SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1129
Huddi shu milliy o‘ziga xoslik, millat madaniyatida, urf-odatlarida, rasm – rusumlarida, tarixiy
xotirasida, tilida, dinida, yashash va fikrlash tarzida o‘z ifodasini topadi. Milliy qadriyatlar
milliy ma’naviy madaniyat ifodasi bo‘lib, har bir millatning insoniylik xazinasiga qo‘shgan
munosib hissasining hosilasidir.
Ma'lumki, azaldan sharq mamlakat xalqlari ongida oilaning muqaddasligi, farzand
tarbiyasida oilaning bеqiyos ro‘li asrlar davomida shakllanib kеlgan. Oilaga nisbatan millatning
urf odat va an'analarini saqlash va davom etturuvchi dargoh sifatida qaralgan. Shunga ko‘ra
oilani mustaxkamlashga astoydil kirishgan va o‘z naslini pok saqlashga, ta’lim-tarbiya ishlariga
jiddiy e’tibor qaratib kelingan.
Oiladagi ma’naviy muhit, axloq-odob masalalari katta ahamiyatga ega bo‘lib, inson o‘z
millati an’analari va umumbashariy qadriyatlar asosidagina kamolotga erishadi.
Xalqimizning
axloq, andisha, sharm-hayo, halollik va pokizalik, inson qadr-qimmati, yaxshilik bilan yomonlik
o‘rtasidagi muammolar haqida bahs yuritib, insonlarning kamolatga erishish yo‘lini yoritib
boradi. Har bir inson bir olam bo‘lgani kabi uning axloq odobi ham juda murakkab olam desak
yanglishmaymiz. Chunki, shaxsning ichki va tashqi olamini o‘rganish, bilish, taxlil qilish
g‘oyatda murakkab, bu ruhiyat bilan bog‘liq holatdir. Axloqli, odobli komil insonda
odamiylikning eng yaxshi fazilatlari: mehr-muhabbat,
rahm-shavqat, adolatu-diyonat, hayoyu-
iffat, imon-e’tiqod kabilar mujassam bo‘ladi, ayni paytda shu xislatlarning aksi-beburd, axloqsiz
kimsalar fe’lida ko‘rinadi. Har bir xalqning nufuzi va obro‘-shuhrati kishilarning axloq-odobi,
yaxshi xislat fazilatlari bilan belgilanadi.
Shaxs tarbiyasi haqida to‘xtalinar ekan, avvalo tarbiya oila o‘chog‘idan boshlanadi,
shuning uchun bugungi kunda oila qurish arafasida turgan talaba yoshlarimizga oilaviy hayotga
o‘z munosabatlarini adеkvat tasavvurlarini shakllantirish, ularga Islom dinining muqaddas
manbalari Qur'oni karim va hadisi shariflarda oila muqaddasligi to‘g‘risidagi chaqiruvlarga
islom manbalarida oilani mustahkamlashga qanchalik chaqirilgan bo‘lsa,
uni buzilishidan
shunchalik qaytarilganligini uqdirilib borishilishi maqsadga muvofiqdir. Buning uchun talaba
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasiga alohida e'tibor qaratilish lozim.
Bugungi kunda talaba yoshlarning ijtimoiy oilaviy hayotga tayyorlashda pеdagogik va
pisixologik xususiyatlarini o‘rgatib borish va ularni oilaviy hayotga tayyorlash juda muhimdir.
Chunki bola shaxsini shakllantirish uning tug‘ilishidan boshlanadi. Shuning uchun ularni oila
muqaddas ekanligi bola tarbiyasida ota-onaning o‘rni va vazifalari haqidagi ma’lumotlar bilan
boyitib borish zarur. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan oila qurish yoshidagi
talabalarga oilaviy munosabatlar harakteri, ota-onaning namunasi, ulardagi umumta’lim darajasi,
umummadaniy saviyasi, hamda ularning pedagogik madaniyati va oilaviy hayotning tashkil
etilishi ahamiyat kasb etadi.
Oiladagi tarbiyani yuqoridagi
xususiyatlarini hisobga olish, bolani axloqiy jihatdan
tarbiyalashda, milliy axloqiy qadriyatlardan foydalanishning mohiyatiga, uning o‘ziga xosligi va
ahamiyatini taxlil qilishga yordam beradi. Buning uchun ota – onalarning o‘zida milliy
qadriyatlarga nisbatan munosabati o‘zgarmog‘i lozim. Milliy qadriyatlar va milliy o‘zlikni
anglashda, xalqning ma’naviy merosidan, ota-bobolarimizning pand-nasihatlari, tajribalari
asosida eng yaxshi va olijanob an’analar ruhida tarbiyalash,
ularning dono fikrlari, turmush
saboqlari davrlar g‘alviridan o‘tib, saralanib bizgacha etib kelgan o‘gitlarini ongiga,
dunyoqarashi va shuuriga sindirib borilmog’i darkor. Shu bilan birga bolalarni xalq an’analariga
o‘rgatishi ota-onalarining majburiy vazifasidir.
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
1130
Bolani oilada tarbiyalash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, Ota-onalar bolaning birinchi
tarbiyachilaridir. Bolani oilada tarbiyalash murakab ijtimoiy-pedagogik jarayonidir. Oiladagi
sharoit va muhit bola shaxsi shakilanishiga ta’sir ko‘satadi. Ota va ona o‘z bolasini
ardoqlaydilar, erkalaydilar tashvish va qiyinchiliklardan asraydil. Ota-onalarning shaxsiy
ibratlari-bolaning tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatish muhim vositasidir. Uning tarbiyaviy ahamiyati
bolaning taqlid etishga qiziqishi va havas qilishga asoslangan. Bilim va tajribalarga ega bo‘lmay
bola kattalar qilganini takrorlaydi ularning xarakterlariga ta’qlid qiladilar. Ba’zan
bolaning
oilada olgan tajribasi atrofdagi odamlarga nisbatan yagona o‘lchov belgisi bo‘lib qolgan.
Oila tarbiyasida to‘g‘ri yoki egri o‘sishga bog‘bon mehnati va mahoratiga bog‘liq. Egri
o‘sayotgan niholning qaddini rostlab qo‘ymasa, u noto‘g‘ri o‘sadi. Yangi tug‘ilgan go‘dak
tarbiyasi bilan shu yosh nihol holati o‘rtasida qandaydir o‘xshashlik mavjud.
Bundan ko‘rinib turibdiki, axloq-odobning normalari – kattalarga hurmat, kichiklarga
shafqat, halollik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik kabilar oiladan boshlanadi. Bu zikr qilingan
pedagogik falsafiy tushunchalar oila rahbarining dunyoqarashi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: