115
shirkatlarga aylantirildi. 1999-yilda 898 ta, 2000-yilda 856 ta qishloq xo‘jaligi
korxonalari shirkatlarga aylantirildi. Ularning umumiy soni 2002-yilning 1-yanvar
holatiga ko‘ra, ruspublika bo‘yicha 1900 taga yetdi, ularda 1 mln 400 ming kishi
shirkat aʼzosi sifatida mehnat qildi. Biroq shirkat xo‘jaliklari ham o‘zini oqlamadi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2003-yil 24-martdagi “Qishloq
xo‘jaligida
islohotlarni
chuqurlashtirishning
eng
muhum
yo‘nalishlari
to‘g‘risida”gi Farmonida agrar islohotlarining yangi yo‘nalishlari belgilab berildi.
Farmonga binoan, 2003-2007-yillarda shirkat xo‘jaliklari tugatildi, ularning
negizida fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. 2007-2008-yillarda paxtachilik,
sabzavotchilik, chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining yer
maydonlari qariyb 2,5 baravarga kengaytirildi. Fermer xo‘jaliklari qishloq
xo‘jaligini ishlab chiqaruvchining asosiy shakliga aylandi. Qishloqlarda shaxsiy
yordamchi xo‘jaliklar dehqon xo‘jaliklari sifatida qayta shakllantirildi. Dehqon
xo‘jaligi – bu oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, tomorqa yer uchastkasi oila
boshlig‘iga umrbod meros qilib berildi, mahsulotlar oila aʼzolarining shaxsiy
mehnati asosida yetishtiriladi va sotiladi. 2004-yil boshlarida mamlakatimizda 3,5
millionga yaqin dehqon xo‘jaliklari yuridik va jismoniy shaxs maqomida faoliyat
yuritdi, ularda 8 milliondan ortiq ishga yaroqli kishilar mehnat bilan band bo‘ldi.
Dehqon va fermer xo‘jaliklari O‘zbekistonda asosiy ishlab chiqarish sub’yektlariga
aylandi. Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilayotgan yalpi
mahsulotning qariyb 100 foizi dehqon va fermer xo‘jaliklarida yetishtirilmoqda.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida qishloq
hayoti yangilandi, dehqon va fermerning mehnatga munosabati, dunyoqarashi
o‘zgardi. Ular yerning haqiqiy egasiga, o‘z mehnati evaziga yetishtirgan
mahsulotning egasiga aylandi.
Dostları ilə paylaş: