Kiberxavfsizlik vositalari haqida ma’lumot bering. Kiberxavfsizlikning tarmoq himoyasi vositalari haqida ma’lumot bering. Kiberxavfsizlikning asosiy maqsadlari nimalardan iborat? Kiberxavfsizlik – hisoblashlarga asoslangan bilim sohasi bo‘lib, buzg‘unchilar
mavjud bo‘lgan sharoitda amallarni to‘g‘ri bajarilishini kafolatlash uchun o‘zida
texnologiya, inson, axborot va jarayonlarni mujassamlashtiradi. U xavfsiz
kompyuter tizimlarini yaratish, amalga oshirish, tahlillash va testlashni o‘z ichiga
oladi. Kiberxavfsizlik ta’limning mujassamlashgan bilim sohasi bo‘lib, qonuniy
jihatlarni, siyosatni, inson omilini, etika va risklarni boshqarishni o‘z ichiga oladi.
Kiberhujum turlari haqida ma’lumot bering. Phishing – Internetdagi firibgarlikning bir turi bo'lib, uning maqsadi
foydalanuvchi identifikatsiya ma'lumotlarini olishdir. Bunga parollar, kredit karta
raqamlari, bank hisoblari va boshqa maxfiy ma'lumotlarni o'g'irlash kiradi.
Troyan - bu zararli agent bo'lib, uning klassik virusdan asosiy farqi uning tarqatish
usulidir: u odatda tizimga oddiy, qonuniy dastur niqobi ostida kiradi. Kirishdan
so'ng u ko'p narsaga qodir: u qurilma va uning egasi haqida ma'lumot to'plashi,
kompyuterda saqlangan ma'lumotlarni o'g'irlashi, foydalanuvchi ma'lumotlariga
kirishni bloklashi, operatsion tizimni o'chirib qo'yishi va hokazo.
DDOS-hujum - Xizmat hujumlarini buzish yoki rad etish
Botnet - bu har biri ikki yoki undan ortiq botlarni boshqaradigan Internet bilan
aloqaga ega bir qancha qurilmalar majmuasi. Botnetlar Distributed Denial-of-
Service (DDoS) hujumlarini amalga oshirish, maʼlumotlarni oʻgʻirlash[1] spam
yuborish va tajovuzkor shaxsga qurilmaga ulanish va uni boshqarish uchun ruxsat
berish maqsadida ishlatilinishi mumkin.