O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
1.
Hashoratlarda qon nima vazifani bajaradi va qonning ahamiyati?
2.
Tut ipak qurti bel naychasining tuzilishi va joylashishi?
3.
Tut ipak qurtida qon qanday harakatlanadi?
4.
Gemolimfa nima va qanday vazifani o‘taydi?
5.
Qon aylanishga tashqi muhit sharoiti qanday ta’sir etadi?
2.11. Tut ipak qurtining nafas olish tizimi
Tut ipak qurti ham boshqa hashoratlar singari traxeya tizimi bilan nafas
oladi.Bu nafas organi traxeya deb ataluvchi tarmoqlangan naychalardan iborat.
Havodagi kislorod hamma organlarga va chuqurroqda joylashgan to‘qimalarga juda
ko‘p sondagi traxeyalar orqali kiradi. Shuning uchun ham traxeya bilan nafas
oluvchilar- kenja tipiga kiradi. Traxeya organi qurtning teri ostidagi muskullar
orasida zich holda tarmoqlangan va ichki organlarni o‘rab olgan naychasimon
tolalardan iborat bo‘lib, nafas teshigi orqali qabul qilingan kislorodni organ va
to‘qimalarga hamda ayrim hujayralarga mikroskopik juda ingichka traxeyalar orqali
etkazib beradi. Traxeya naychalarining bir uchi qurt tanasida tashqi muhitga
ochilgan bo‘ladi.
Traxeyaning asosiy nayi qurt tanasiga parallel holda yon tomonlarida
joylashgan bo‘lib, uning tashqariga ochiluvchi teshikchalari mavjud. Bu
teshikchalarni nafas olish teshigi deb aytiladi. Bular ko‘krakning birinchi va qorin
qismining hamma (1-8) bo‘g‘imlarida joylashgan. Ikkinchi,uchunchi ko‘krak va
to‘qizinchi qorin bo‘g‘imlarida nafas teshigi rivojlanmagan bo‘ladi.
Nafas teshigi oval shaklida bo‘lib, chekkalarida chang zarrachalaridan
himoya qiluvchi ketma-ket joylashgan, uch-to‘rt qator qillari bo‘lgan qalin xitin
halqa bilan o‘ralgan. Teshikchaning orqasida traxeyaning boshlang‘ich keng qismi
og‘izcha joylashgan. Teshikdan uncha uzoq bo‘lmagan masofada- xitinli qavatda,
og‘izcha traxeyaning yarim aylanasini yoysimon shaklda o‘rab turganga o‘xshash
kengaygan dastlabki bekituvchi yoy,uning qarama-qarshi tomonidan birmuncha
chuqurroqda ikkilamchi bekituvchi yoy joylashgan bo‘ladi. Shu yerda ikkilamchi
bekituvchi yoy bilan bir sathda ikki qator joylashgan xitinli tayoqchalardan iborat
bekituvchi dastacha chiqadi. Dastacha traxeya devorining to‘rtdan bir aylanasiga
boradigan va 50-80 C
0
burchak ostida bukilgan va ichkariga kiruvchi dastacha
dastagini hosil qiladi.
Oldingi ko‘krak bo‘g‘imlaridagi nafas teshigining dastagi oldingi, qolgan
sakkizta qorin bo‘limlaridagi esa orqaga yo‘nalgan bo‘ladi. Dastakning burchagidan
dastlabki bekituvchi yoyning pastki uchiga qarab bekituvchi nay ketadi. Bu tikanga
o‘xshash dastakning uncha katta bo‘lmagan o‘sig‘iga birikadi.
Dastlabki va ikkilamchi bekituvchi yoy nafas teshigining ichki chekkasi bilan
tiniq parda orqali birlashgan bo‘lib, ikkilamchi parda birlamchi pardaga qaraganda
birmuncha uzunroq, chunki ikkilamchi yoy dastlabki yoyga qaraganda chuqurroqda
joylashgandir. Bu pardalar o‘zining oldingi uchlari bilan nafas teshigini
ifloslanishdan himoya qiluvchi qillarga o‘tadi. Ikkilamchi parda o‘zining o‘rta qismi
bilan bekituvchi dastachaga birlashib, shu yerda burma hosil qiladi. Dastacha
dastagining oxiriga ikkita muskul birlashadi; bittasi kalta bekituvchi,uzunligi 0,6
mm bo‘lib ikkilamchi yoyning pastki qismiga, ikkinchisi ancha uzun (ochuvchi 1,8
mm ) bo‘lib, qurt teri qoplamining ichki yuzasiga boradi. Ikkala muskulning eni bir
xil va 0,006 mm ga teng.
Bekituvchi muskullardan qarama-qarshi tomoniga uzunligi 2,0 - 4,0 mm va eni
0,11 mm bo‘lgan uchinchi muskul-Versonov muskuli chiqadi. Dastacha parda bilan
birga dastlabki bekituvchi yoyga yaqinlashganda uning o‘tkir qovurg‘asi dastacha
tayoqchalari o‘rtasidagi teshikka kiradi. Bunda bekituvchi muskul qisqaradi va nafas
teshigi germetik holda bekiladi. Ochuvchi muskul qisqarib dastachani dastlabki
holga keltiradi va nafas teshigi ochiladi. Versonov muskullarining izchillik bilan
qisqarishi - traxeyaning asosiy nayi dastlabki qismining qisilish va kengayishi
traxeyaga havo kirib turishiga yordam beradi.
63–rasm.[27] flyurografiya ko‘rinishi Tut ipak qurti traxeya tizimini tana bo‘ylab joylashishi
.
1 va 9
chi bug‘imlarda-9 juft nafas olish organlarining joylashishi.
64 –[27] 1-2.-rasm. Ipak qurti nafas
olish organini (traxeyasini) tashqaridan
ko‘rinishi
65 –[27].3-4.-rasm. Ipak qurti nafas olish
organi (traxeyasini) ichkaridan ko‘rinishi
Traxeyalarning joylanishi va tuzilishi. Asosiy traxeya nayi o‘qi qurt
tanasida uzunasiga parallel holda ikki tomonida ko‘ndalang joylashgan qorin
traxeyalari bilan birlashgan bo‘lib, birinchi ko‘krak va oxirgi qorin bo‘g‘imlarida
ham bog‘lovchi ko‘ndalang traxeyalar bor.
Traxeyalar o‘z navbatida orqa muskullariga boruvchi traxeyaning orqa
qismiga, ichakka va bel naychasigi boruvchi ichak traxeyasiga, nerv zanjiri va
qorin tomonidagi muskullarga boruvchi qorin traxeyalar bo‘linadi.
66- rasm.
Nafas olish organining
bekituvchi apparati.
1-ochuvchi muskul.
2-bekituvchi dastachaning
biriktiruvchi elkasi. 3-bekituvchi
dastacha
4-dastlabki bekituvchi yoy.
5-bekituvchi muskullar
.
Traxeya nayining ichki devori kutikulin qavatdan iborat. Bu qavat katta yadroli
va tashqi pardalidir. Yirik traxeyalarning ichki qavatida xitin ham bo‘ladi.
Kutikulin ham, xitin ham traxeyaning hujayrali qavati tomonidan ishlab chiqiladi.
Bu qavat katta yadroli va tashqi spiral holda joylashgan qalinlashmalar bor. Bu
traxeyalarning mustahkamligini oshiradi va gemolimfa bosimi o‘zgarganda
ularning egilishi va qisilishiga imkon beradi.
67- rasm .[ 27 ]Tut ipak qurtining nafas olish organi traxeyalarning tashqi tomondan
ko‘rinishi
.
Traxeolalar
va ularning kapillyarlari tashqi bosimga chidaganligi uchun
yo‘g‘onlashmaydi. Traxeyadagi eski qavat spiral tayanch yo‘g‘onlashmagan oraliq
uchastkalardagi qavatning po‘st tashlash vaqtida bo‘linishi yo‘li bilan ajralib
chiqadi. Qurtning harakati bilan bog‘liq bo‘lgan muskullarning qisqarishi va
kengayishi , traxeyalarga havoning kirib turishi ham qorin, bel naychasi,
qanotsimon muskul, ichakning qisqarishiga hamda qonning tanada va aylanishiga
sabab bo‘ladi, traxeyalarda havo almashinishi ham nafas teshigi va traxeya
og‘izchasi muskullarining harakatlanishi natijasida sodir bo‘ladi va traxeyaning
hajmi goh kengayadi, goh kichrayadi.
Traxeya spiral burmalarning bo‘lishi sababli uzadi va hajmini 20-30 % ga
kengaytiradi. Agar ipak qurti tanasi qisqarganda nafas teshigi ochiq bo‘lsa, havo
traxeyadan tashqariga chiqib ketadi, agar nafas teshigi berk bo‘lsa, bunda havo
traxeya tizimining ichkarisiga kirib boradi.
Qurt harakati bilan bog‘liq bo‘lgan muskullarning qisqarishi, traxeyalarga
havoning kirib turishi ham qorin, bel naychasi, qanotsimon muskul, ichakning
qisqarishiga hamda qoniing tanada aylanishiga sabab bo‘ladi; traxeyalarda havo
almashinishi ham nafas teshigi va traxeya og‘izchasi muskullarining harakatlanishi
natijasida sodir bo‘ladi. Qurt tanasining qorin nerv zanjirida nafas markazlari bor;
bu markazlar o‘zi joylashgan bo‘g‘imlardagi nafas teshiklari faoliyatini
boshqaradi.
Ko‘krakdagi nerv tugunlarida hamma segmentlardagi nafas organlari
faoliyatini muvofiqlashtiruvchi markaz joylashgan. Ipak qurti kislorod kam
bo‘lganda ham yashay oladi, ya’ni imkoniyat bo‘lganda traxeya tizimida ortiqcha
kislorod to’playdi va bundan kislorod yetishmaganda hamda aerob nafas olganda
foydalanadi.
Kislorod qurtning organ va to‘qimalariga traxeya tizimlaridan tashqari,
gemolimfa orqali ham boradi. Kislorodning gemolimfaga o‘tishiga traxeya
devorlarining o‘tkazuvchanligi yordam beradi. Traxeyaning o‘tkazuvchanligi
nafas teshigining dastlabki yo‘g‘onlashgan yeridan traxeola tomonga oshib boradi.
Biroq gemolimfa to‘qimalarga gaz yetkazib (to‘qima orqali nafas olganda)
berishda yordamchi ahamiyatga ega.
Bu quyidagicha isbotlanadi. To‘rtinchi nafas teshigining rivojlanishi va ipak
ajratuvchi bezlar o‘rtasida, shuningdek, oltinchi nafas teshigi rivojlanishi bilan
jinsiy bezlar o‘rtasida aloqa borligi aniqlangan. To‘rtinchi nafas teshigining bir
tomonlama birikishidan shu tomonga joylashgan ipak ajratuvchi bezlar mahsuli
Dostları ilə paylaş: |