Xom ashyoviy aralashmani kuydirish va klinker olish
Maydalab tuyilgan va yaxshilab aralashtirilgan xom-ashyoviy aralashma sement
kuydiruvchi pechlarda I400-1500°C xaroratda kuydiriladi. Xom-ashyoviy aralashmani kuydirish
quruq usulda ishlab chiqarishda xam asosan aylayauvchi pechlarda amalga oshiriladi.
Aylanuvchi pech bir oz qiya qilib joylashtirilgan uzun silindrdan iborat bo‘lib, ichi olovbardoshli
qilib qoplangan bo‘ladi. Pechning uzunligi 95-185-230m, diametri 4-7
m
bo‘ladi.
Aylanuvchi pechlar teskari oqish prinsipы buyicha ishlaydi. Kukun (quruq usulda) yoki
shlam (xul usulda) kurinishdagi xom-ashyo avtomatik ta’minlov-
chi vositasida pechga uning yuqori (sovuq) tomonidan yuboriladi, quyi (issiq) tomondan esa 20-
30 metrli alanga kurinishida yoqilg‘i (tabiiy gaz, mazut, xavo va kumir kukuni aralashmasi)
pufdanadi. Xom-ashyo pech ko‘ndalang kesimning fasat bir kiomigina egallaydi va u pech 1-2
49
ayl/min tezlik bilan aylanib turgani xolda, turli xarorat bo‘linmalarini
O
‘
TIB
sekin-asta pastga,
yonuvchi gazlar tomonga qarab xarakterlanadi. V.N. Yung bergan ma’lumotlarga ko‘ra
aylanuvchi pech shartli ravishda oltita zonaga bo‘linadi:
Bug‘lanish bo‘linmasi - xaroratning 70°C dan 200°C ga uzluksiz osha borishda tushayotgan
xom-ashyo quriydi. Qurigan modda uvalanadi, aylanib-aylanib tushayotganda uvalangan xom-
ashyo yanada mayda shakillarga bo‘linadi.
Qizdirish bo‘linmasi - 200°C dan 700°C gacha xaroratda xom-ashyodagi organik
aralashmalar kuyib ketadi, gilli minerallardan kristal-lokimyoviy suv chiqib ketadi, 450-500°C
da suvsiz kaolinitAl
2
O
3
,2SiO
2
yuzaga keladi. Bu ikki bo‘linma ishlab chiqarishining xul usulida
pech uzunligining 50-60% ini egallaydi, quruq usulda esa xom-ashyoni tayyorlash bug‘lanish
bo‘linmasi xisobiga qisqaradi.
Karbonsizlanish bo‘linmasi - uzunligi pech uzunligining 20-23% ini tashkil qiladi. Bu
bo‘linmada kuydirilayotgan moddaning xarorati 700°C dan 1100°C gacha ko‘tariladi. Bu erda
kalsiy va magniy karbonat tuzlarining bo‘linishi jarayoni nixoyasiga etadi va katta mikdordagi
erkin kalsiy oksidi yuzaga keladi. CaCO
3
ning termik bo‘linishi - issiqlikning katta yutilishi bilan
kechiruvchi endotermik jarayon bo‘lib, bu tufayli pechning shu bo‘linmasida issiqlik iste’moli
katta bo‘ladi. SHu bo‘linmada suvsiz-langan gilli minerallarning SiO
2
, Al
2
O
3
, Fe
2
O
3
oksidlarigaparchalanish yuz beradi. SaO esa 3CaO.Al
2
O
3
va qisman 2CaO.Al
2
O
3
tipidagi
kimyoviy birikmalarni xosil qiladi.
Ekzotermik reaksiyalar bo‘linmasida (1106-1250°C) 3CaO.
Al2O3
4CaO.Al
2
O
3
.Fe
2
O
3
xosil bo‘lishining qattiq fazali reaksiyalari kechadi va pech uzunligining 5
-7%
ini
egallaydi,ikatta miqdorda issiqlik chiqishi va modda xaroratining intensiv ravishda ortishi (150-
200°C ga) bilan birgalikda kechadi.
Erish bo‘linmasida (1300-1450-1300°C) -(davomiy
ligi pechning 10-15% ini tashkil qiladi) pechning xarorati kuydirilayotgan modda uchun eng
yuqori xarorat (1450°C)ga erishadi. Bu moddaning Qisman erishi va alit 3CaO.SiO2 xosil
bo‘lishi uchun zarur. 1300°C da kuydirilayotgan modda xajmining 20-30% miqdori (nisbatan
engil eruvchi minerallar C3A,C4AlF.MGgO.CaO va aralashmalar)eriydi. Xaroratning 1450°C
gacha ko‘tarilishida klinker suyuqligidiva CaO eriydi va eritmada ulardan alit 3CaOSiO2 xosil
buladi. Alit eritmada yomon eriydi va buning natijasida undan mayda kristallchalar ko‘rinishida
ajralib qoladi. Alit xosil bulish jarayoni modda 15-20 minut erish bo‘linmasida bo‘lganda
tugaydi. Pechning aylanib turishida erigan modda uzluksiz ravishda oqib turgani tufayli mayda
zarrachalar granullar bilan aralashib ketadi. Haroratning 1450°C dan 1300°C ga pasayishi
eritmadagi ning (periklaz ko‘rinishida) qotishiga olib keladiki, bu qotish erish bo‘linmasidan
keyin keluvchi sovish bo‘linmasida tugaydi. Sovish bo‘linmasida klinkerning xarorati 1300°C
dan 1000°C gacha pasayadi; bu erda uning tuzilishi va alit,belit va boshqa minerallarniperiklaz,
shishasimon faza xamda ikkinchi darajali tashkil etuvchilarni o‘z ichiga oluvchi tarkibi butkul
shakllanadi. Klinkerda erkin ohak CaO 0,5-1%dan ortik bo‘lmasligi kerak.
Klinker aylanuvchi pechdan to‘q kulrang yoki yashilsimon kulrang rangli granulalar
ko‘rinishida chiqadi. Klinker pechdan chiqishida 1000°C dan turli turdagi sovutkichlarda 100-
200°C gacha sovutiladi va bir-ikki xafta omborxonada saqlanadi.
Sement ishlab chiqarishning quruq usuli so‘nggi yillarda anchagina takomidlashtiriladi. Eng ko‘p
quvvat talab qiluvchi jarayon bo‘lmish xom-ashyoni karbosizlantish - aylanuvchi pech
zimmasidan olinib, bu jarayon tezrok kechuvchi va bunda (qaytayotgan) gazlarning issig‘idan
foydalanuvchi dekarbonizator zimmasiga yuklanadi. Xom-ashyoviy un avval siklonli issiqlik
bergichlar sistemasiga tushib, bu erda muallaq xolda (qaytayotgan) gazlar bilan yasatiladi va
issiqligicha dekarbonizatorga uzatiladl. Issqklik bergichlarni dekarbonizator bilan birgalikda
pechning uzunligi taxminan ikki marta qisqaradi.
Bizning O‘zbekistonda portlandsement tayyorlashning yangi usuli - klinkerni xloridlar
ning tuzli eritmasida kuydirish usuli topildi.
Bu usulning muallifi B.V.Nudelman pechning asosiy reaksion muxiti (silikatli eritma)ni xloridlar
asosidagi tuzli eritma bilan almashtirdi.
Alenit - yuqori asosiy Al-Cl kalsiy silikati bo‘lib, tarkibida 2,5,0 xlorid mavjud. Bu xolda
klinker 3-4 marta engilrok maydalanadi, bu esa tuyishning quvvat sarfini kamaytirish va
50
tuyuvchi asboblar sonini qisqartirish imkonini beradi. Alenitli sement dastlabki muddatlarda
tezroq gidratlanadi. Biroq bu turdagi sementdan foydalanilgan konstruksiyalar tez emirilishi
kuzatilgan. Bugunda bu sementdan tayyorlangan betonning emirilishiga chidamliligini chuqur
o‘rganilmoqda
Dostları ilə paylaş: |