39
tezligi va shuningdek ishlab chiqarish unumdorligi ortadi. Ko‘pincha ohaktosh shaxta pechlarida
kuydiriladi, chunki ulardan foydalanish oson, yoqilgi kam sarflanadi. Ishlab chiqarishning
muayyanligi, unumdorligining yuqoriligi bilan fazilatlanadi.
Xar qanday qattiq, suyuq va gaz
holatidagi yonilg‘ida ishlashi mumkin.
Shaxtali pechlar –
bu vertikal shaxta ko‘rinishdagi yumaloq yoki boshqa shakldagi
kesimli ish bajarish joyi bo‘lgan pech shaxtali pech deb ataladi (13.1-rasm).
Shaxtali
pechlar asosan ohak, kamroq sement, magnezit,
dolomit olish uchun
qo‘llaniladi. Shaxtali pechlar qattiq, suyuq va gazsimon yonilg‘ilarda ishlaydi. Qattiq yonilg‘i
xom-ashyo bilan birga pechning yuklash qurilmasidan, suyuq va gazsimon yonilg‘ilar pechning
pastki qismidan pechga kiritiladi.
Xom-ashyoni pishirishning asosiy jarayoni pechning tanasi 2-da amalga oshadi. Yukni
ortish va tushirish yuk ortuvchi 3 va yuk tushiruvchi 4 qurilmalar orqali amalga oshiriladi.
Xom ashyo va qattiq yonilg‘i pechning yuqori qismidan uzatiladi, gazsimon yonilg‘ini
uzatish uchun maxsus gorelkalar pechning pastki qismida o‘rnatiladi.
13.1 – rasm. Shaxta pechining umumiy ko‘rinishi
a) qattiq yonilgida
ishlaydigan shaxta pechi
b) gazsimon yonilgida ishlaydigan shaxta pechi