Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan testlar



Yüklə 452,88 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix19.12.2023
ölçüsü452,88 Kb.
#185787
Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan testlar-fayllar.org



Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan testlar 

Iqtisodiyot nazariyasi” fanidan testlar
Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy modelning mazmunini ifodalaydi
iqtisodiy jarayon va hodisalarning ob’ektiv xususiyatlariga va tadqiqot maqsadi va xarakteriga 
ko‘ra abstrakt tarzda umumlashtirib ifodalangan reallikning konstruksiyasi, maketi, andozasi;
Agar iqtisodiyotda korxona, firma, uy xo‘jaligi, alohida olingan bozorlar muammosi tadqiq 
qilinsa, bunday tahlil:
mikroiqtisodiy;
Iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida savdo-sotiq va asosan tashqi savdo barcha 
boyliklarning manbai deb hisoblanadi?
merkantilizm;
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining qaysi oqimida iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning va 
tartibga solishning asosiy vositasi pul deb hisoblanadi?
monetarizm;
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nimadan iborat?
iqtisodiy munosabatlarni va ijtimoiy xo‘jaliklarni samarali yuritishning iqtisodiy qonun-
qoidalarini o‘rganish;


Quyidagilardan qaysi biri umumiy iqtisodiy qonunlar jumlasiga kiradi?
ehtiyojlarning yuksalish qonuni;
Iqtisodiy jarayonlarini ilmiy bilishning qaysi usuli dalillardan asosiy qonun-qoidalar ishlab 
chiqishni yoki amaliyotdan nazariya tomon borishni bildiradi?
induksiya;
Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy resurslar tarkibini to‘liq aks ettiradi?
kapital, er, ishchi kuchi va tadbirkorlik layoqati;
Iqtisodiy resurslarning barcha turi uchun umumiy bo‘lgan xususiyat nimadan iborat?
nisbatan cheklangan yoki kamyob;
Iqtisodiyot nazariyasi fanlarning qanday guruhiga kiradi?
ijtimoiy fanlar;


Iqtisodiyot nazariyasi fani nimani o‘rgatadi?
kishilik jamiyati rivojlanishining iqtisodiy qonun va qonuniyatlarini;
Iqtisodiy qonunlar qanday xarakterga ega?
ob’ektiv;
“Iqtisodiyot nazariyasi” fanining bosh muammosi – bu:
cheklangan resurslardan qanday qilib jamiyat ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borish mumkinligi 
muammosi;
“Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usuli miqdoriy o‘lchamlarni tahlil qilishga asoslanadi?
matematik;
“Iqtisodiyot nazariyasi” fanining qaysi usullari aniq iqtisodiy hodisa va jarayonlar hamda 
ulardagi o‘zgarishlarni alohida ajratib, ayni vaqtda o‘zaro bir – biriga ta’sirida o‘rganadi?
analiz va sintez;
Iqtisodiy modelning ta’rifini toping?
iqtisodiyot, iqtisodiy hodisa va jarayonlar hamda ulardagi o‘zgarish va bog‘liqliklarning 
soddalashtirilgan manzarasi;


Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasini aniqlang:
ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligi;
Insonlarning iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, iste’molchilarga etkazib berish 
va iste’mol qilishga qaratilgan, bir – biriga bog‘liqlikda amalga oshiriladigan faoliyat qanday 
nomlanadi?
iqtisodiy faoliyat;
.
Ishlab chiqarishning yangidan boshlanib va qaytadan to‘xtovsiz takrorlanib turishi nimani 
anglatadi?
takror ishlab chiqarish;
Quydagilardan qaysi biri takror ishlab chiqarish bosqichlariga kirmaydi?
iqtisodiy faoliyat;
Ishlab chiqarish va ayirboshlash bir me’yorda borishi hamda kishilar yashash va turmush 
kechirishning umumiy shart-sharoitni tashkil qiluvchi sohalar qanday nomlanadi:
infratuzilma;
Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy hodisa hisoblanadi?
inqiroz;


Iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi muqarrar takrorlanib turadigan, doimo mavjud 
bo‘ladigan to‘g‘ridan – to‘g‘ri yoki teskari ichki sabab – oqibat bog‘liqliklar va aloqadorliklar 
qanday qonunning mohiyatini anglatadi:
iqtisodiy qonun;
Qaysi iqtisodiy qonunlar kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi?
umumiy iqtisodiy qonunlar;
Mantiqiy tahlil orqali hodisa va jarayonlarning uncha muhim bo‘lmagan belgilarini e’tibordan 
chetda qoldirib, eng asosiy belgilarini ajratib olish yo‘li bilan ularning mohiyatini ochib berish 
qaysi usul orqali amalga oshiriladi?
ilmiy abstraksiya.
Resurslar cheklanganligi muammosini to‘liq echish mumkin:
muammoni echib bo‘lmaydi;
Quyidagi keltirilgan qaysi iqtisodiy tushunchalar ishlab chiqarish imkoniyati egri chizig‘ini 
ifodalaydi.
ishlab chiqarish resurslari cheklanganligi, murosali tanlov, muqobil qiymat;


Aholi ehtiyojlarining qondirilish darajasi qanday aniqlanadi?
aholining haqiqiy iste’moli darajasi va ehtiyojlari taqqoslanadi;
Alohida kishilar, korxonalar va davlat ehtiyojlarining umumiy xususiyatlari nimadan iborat?
cheksiz va chegarasiz;
Ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni nimani anglatadi?
jamiyat ijtimoiy–iqtisodiy ehtiyoji miqdoran ortib va sifat jihatdan takomillashib borishin;
Ehtiyojlarning o‘sib borishiga qarshi ta’sir qiluvchi quyidagi omillardan qaysi biri iqtisodiy 
inqirozlarni ham keltirib chiqaradi?
iqtisodiy faollikning siklik ro‘y berishi;
Ehtiyojlarning qondirilish usuliga asoslangan turini aniqlang:
bilvosita qondiriladigan ehtiyoj;
Kishilar hayot kechirishining birlamchi sharti – hayotiy zarur vositalar (oziq–ovqat, kiyim–
kechak, turar–joy) va zebu–ziynat buyumlariga (mebel, avtomobil, xolodilnik, televizor, dala 
hovli) bo‘lgan ehtiyoj qanday nomlanadi:
moddiy ehtiyoj;


Haqiqiy iste’mol (I
h
)ning, umumiy ehtiyoj (E
u
)ga bo‘lgan nisbati qanday ko‘rsatkichni 
ifodalaydi?
ehtiyojning qondirilish darajasi;
Ishlab chiqarish omillari egasi: er, kapital, mehnat, tadbirkorlik hisobiga mos ravishda 
yaratilgan mahsulotdagi ulushini qaysi ketma-ketlik shaklida oladi?
er rentasi, foiz-dividend, ish haqi, foyda;
Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi bu...
ishlab chiqarish natijasi (mahsulot)ning sarflangan xarajatlarga nisbati;
Iqtisodiy faoliyat turlaridan qaysi birining natijasi bo‘lib moddiy-ashyoviy ko‘rinishdagi 
ne’matlar chiqadi?
ishlab chiqarishda;
Iqtisodiy faoliyatning qaysi turi(bosqichi)da yaratilgan iqtisodiy ne’matlar ishlab 
chiqaruvchilardan iste’molchiga o‘tadi?
ayirboshlash;
Takror ishlab chiqarishning qaysi bosqichida yaratilgan tovarlar va xizmatlar o‘zlarining 
pirovard foydalanuvchilarini topadi?


iste’mol.
Kishilar iste’moli uchun zarur bo‘lgan hayotiy zarur ne’matlarni yaratishga qaratilgan 
maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyat qanday nomlanadi?
ishlab chiqarish;
Bir mahsulot boshqasiga ma’lum miqdoriy nisbatlarda ayirboshlanishi qanday nomlanadi?
barter (maxsulot) ayirboshlash;
Tovar(xizmat)lar pul vositasida oldi-sotdi yo‘li bilan ayirboshlanishi qanday nomlanadi?
tovar ayirboshlash;
Iste’mol tovarlari va xizmatlar kishilar tomonidan bevosita iste’mol qilinganda qanday 
iste’mol ro‘y beradi?
shaxsiy iste’mol;
Insonlarning mehnat qilish layoqati, ya’ni uning jismoniy va aqliy qobiliyati qanday 
nomlanadi?
ishchi kuchi;


Yalpi ichki maxsulot, sof milliy maxsulot va milliy daromad ko‘rsatkichlari ishlab 
chiqarishning qaysi darajadagi natijasini ifodalaydi?
makro darajadagi;
Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligining asosiy ko‘rsatkichini toping.
foyda normasi;
Vaqt birligida ishlab chiqarilgan maxsulot miqdori yoki maxsulot birligini ishlab chiqarishga 
ketgan vaqt qanday ko‘rsatgichni ifodalaydi?
mehnat unumdorligini;
Iqtisodiy muammolar qisman bozor, qisman hukumat tomonidan echilar ekan, bunday 
iqtisodiyot:
aralash iqtisodiyot;
Sivilizatsion yondoshuv bo‘yicha jamiyat taraqqiyoti 5 bosqichga bo‘linib, u quyidagilardan 
iborat:
an’anaviy jamiyat, o‘tkinchi jamiyat, industrial jamiyatga
Iqtisodiy tizimning qaysi nusxasi (modeli)da xususiy mulkning ustunligi va boshqarishning 
bozor mexanizmi ta’minlanadi?


sof kapitalizm;
Nima, qanday, kim uchun ishlab chiqarish muammolari qaysi tizimga aloqador?
faqat bozor iqtisodiyotiga;
Davlatning iqtisodiyot, iqtisodiy munosabatlar va takror ishlab chiqarish jarayonini tartibga 
solishga qaratilgan chora–tadbirlari qanday siyosatni anglatadi?
iqtisodiy siyosat
Iqtisodiy tizimning mulkiy jihatdan turkumlangan turini aniqlang:
poliiqtisodiyot.
Quyidagi iqtisodiy tizim yoki jamiyatdan qaysisi monoiqtisodiyotni nisbatan to‘liq 
ifodalamaydi?
aralash iqtisodiyot.
Xususiy mulk ustuvorlikka ega bo‘lgan va iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi orqali 
tartibga solinadigan iqtisodiyot qanday nomlanadi?.
bozor iqtisodiyoti;


Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, bu ...
davlat mulkini nodavlat mulk va boshqa xo‘jalik yuritish shakllariga aylantirish;
Mulkiy munosabatlarning qaysi jihati to‘liq mulkdorlik mavqeini ta’minlaydi?
mulkni tasarruf qilish;
Shaxsiy va oilaviy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladigan fuqarolar mulki qanday nom bilan 
ataladi?
shaxsiy mulk;
Hozirgi zamon pulining qadr-qimmati nima bilan o‘lchanadi.
muomaladagi pul miqdori;
Pul agregatlari, bu...
likvidlik darajasi turlicha bo‘lgan barcha pul turlarining muayyan nisbatlardagi yaxlit massasi;
Pulning qaysi vazifasi narxning shakllanishi bilan bog‘liq?
qiymat o‘lchovi;


Natural xo‘jalik nima?
bozorda sotish uchun emas, balki xo‘jalikning o‘z xodimlari va ishlab chiqaruvchilarning 
iste’moli uchun mahsulotlar ishlab chiqaradigan xo‘jalik;
Mahsulotning bozor uchun, ayriboshlash orqali boshqalarning ehtiyojini qondirish maqsadini 
ko‘zlab ishlab chiqarilishi ijtimoiy xo‘jalikning qanday shaklini tashkil qiladi?
tovar xo‘jaligi;
Bozor uchun ishlab chiqarilgan, qiymatga va ma’lum bir naflilikka ega bo‘lgan iqtisodiy 
faoliyat mahsuli–bu:
tovar;
Bozor iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuch, bu - ...
raqobat, iqtisodiy faoliyati erkinligi, xususiy mulk ustunligi.
Bozor iqtisodiyotining muhim afzalliklaridan biri cheklangan resurslar sharoitida:
iqtisodiy resurslarni samarali taqsimlash;
Bozor iqtisodiyotining qaysi sub’ekti iqtisodiy resurslarni etkazib beruvchisi va pirovard 
mahsulotlarning asosiy iste’molchisi hisoblanadi?
uy xo‘jaliklari;


Quyidagilardan qaysi biri bozor mexanizmining tarkibiy qismini xarakterlaydi?
narx, raqobat, talab va taklif;
Bozor iqtisodiyotida bozor, ishlab chiqarish kimning izmiga bo‘ysunadi?
iste’molchilarning;
Bozor iqtisodiyotining salbiy tomoni nimada namoyon bo‘ladi?
pul daromadlarining notekis taqsimlanishida;
Bozor iqtisodiyotining asosiy afzalligi nimadan iborat?
iqtisodiy resurslarini samarali taqsimlash;
Iqtisodiyot, iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiy hodisa va jarayonlarni boshqarish va 
uyg‘unlashtirishga xizmat qiladigan bozor dastak hamda vositalari qanday nomlanadi?
bozor mexanizmi;
Birlamchi va ikkilamchi bozorlar...
qimmatli qog‘ozlar bozoriga;


Sof iqtisodiy ma’noda «bozor» tushunchasi nimani anglatadi?
ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) va iste’molchi (xaridor)larning
tovarlarini ayirboshlash xususidagi harakatini o‘zaro
kelishtiruvchi mexanizmlar, tartiblar va infrastruk turaviy tuzilmalar tizimini;
Bozorning hududiy qamrov darajasiga ko‘ra turkumlangan turini aniqlang?
jahon bozori;
Quydagilardan qaysi biri moliya bozorning tarkibiga kirmaydi ?
intellektual tovarlar bozori.
Ish bilan ta’minlanmaganlarni qayta o‘qitish va yangi kasbga tayyorlash qaysi muassasa 
tomonidan amalga oshiriladi?
Mehnat birjasi;
Quydagilardan qaysi biri bozor infratuzilmasining ayirboshlashga xizmat ko‘rsatuvchi 
muassasasi hisoblanadi?
tijorat do‘konlari;
Bozorda juda ko‘p sotuvchilar va xaridorlar mavjud bo‘lib, ulardan hech biri bozor baholariga 


o‘z ta’sirini o‘tkaza olmasa, hamda bozorga kirish uchun hech qanday to‘siqlar bo‘lmasa bu 
qanday bozorni xarakterlaydi?
sof raqobatli bozor;
«Monetar qoida»ga muvofiq:
davlat real YAMMning potensial o‘sish sur’atiga mos ravishda pul taklifining o‘sish sur’atini 
ta’minlash va u amal qilayotgan qonunchilikda o‘z ifodasini topishi kerak;
Davlatning soliqlarni tartibga solish siyosati quyidagilardan qaysi birida ifodalanadi:
fiksal siyosatda;
Monetar siyosatning asosiy dastagi qaysi?
pul taklifi;
Davlat monopoliyalarga qarshi faoliyatni qaysi maqsadda amalga oshiradi?
tadbirkorlik va erkin raqobatni himoya qilish maqsadida;
Bozor iqtisodiyotini tartibga solishning qaysi usuli raqobat, narx, talab va taklif nisbatiga 
asoslanadi?
bozor mexanizmi;


Qaysi oqim davlatning iqtisodiyotga eng kam darajada aralashuvi pul muomalasi doirasida 
bo‘lishi kerak,-deb ta’kidlaydi?
monetarizm;
Davlatning iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatishining ma’muriy vositasi (dastagi)ni toping?
qonunlar va huquqiy bitimlar;
Davlatning iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatishning kreditli dastagini toping?
hisob stavkasi;
Monetaristik qarashni toping?
pul taklifini o‘zgartirish bevosita narx va ishlab chiqarish natijasiga ta’sir ko‘rsatadi;
Firmaning doimiy xarajatlari bu –
firma mahsulot ishlab chiqarmasa ham sarflanadigan xarajatlar;
O‘rtacha o‘zgaruvchi xarajatlar yigirma ming so‘m, o‘rtacha doimiy xarajatlar uning to‘rtdan 
bir qismini tashkil qilsa, umumiy xarajatlar qanchaga teng bo‘ladi:


25000
Firmaning doimiy xarajatlari bu –
firma mahsulot ishlab chiqarmasa ham sarflanadiganxarajatlar;
Firmaning o‘zgaruvchi xarajatlari bu –
mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishiga bog‘liq xarajatlar;
Korxonaning sof foydasi 200 ming so‘m, ishlab chiqarish xarajatlari 800 ming so‘m 
bo‘lganda, foyda normasi qanday miqdorni tashkil qiladi?
25%;
Ishlab chiqarish jarayoniga iqtisodiy resurslarni jalb qilish va ulardan foydalanish natijasida 
yuzaga keladigan sarf – xarajatlar qanday nomlanadi?
ishlab chiqarish xarajatlari;
“O‘rtacha xarajat” tushunchasining ta’rifini toping?
mahsulot birligini ishlab chiqarishga qilingan xarajat;


Mahsulot (xizmat) sotishdan olingan pul tushumlari va qilingan sarf–xarajatlar o‘rtasidagi farq 
qanday ko‘rsatkich?
umumiy yoki yalpi foyda;
Foydaning ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatining foizdagi ifodasi qanday ko‘rsatkich?
foyda normasi;
Real ish haqining to‘g‘ri ta’rifini toping:
nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdori;
Iste’mol tovar (xizmat) lari narxi 50 % ga tushib, nominal ish haqi 50 % ga oshsa, real ish haqi 
darajasi qanday o‘zgaradi?
real ish haqi 3,0 marta ortadi;
Ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori yoki bajarilgan ishning hajmiga qarab belgilanadigan 
ish haqi qanday nomlanadi?
ishbay;
Yer uchastkalarining iqtisodiy unumdorligini oshirish natijasida kelib chiqadigan renta qanday 
nom bilan ataladi?
differensial renta-II


Yer uchastkalarining tabiiy unumdorligi va iste’molchilarga nisbatan joylanishidagi farq 
tufayli vujudga keladitgan renta
differensial renta I;
Yerga egalik huquqining iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqarilish shakli qanday nomlanadi?
yer rentasi;
Mehnat qilishning aniq sharoitlarini hisobga olib ish haqi to‘lashning qo‘llaniladigan turlari 
qanday nomlanadi?
ish haqi tizimi;
Ish haqi mahsulot birligi uchun belgilangan yagona rassenka bo‘yicha to‘lab borilsa ishbay ish 
haqining qanday turi qo‘llanilgan bo‘ladi?
oddiy ishbay;
Ishlab chiqarishning me’yorlashtirilgan hajmi uchun qat’iy belgilangan va undan ortiqchasiga 
o‘sib boruvchi rassenka asosida ish haqi to‘lab borilsa ishbay ish haqining qanday turi 
qo‘llanilgan bo‘ladi?
ishbay progressiv;
Mamlakat hududlari, iqtisodiyot tarmoqlari, ishlab chiqarish va kasb turlari, hodimlar toifasi 


hamda aniq xizmat vazifasini bajaruvchilar bo‘yicha ish haqi darajasini tabaqalashtirish 
qanday amalga oshiriladi?
ta’rif tizimi yordamida;
Agar real yalpi ichki mahsulot hajmi 6%ga, aholi soni 3% ga qisqarsa
aholi jon boshiga real yalpi ichki mahsulot qisqargan;
YAIM (YAMM)ni qo‘shilgan qiymat (ishlab chiqarish) asosida hisoblash:
barcha tarmoq va sohalarning ulushini aniqlash imkonini beradi.
Yalpi ichki mahsulot bu - …
mamlakat hududida yaratilgan barcha pirovad mahsulot(tovar va xizmat)larning bozor 
narxlaridagi summasi;
Milliy ishlab chiqarishning umumiy natijasi qaysi ko‘rsatkichda to‘laroq ifodalanadi?
yalpi milliy mahsulot;
Nominal yalpi ichki mahsulot aniqlanadi:
joriy yil bozor narxlarida;


Quyidagi tengliklardan qaysi biri to‘g‘ri?
SMM - egri soliqlar = milliy daromad;
Quyidagi tengliklardan qaysi biri to‘g‘ri?
YAMM - amortizatsiya =SMM;
Quyidagilarning qaysi biri YAMM tarkibiga kiradi?
kitob do‘konidagi yangi kitoblarning qiymati;
Real YAIM(YAMM) nima?
doimiy narxlarda, pulning o‘zgarmas kursida hisoblangan YAIM(YAMM);
Unumli va shaxsiy iste’mol uchun sotib olingan tovar va xizmatlarning bozor qiymati – bu:
pirovard mahsulot;
Yalpi talab ortganda narx tez ko‘tarilib, talab kamayganda u pasaymasligi mumkinligi nima 
bilan izohlanadi?
xrapovik samarasi bilan;


Asosiy natijaviy makroiqtisodiy ko‘rsatkichni aniqlang?
yalpi milliy mahsulot;
22000 so‘m shaxsiy daromaddan 5000 so‘m jamg‘arma sifatida ishlatilsa, jamg‘armaga 
o‘rtacha moyillik necha foizni tashkil qiladi?
23,0%;
Quyidagilardan qaysi biri investitsiyalarning ichki manbai hisoblanadi?
foyda, amortizatsiya ajratmalari;
YAMM deflyatorini toping?
real YAMMning nominal YAMMga nisbatiga teng;
Makroiqtisodiy beqarorlikni tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni toping?
ishsizlik, inflyasiya va byudjet taqchilligi;
Qaysi makroiqtisodiy model davlat byudjeti daromadlari va soliq stavkasi o‘rtasidagi 
bog‘liqlikni ko‘rsatadi?
Laffer egri chizig‘i;


Qat’iy valyutalarda yoki solishtirma narxlarda hisoblangan YAIM – bu:
real YAIM;
Yalpi talab hajmi va narx umumiy darajasi o‘rtasida qanday bog‘liqlik mavjud?
qarama-qarshi;
Aholi iste’moli va pul-jamg‘armalari darajasini belgilaydigan asosiy omil nima?
shaxsiy daromad;
Shaxsiy daromad 150000 so‘m bo‘lib uning 130000 so‘mi iste’molga ketsa, iste’molga 
o‘rtacha moyillik necha foizni tashkil qiladi?
86,6%;
Uy xo‘jaliklari ixtiyoridagi daromadlari bir qismining foizli daromad olish va kelajakdagi 
iste’molini qondirish maqsadida to‘planib borishi nimani anglatadi?
jamg‘arma qilishni;
Investitsiyalar darajasini belgilaydigan asosiy omil nima?
sof foyda normasi va foizning real stavkasi;


Shaxsiy iste’mol qanday ro‘yobga chiqadi?
iste’molchilik sarflari orqali;
Uy xo‘jaliklari ixtiyoridagi daromadlari bir qismining foizli daromad olish va kelajakdagi 
iste’molini qondirish maqsadida to‘planib borishi nimani anglatadi?
jamg‘arma qilishni;
Jamg‘armani amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsadlardan qaysi biri bugungi pul 
daromadining kelgusidagi qiymatini oshirishga qaratiladi?
foiz shaklida daromad olish;
Unumli iste’mol qanday amalga oshadi?
iqtisodiy resurslarga sarf–xarajatlar qilish yo‘li bilan;
Investitsiyalarni amalga oshirishga qaratilagan amaliy xarakatlar-bu:
investitsion faoliyat;
Sof milliy mahsulot (milliy daromad) o‘sgan qismi investitsiyalar o‘sgan summasiga nisbati–
bu:
multiplikator samarasi;


Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning klassik yo‘li:
aralash yoki erkin bozor iqtisodiyoti modeli, korporativ iqtisodiyot modeli;
Iqtisodiy islohotlar nima?
iqtisodiyotda bozor munosabatlarini hakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar;
Respublikada agrar islohotlarning negizini nima tashkil qiladi?
erga bo‘lgan mulkchilik munosabatlarini isloh qilish;
Davlat mulkini xususiylashtirishning dastlabki bosqichida qanday vazifa amalga oshirildi?
kichik xususiylashtirish amalga oshirildi;
Oddiy tovar xo‘jaligidan erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyotiga va undan hozirgi 
zamon madaniy jixatdan rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish qaysi mamlakatlarga tegishli?
rivojlangan mamlakatlarga;
Respublikada narxlar qaysi davrdan boshlab erkinlashtirila boshladi?
1992 yildan;


O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalashga qaratilgan tadbirlardan qaysi biri iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirishning barcha davrida o‘z o‘rniga ega bo‘ladi?
daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam oshirib borish;
Makroiqtisodiyot darajasida muvozanatlikni ta’minlash, ishlab chiqarishning keskin 
pasayishiga va ommaviy ishsizlik, pul qadrsizlanishining oldini olish hamda to‘lov balansini 
bir me’yorda saqlashga qaratilgan siyosat qanday nomlanadi?
makroiqtisodiy barqarorlashtirish siyosat;
Ishlab chiqarish texnologiyasining takomillashuvi
taklif egri chizig‘ining o‘ngga siljishiga;
Ishlab chiqaruvchilar tayyorlagan mahsulotlariga ko‘zda tutilgan muddatdan nisbatan avvalroq 
yuqori narx belgilashga majbur bo‘lishdi, u holda ...
talab qisqaradi;
Agar ikki tovar bir-birini o‘rnini bossa, u holda birining narxining o‘sishi:
ikkinchi tovarga talabning ortishiga olib keladi
Agar tovarning narxi 1 % ga tushishi unga bo‘lgan talabni 2 % ga ortishiga olib kelsa, u holda 
talab


egiluvchan;
Iqtisodiy hayotda shunday holat yuz berish mumkinki, ayrim tovarlarga narxlar o‘sishi bilan 
ularga bo‘lgan talab kamaymasdan balki ortib, boradi. Bu holat qanday nomlanadi?
Giffen samarasi;
Talab hajmining uning miqdorini belgilovchi omillarga bog‘liqligi qanday nomlanadi?
talab funksiyasi;
Iste’molchining tovar va xizmatlarga talabi ularning daromadlari, didi va afzal ko‘rishini 
hisobga olib shakllantirilish jarayoni -bu:
iste’molchining hulqi;
Tabiiy monopoliyaga ... misol bo‘la oladi.
Toshkent metropoliteni
Oligopoliya – bu:
bir necha yirik raqobatdosh firmalar


Raqobatning qaysi shaklida ishlab chiqaruvchilar bozor narxlarini to‘liq nazorat qilish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi?
sof monopoliya;
Narx vositasida raqobat usuliga kiradi:
narxlardan chegirma qilish
Quyidagilardan qaysi biri iste’molchilar o‘rtasidagi raqobatni tavsiflaydi?
ko‘proq naflilikka ega bo‘lish.
Mahsulotning yagona ishlab chiqaruvchisi mavjud bo‘lib, bozorga kirish uchun to‘siqlar katta 
ya’ni taqiqlash bilan barobar bo‘lgan raqobat shaklini ko‘rsating?
monopoliya
Narx yordamida raqobatlashishning qaysi turida milliy ishlab chiqaruvchilar tovarlarni tashqi 
bozorga ichki bozordagi narxlardan, ayrim hollarda tannarxdan ham past bo‘lgan narxlarda 
chiqaradi?
demping narxlarni qo‘llash
Iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy va texnologik xususiyatlarga ko‘ra raqobatni qo‘llash mumkin 
bo‘lmagan yoki qo‘llanish qiyin bo‘lgan sohalar qanday nomlanadi?


tabiiy monopoliyalar;
Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narxlar qanday nom bilan 
ataladi?
dotatsion narx
Narxlar oralig‘idagi farqlarning puldagi miqdoriy ifodasi qanday nom bilan ataladi?
narx diapozoni
“Narx tovar qiymatining puldagi ifodasi” degan qarash qaysi oqimga tegishli?
klassik (A. Smit, D. Rikardo, J.S. Mill);
Egasi aksionerlik jamiyati kapitaliga hissasini qo‘shganligi, uning foydasidan devidend 
shaklida daromad olish, korxonani boshqarishda qatnashish va jamiyat tugatilganda uning 
mulkiga sheriklik huquqi borligidan guvohlik beruvchi qimmatli qog‘oz qanday nomlanadi?
aksiya;
Asosiy kapital eskirib borishi bilan, uning qiymati ishlab chiqilayotgan mahsulot (xizmat)ga 
o‘tkazilishi va mehnat vositalarini qayta tiklash maqsadida jamg‘arilib borilishi jarayoni 
nimani anglatadi?
amortizatsiyani;


Jinni koeffitsienti 0,35dan 0,55ga o‘sganda ...
daromadlarning tabaqalanishi kuchayadi
Lorens egri chizig‘i bissektrisa o‘qidan ancha uzoqlashishi nimani bildiradi?
aholining tabaqalashuvi kuchayganini
Transfert to‘lovlari nima?
aholini ijtimoiy himoyalashga ajratiladigan mablag‘lar va pensiyalar
Aholi daromadlari nima?
ma’lum vaqt davomida aholining olgan barcha pul vanatural daromadlari.
Oilalarning turli qatlamlari o‘rtasidagi daromadlar tengsizligini miqdoriy aniqlash mumkin?
Lorens egri chizig‘i;
Aholining turmush darajasining qaysi ko‘rsatkichi uning alohida guruhlari uchun aniqlanadi?
iste’molchilik byudjeti.


Davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatish, bozor iqtisodiyoti ishtirokchilari 
o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilish va aholini samarali ijtimoiy himoyalash siyosati qanday 
nomlanadi?
ijtimoyi siyosat;
Korxonaning tashqi iqtisodiy faoliyatiga baho berishda qaysi ko‘rsatkich asosiy hisoblanadi?
eksport hajmi;
Halqaro iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli?
erkin savdo zonalari;
Dunyo mamlakatlarining o‘zaro bog‘likliging kuchayishi va mehnat taqsimoti asosida ular 
o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning ko‘shilib borishi qanday jarayonni ifodalaydi?
xalqaro iqtisodiy integratsiyani;
Mehnatning jahon davlatlari o‘rtasida taqsimlanishi ya’ni alohida mamlakatlarning tovar va 
xizmatlarning muayyan turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi bu:
xalqaro mehnat taqsimoti;
Chetga kapital chiqarishning ashyoviy buyum ko‘rinishiga ko‘ra turkumlangan shakli-bu?
mashina, uskuna, patent va nau-xaular;


Ishchi kuchining bir mamlakatdan boshqasiga doimiy yashash uchun chikib ketishi-bu?
emmigratsiya;
Aytaylik televizor AQSh da 500 dollarga, O‘zbekistonda 800 ming so‘mga sotiladi. 
Valyutalarning videotexnikaga nisbatan real xarid quvvati nisbati qanday bo‘ladi?
1: 1600;
Savdo balansi qachon aktiv bo‘ladi?
eksport>import;
Halqaro savdo aylanmasi nima?
eksport va import hajmi.
Import tovarlarga soliq solishdan maqsad nima?
milliy iqtisodni import tovarlardan himoya qilish;
Qaysi nazariyada xarajatlar nisbatidagi farq aynan olingan mamlakatda qaysi tovarlarni ishlab 
chiqarish, qaysilarini ayirboshlash orqali chetdan olish lozimligi asoslanadi?
D. Rikardoning ,,Nisbiy ustunlik” nazariyasi;


Quyidaglardan qaysi bir Markaziy bank rasmiy zahiralari hisoblanmaydi?
milliy pul birligi.
Erkin savdoni cheklashga qaratilgan qaysi to‘siq turi import qilinishi mumkin bo‘lgan 
tovarlarning maksimal hajmini ta’minlaydi?
import kvotalari;
Oltin–deviz (Bretton–Vuds) valyuta tizimi qaysi davrda amal kilgan?
ikkinchi jahon urushining ohirlari (1944y) dan 70-yillar o‘rtalarigacha;
Ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning nisbiy narxi orqali aniqlandigan valyuta kursi-
bu?
real valyuta kursi;
Agar diqqat markazida mamlakatning iqtisodiy, harbiy-siyosiy potensiali tursa, iqtisodiy o‘sish 
quyidagi ko‘rsatkichlar orqali o‘lchanadi:
YAIM (YAMM), milliy daromadning o‘sish sur’ati;
Agar, aholining turmush darajasini taqqoslash zarurati bo‘lsa, iqtisodiy o‘sish quyidagi 
ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi:


aholi jon boshiga yaratilgan YAIM (YAMM), milliy daromadning o‘sish sur’ati;
Iqtisodiy o‘sishning intensiv omillariga kiradi:
mehnat unumdorligining ortishi;
Quyidagilardan qaysi biri iqtisodiy o‘sishning intensiv omiliga kirmaydi?
yer, ishlab chiqarish maydonini ko‘paytirish;
Iqtisodiy o‘sishga to‘sqinlik qiladigan omilni aniqlang:
atrof-muhitni himoya qilishga ketadigan xarajatlarning ortishi;
Iqtisodiy o‘sish nima?
yaratilgan tovarlar va xizmatlar mutloq va nisbiy hajmining ko‘payishi;
Intellektual boylik turini toping?
mualliflik huquqi.
Umumiy, ya’ni makroiqtisodiy muvozanatlik bu:


yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi muvozanatlak;
Quyidagilardan qaysi birini ko‘pincha iqtisodiyotga «in’eksiya» deb ataladi?
investitsiya;
Quyidagi mutanosibliklardan qaysi biri umumiqtisodiy xarakterga ega?
YAMM va uning harakat shakllari o‘rtasidagi;
Iqtisodiy barqarorlikka erishishning quyidagi mezonlaridan qaysi biri bozor iqtisodiyotining 
ijtimoiy yo‘naltirilganlik xarakterini ifodalaydi.
kuchli ijtimoiy siyosatni ta’minlash, aholi turmush darajasini mumkin qadar yaxshilash.
Jamiyat ehtiyojlari, uning iqtisodiy imkoniyatlari va ishlab chiqarish natijalarining miqdoran, 
hamda tarkiban mos kelishlik darajasi–bu:
umumiy makroiqtisodiy muvozanatlik;
O‘zbekistonda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishdan ko‘zlangan qaysi maqsadga 
iqtisodiyotni mutanosib va barqaror rivojlantirish asosida erishib boriladi?
aholi turmush farovonligini o‘stirib borish.


Iqtisodiy sikl qanday harakatni ifodalaydi?
milliy iqtisodiyotning bir iqtisodiy inqirozdan ikkinchisi boshlan-guncha takrorlanib turadigan 
harakati;
http://fayllar.org 

Yüklə 452,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin