boladi. Masalan: «Akmal musobaqada qatnashmadi» va «Akmal
musobaqada qatnashdi». Bu mulohazalar turli vaqtga nisbatan
(bir oy awal yoki keyin), turli munosabatda (suzish yoki shaxmat
bo'yicha) bayon qilingani tufayli bir-birini inkor etmaydi. De-
mak, fikrlash jarayonida vaqt, munosabat va obyekt birligining
saqlanishi Nozidlik qonunining amal qilishi uchun zaruriy shart-
sharoit hisoblanadi.
Mantiq ilmi umuman har qanday zid mulohazalarni taqiq-
lamaydi, balki bir masala yuzasidan bir xil vaqt va munosabat
doirasida o‘zaro zid, qarama-qarshi mulohazalarni bayon qilish
mumkin emasligini ta’kidlaydi.
Formal mantiq mantiqiy ziddiyatlar bilan real hayot ziddiyat-
larini chalkashtirib yuborishni qoralaydi. Chunki bulardan bi-
rinchisi tafakkurda yo‘1 qo‘yib bolmaydigan ziddiyat bolsa, ik-
kinchisi buyum, hodisalar taraqqiyotining ichki manbaini tashkil
qiladigan dialektik ziddiyatdir. Birinchisi subyektiv, ikkinchisi
obyektiv ziddiyatdir.
Dostları ilə paylaş: