haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Belgili
1. Nima ekani aniq koʻrinib turgan; belgi qoʻyilgan, belgisi, nishoni bor; taniqli. Belgili
joy. Belgili qalam. Otabek kitobni belgili qilib yopdi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar. Unga
bir roʻmol oʻrab, belgili qilgan yerim yoʻq edi. “Yodgor” .
Belgisiz
soʻzining ikki maʼnosidan birinchi maʼnosi
tashqi qiyofa ifodalashga
xizmat qiladi:
Belgisiz turq. Belgisiz bashara
birikmalarida tashqi qiyofa anglatmoqda. U
toʻg‘risida “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan:
“Belgisiz 1. Nimaligi, qandayligi aniq ifodalanmagan; belgi qoʻyilmagan, ishorasi yoʻq,
taniqli emas. Bu mollar doʻkonga belgisiz keldi. Soʻzlashuvdan .
17
Bichimsiz
soʻzi ham tashqi qiyofani ifodalab kela oladi: Bichimsiz kiyim kiymoq.
Bichimsiz yuz. Mana shu soʻz haqida “O‘zbek tilining izohli lugati”ning birinchi tomida
quyidagilar yozilgan: “Bichimsiz Bichimi kelishmagan, beoʻxshov. Bichimsiz kiyim.. qh
Mirkomilboyvachcha.. oyog‘ini chalishtirib,
kichkina,
bichimsiz yuzini mastlarcha
burishtirib, papiros tutatadi. Oybek, Tanlangan asarlar 3”.
18
Boʻlimsiz
sifatida tashqi qiyofa anglatuvchi maʼno mavjud: Boʻlimsiz bola.
Boʻlimsiz yigit. Mazkur soʻz toʻgrisida “O‘zbek tilining izohli lugati”ning
birinchi
tomida quyidagilar yozilgan: “Boʻlimsiz kam qoʻll. ayn. landavur. -Akang juda tentak,
juda boʻlimsiz yigit,— dedi nihoyat poʻngillab boy. Oybek, Tanlangan asarlar 1”.
Boʻshang
soʻzining maʼnosida tashqi qiyofa ifodalangan: Boʻshang bola. Boʻshang
yigit. U haqida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan:
“Boʻshang - Gapni, ishni eplay
olmaydigan, boʻsh, lavang, lapashang. Anvar yoshligida
17
O‘zbek tilining izohli lugʻati.5 tomlik.1-tom. -Toshkent: O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi Davlat
ilmiy nashriyoti, 2006. -B. 229.
18
“ Birinchi lugʻat. 1-tom. -B.157.
Birinchi lugʻat. 1-tom.-B.100; Ikkinchi lugʻat. 1-tom. -B.265. Ikkinchi lugʻat. 1-tom. -B.265. Ikkinchi
lugʻat. 1-tom. -B. 342.
boʻshanggina bir bola edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon. Bolalar uni boʻshang deb
bilib, baravar tortishishdan man tortishmasdi. Shunchalik ham boʻshang boʻladimi odam,
loaqal o‘g‘li tengi bolani tartibga chaqirib qoʻyolmasa! “Yoshlik” .
Boʻsh-bayov
soʻzi ham aniqlanmish- olib tashqi kiyofa ifodalay oladi: Boʻsh-bayov
bola. Boʻsh-bayov yigit. Bu soʻz toʻgʻrisida “O‘zbek tilining izohli lugʻati”ning birinchi
tomida quyidagilar yozilgan: “Boʻsh-bayov Ishni, gapni eplay olmaydigan, lapashang,
gul. Karimjon boʻsh-bayov boʻlgani uchun “ammamning buzog‘i” degan laqab olgan edi.
M. Osim, Tilsiz guvoh. Nusratbekning bu qadar boʻsh-bayov, sodda, notavonligi uning
jahlini chiqarib yuborgan edi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi 3.
Beandaza
soʻzi uchta maʼnoni
ifodalasa hamki, uning ikkinchi maʼnosi
tashqi
qiyofa ifodalashga yordam bergan: Uning gapi kabi oʻzi ham beandaza odam. U haqida
“O‘zbek tilining izohli lugati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Beandaza 2.
sft. koʻchma s. t. O‘xshovsiz, beoʻxshov. Yo gapim beandazami? A. Qahhor, Sarob.
19
Benihoya soʻzi ikkita maʼnoga ega boʻlgan holda birinchi maʼnosi tashqi kiyofa
ifodalagan: Benihoya ariq odam. Ushbu soʻz toʻgrisida “O‘zbek
tilining izohli
lugʻati”ning birinchi tomida quyidagilar yozilgan: “Benihoya(T) [be.. + nihoya(t)] 1. sft.
Yuqori darajada, ortiq darajada; cheki yoʻq, nihoyasiz, cheksiz. Qadrdoningiz Yusufbek
hojining o‘g‘li Otabek bir necha kunlardan buyon benihoya bir dard bilan og‘rir edi. A.
Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
Dostları ilə paylaş: