Og’ishgan xulq shakllarining shaxs axloqining turli
ko’rinishlarida namoyon bo’lishi
Gulbaxor Ortig’aliyevna Bekberdiyeva
University Business and Science
Annotatsiya:
Ushbu maqolada
Shaxsning og’ishgan xulqi - bu umumqabul
qilingan yoki rasman o’rnatilgan ijtimoy me’yorlarga mos tushmaydigan axloqiy
sifatlari va uning turli ko’rinishlarida namoyon bo’lishi yoritilgan . Boshqacha
aytganda, bu harakat mavjud qonunlar, qoidalar, an’analar va ijtimoiy buyruqlarga
mos tushmasligidagi asosiy vaziyatlar va ularning salbiy va ijobiy oqibatlari haqida
fikrlar keltirilgan.
Kalit so’zlar:
og’ishgan xulq, tahlillar, ilmiy tasavvurlar, raqobat - reaktsiya,
axloq, anomal, me’yoriy, sog’liq - kasallik oldi - kasallik, psixologik va patalogik
axloq
Manifestation of deviant behavior patterns in different forms
of personal morality
Gulbakhor Ortigaliyevna Bekberdiyeva
University Business and Science
Abstract:
This article examines the deviant behavior of a person - his moral
qualities that do not correspond to generally accepted or officially established social
norms and manifest themselves in its various manifestations. In other words, the main
situations in which the movement does not comply with existing laws, rules,
traditions and social orders, as well as opinions about their negative and positive
consequences, are given.
Keywords:
deviant behavior, analysis, scientific imagination, competition-
reaction, morality, anomalous, normative, health-disease, took-illness, psychological
and patalogical ethics
Og’ishgan xulq tushunchasini biz eng avval shaxs axloqining turli shakillari,
unga insoniy sifatlarning barcha xususiyatlarini o’zida jam qilgan va mutaxasislar
tomonidan ularning tahlillari va izlanishlari natijasida tavsif va tariflarni ko’rib
chiqishdan boshlaymiz.
Inson axloqi to’g’risidagi ilmiy tasavvurlar dastlab XX asrning boshlarida
bixevioristlar tomonidan psixologiya fanining predmeti deb talqin qilingan vaqtdan
"Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
September 2023 / Volume 4 Issue 9
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
348
boshlab, ayniqsa, shiddatli rivojlanish tusini oldi. Dastlab axloq tushunchasi doirasida
shaxsning istalgan tashqi kuzatiluvchilar, “raqobat - reaktsiya” sxemasi bo’yicha
kuzatiladigan (harakatlanuvchan, vegetativ, nutqiy) tushundilar. Adabiyotlarda qayd
etilishicha 1931 yilda axloqiy qarshlarni pedagogika-psixologiya fanining asoschisi
asoschilaridan
biri
Djon
Uotson
tomonidan “Tuxumning mahsuldorlik
xususiyatishuki xar lahzasida dunyo yuzini ko’ruvchi va organizm rivojlanish
darajasini yanada murakkablashib boruvchi faolliyatning uzluksiz oqimi” degan
qarashlari bilan ham shaxs shakillanishi jamiyatning har qanday ijobiy va salbiy
ta’sirlarida ko’rishimiz mumkin.
“Axloq” tushunchasining barcha ko’rib chiqilgan tavsifnomalari uning
shaxsning faoliyat jarayonlaridagi turli ko’rinishlarida ham to’la ma’noda farqlana
oladi. Biz pedagogika va psixologiya mutaxasislari tomonidan amalga oshiriladigan
jarayonlar asosan “Og’ishgan xulq” tushunchasi bilan bog’liq bo’lgan jarayondir.
Biz uchun muhim bo’lgan “shaxsning og’ishgan xulqi” tushunchasini ta’riflashga
o’tishdan oldin biz psixologik va pedagogik jarayonlarni ham amaliy faoliyatda
o’rganishimiz lozim. Ayrim mutaxasislar tomonidan va pedagogik, psixologik
fanlarda quyudagi ko’rinishlari tavsiflangan:
Mutaxasislarmizdan J.Godfruaning e’tirozi xar bir aytilayotgan fikr o’zini
mantiqiy va asosli fikrlariga dalillariga ega bo’lishi kerak yani biz “Qanday axloqni
me’yoriy deb hisoblash mumkin” degan savol inson axloqini,shu jumladan, og’ishgan
xulqni tushuntirish uchun markaziy asos sifatida etirof etdi. Ammo taniqli
mutaxasislarimiz ham “Anomal” axloq tushunchasining ma’nosiga qat’iy ta’rif berish
murakkab, ular orasidagi chegara esa o’ta noaniq haqiqatlarga asoslanadi degan
xulosa kelishdi.
Shunga qaramay, bugungi kunda ilmda va kundalik turmush faoliyatimizda
ushbu tushunchalar birgalikda foydalaniladi. Bunda normal axloq atamasi ostida,
qoidadagidek, og’riqli va taqiqlangan xatti xarakatlar bilan bog’liq bo’lmagan, shu
bilan birgalikda, ko’pchilik odamlar uchun xarakterli bo’lgan me’yoriy-ma’qullangan
axloq tushuniladi.
"Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
September 2023 / Volume 4 Issue 9
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
349
Shu o’rinda biz avvalllo meyor tushunchsiga o’z tarifimizni keltirib o’tsak,
mavjud jamiyatdagi vaziyat bizni meyor tushuncha va tarifini tavsifini keltirishimizda
bir muncha qarshiliklarga uchraymiz. “Me’yoriy” deb qat’iy mazmunda ushbu soxa
yoki bir fanda ayni vaqtda qabul qilingan me’yor va mezonlarga muvofiq keluvchi
barcha narsa hisoblanadi. Me’yorlarni qattiy belgilash va olish usullarini ko’pincha
mezon deb ataymiz. Tushunchalarni izohlashning turli ko’rinishlarini muhim
belgilariniajratib o’tadi. Shaxsning og’ishgan xulqining shunday maxsus
xususiyatlarini ajratish maqsadga muvofiqki, u bizga bu xulqni boshqa
fenomenlardan farqlashda, shuningdek, aniq bir odamda uning mavjudligi hamda
dinamikasini aniqlash zarurati sifatida yordam berishi kerak. Shu o’rinda shuni
malum qilamizki mavjud va aniqlangan tushuncha va kelyirilgan tariflardan biz
quyudagi qarashlarni sizga taqdim etishni lozim deb bildik.
Shuningdek bu Shaxs va uning og’ishgan xulqini quyudagi tarifda keltirib
o’tamiz - bu umumqabul qilingan yoki rasman o’rnatilgan ijtimoy me’yorlarga mos
tushmaydigan axloq. Xulosa qilib aytganda, bu mavjud xatti-harakat, mavjud
qonunlar, vazifalar, qoidalar, an’analar va ijtimoiy buyruqlarga mos tushmasligi yoki
aslidan o’zgacha ifodalanishi mimkin? .
Bola shaxsidagi Deviant va deviatsiya tushunchalari axloqni me’yoriy ortiq yoki
meyordanko’p og’ishgan axloqiy xususiyat sifatida aniqlaganda quyudagilarni esda
saqlash kerakki, xar bir ijtimoiy me’yorlar o’zgarishi va takrorlamas bolishini. Bu,
o’z navbatida, biz pedagog va psixologlardan boy tajribani talab qiladi. Shubhasiz,
deviant axloq - bu har qanday me’yorlarni emas, balki ushbu jamiyat uchun va ayni
shu vaqtda birmuncha muqim bo’lgan ijtimoiy me’yorlarnigina buzilishi bilan
tavsiflanadigan hodisadir.
Shaxsning va deviant xatti xarakati va axloqiy ko’rinishlari , uning namoyon
bo’lishidagi muhum jarayonlarni boshqa bir odamlar tomonidan ijobiy yoki salbiy
baholanishini ko’rishimiz mumkin. Salbiy yoki ijobiy baho jamoatchilikning turli
muhokamalari yoki ijtimoiy cheklovlarga , shu jumladan, jinoiy yoki aksincha
"Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
September 2023 / Volume 4 Issue 9
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
350
ma’muriy jazo shakli ko’rinishida namoyon bo’lishi mumkin. Dastavval, sanktsiyalar
istalmagan axloqning oldini olish vazifasini bajaradi.
Masalan, jazo muddatini o’tab, “me’yoriy” tushunchasini anglagan va hayotga
qaytgan odamning moslashuvdagi qiyinchiliklarida biz bu xolatni yaqol ko’rishimiz
mumkin.
Insonning mavjud xatti harakatlarini tuzatish orqali yangi hayot boshlashga
intilishi, extiyojlarini ortishi ko’pincha atrofdagi mavjud odamlarning yoki
jamiyatning ishonmasligi, ularni rad etilishlari natijasida tubdan o’zgaradi. Deviant
(giyohvand, jinoyatchi, o’z-o’zini o’ldiruvchi va h.k.) tamg’asi sekin-asta deviant
barobarlikni (o’z-o’zini qis qilishni) shakllantiradi. Shunday qilib, axmoqona shuxrat
xavfli yakkalanishni kuchaytiradi, ijobiy o’zgarishlarga to’sqinlik qiladi va deviant
axloqning takrorlanishini chaqiradi.
Og’ishgan xulqning xususiyatlariga to’xtaladigan bo’lsak bu shaxsning o’zi yoki
atrofdagilarga ahamiyatli tarzda hayot sifatini pasaytirgan holda real zarar keltirishi
hisoblanadi. Bu esa quyudagi holatlarda namoyon bo’ladi
➢
Mavjud tartibning noturg’unligi,
➢
Ma’naviy va moddiy zarar keltirish,
➢
Jismoniy zo’rlik va dard-alam yetkazish,
➢
Sog’lig’ining yomonlashishi bo’lishi mumkin.
Deviant axloq o’zining eng keyingi ko’rinishlarida shaxs va uning atrofdagilari
uchun bevosita xavf tug’diradi, masalan, suitsidal axloq, zo’ravonlik jinoyatlari,
“og’ir” giyohvand moddalar iste’mol qilish. Zararning psixologik markeri o’sha
odamning o’zi yoki uning atrofidagilarning aziyat chekishidir.
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki deviant xulqning yoki og’ishgan
xulqning xar qanday ko’rinishiga moyil bo’lgan shaxslar jamiyatni tubdan
yangilashni maqsad qiladilar, bu esa og’ishgan xulqning xususiyatlaridan biri bo’lgan
jamiyat meyorlariga zid xatti-harakatlarda namoyon bo’ladi. Ana u endi tibbiy
me’yorlar chegarasida ko’rib chiqiladi. U garchi mutaxasislar tomonidan kassalik
yoki patologik xususiyatga ega deb qaralsa ham aslini olganda psixik kasalliklarning
patologik holat bilan tenglashtiriloqda bunga sabba ruhiy buzulishlar va ruhiy
tazyiqlar sabab bo’ladi. Psixik parokandalik holida psixik kasal odamning patologik
axloqiga o’rin bor.
Shu o’rinda patologik axloqning turli ko’rinishlarini ham keltirib o’tsak tibbiy
me’yordan og’ish- birinchi darajasi tibbiy aralashuvni talab qilmaydi. Bunday
toifadagi insonlarga belgilangan mutaxasislar yani psixiatr o’z yordamini bera oladi
agarki inson o’zida istak va xoxish bo’lsa. masalan, psixik kasallarning deviant axloqi
alohida sifati va xatti xarakat sifatida o’rganiladi. Patologik axloq kasallik holati
ta’siri ostida shaxsning o’z harakatlarini anglash va nazorat qilish qobiliyati
ahamiyatli tarzda pasayishini nazarda tutadi.
"Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
September 2023 / Volume 4 Issue 9
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
351
Bugungi kunda yuqorida aytib o’tilgan keltirilgan fikrlar ayni damda
jamiyatimizda kezib yurupti ularni tuzatish va kelib chiqaruvchi oqibatlarini oldini
olish uchun barcha mutaxasislar birgalikda xarakat qila olishimiz lozim. Shunday
qilib, og’ishgan xulqli shaxs “sog’liq - kasallik oldi - kasallik” psixopatologik o’qida
istalgan joyni egallashi mumkin. Shuning uchun ham jamiyat qonun qoidalari biz
mutaxasislarga mana shunday meyorlarni anglash va ijobiy hal etish masalasini
dolzarb masala ekanligini takidlamaqda.
Dostları ilə paylaş: |