1.
Printer vazifasi
2.
Asosiy tiplari
3.
Ishlash prinsipi
Printer
(ing . printer) — kompyuterda matn yoki grafik (rasm, sxema) tarzidagi
maʼlumotlarni qogʻozga chiqarish (chop qilish) uchun moʻljallangan bosish
qurilmasi. Maʼlumotlar qogʻozga (baʼzan, plyonkaga) oq-qora yoki rangli tarzda
chop qilinishi mumkin. Shu jihatdan P.lar bir-biridan farq qiladi. Ularning koʻp
turlari mavjud,
lekin matritsali, purkagichli va la-zerli turlari keng tarkalgan.
Matritsali P.larda bosiladigan maʼlumotlar nuqtalar majmui (kombinatsiyasi)dan
hosil boʻladi. Shu tufayli, ularning bosish sifati purkagichli va la-zerli
P.larnikiga nisbatan pastroq boʻladi. Purkagichli P.larda maʼlumotlar
maxsus
"siyoxdonlar" yordamida, yaʼni boʻyoq (siyoh) tomchilarini purkash yoʻli bilan
qogʻozga bosiladi. Lazerli P.lar maxsus lazerli qurilma yorda-mida oq-qora yoki
rangli qilib bosish imkoniga ega. Bunday P.da bosilayotgan nusxalar sifatli
boʻlib chiqadi. Printer bugungi kunda eng zarur qurilmalardan biridir. Bozorda
o'nlab markalar, yuzlab turli xil qurilmalar mavjud.
Dostları ilə paylaş: