177
Gidravlik bog‘lovchi moddalar kimyoviy tarkibiga ko‘ra asosan to‘rtta oksiddan tashkil topgan
murakkab tuzum shaklida ifodalanadi.
O‘z navbatida uchta asosiy guruxga bo‘linadi:1) asosan kalsiy silikat (75% dan
ko‘proq)dan iborat silikatli sement, unga portlandsement va uning boshqa turlari kiradi. Bular
xozirda qurilishda asosiy "kuch" xisoblanadi;2) Alyuminatli sementlar, uning asosi kalsiy
alyuminat xisoblanadi, ulardan asosiysi qum tuproqli sement va uning turdoshlaridir; 3)
Gidravlik ohak va romansement.
Kislotalarga chidamli sementlar uchinchi guruxga qarashli bo‘lib, tarkibi o‘ta
maydalangan kremneftorli natriy va kaliy yoki natriy silikatni suvli eritmasidan tashkil topgan.
Bu bog‘lovchi modda oldin xavo muxitida qotgach uzoq vaqt davomida xar xil kislotalar
ta'siriga qarshilik kursatishi mumkin.
SHiP I-V,2-69 qoidalariga ko’ra yuqorida aytilib o‘tgan moddalar bilan bir qatorda
aloxida guruxga avtoklavda qotuvchi bog‘lovchi moddalar ajratilgan. Bularning qotish jarayoni
yaxshi o‘tishi uchun bosimi 0,8-1,5 MPa ga teng bo‘lgan to‘yingan bug‘ bo‘lishi lozim. Bu
guruxga ohak-kvars, ohak-shlak, oxak-kulli, mikroqushimchali sementlar, "jumladan kvars qumi
asosidagi qumli sementlar misol bo‘ladi. Chunki ular gidrotermal va shunga yaqin muxitda
yaxshi qotadi. Ularni
Dostları ilə paylaş: