik tarzda o‗rnatadi. Windows ning zamonaviy
versiyalarida standart
drayverlardan
foydalanish
imkoni
kamayib
ketmoqda, chunki
qurilmalar
borgan
sari
murakkablashib
bormoqda.
Drayverni qo‗lda o‗rnatish. Qurilmalar uchun drayverni o‗rnatish va
almashtirishni bajarishning ikki xil usuli bor. Birinchi usul Plug and Play
standartiga mansub qurilmalar uchun va ilgari o‗rnatilgan drayver o‗chirilganda
qo‗llaniladi.
Buning
uchun Qurilmalar
dispetcheri
(Диспетчер устройств)
muloqat
oynasidan Yangilash (Обновить) tugmasi bosiladi.
Bunda tizim joriy konfiguratsiyani (plug and play qurilmasini ham)
tekshiradi va
drayverlari o‗rnatilmagan qurilmalarni qaytadan topadi. Ikkinchi usul
qurilmalarning
barcha
turi
uchun
qo‗llaniladi.
Bu Jihozlarni
o‗rnatish (Установка оборудования) ustasi
bo‗lib, Boshqarish
paneli (Панел управления) muloqat oynasidan shu nomli tugma orqali ishga
tushiriladi. Bu ustaning igoogshi bir nechta bosqichda amalga oshiriladi.
Usta ishining birinchi bosqichida drayverlari o‗rnatilmagan yoki nosoz bo‗lgan
plug and play qurilmalarni qidiruv amalga oshiriladi. Bu qidiruv ishlarining
natijasida ma‘lum bo‗lgan qurilmalarning ro‗yxati chiqariladi. Qurilma
ro‗yxatdan
tanlaniladi va Keyin (Далее) tugmasini bosish bilan
qurilmani tekshirish va
zarur bo‗lgan drayverni o‗rnatish tizimni boshlang‗ich yuklanishiga o‗xshab
amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: