107
Ohak so‘ndirilganda 950 KDj kg miqdorda issiqlik ajrab chiqadi. Ohakni
so‘ndirish jarayoni o‘ta shiddatli kechadi, ohak donachalari o‘ta mayda dispers holga keladi.
Ohak mineral bog‘lovchilar ichida kimyoviy reaksiya natijasida disperslanadigan yagona
bog‘lovchi xisoblanadi. So‘ndirilgan ohakning o‘ta dispers bo‘lishi uning yuqori darajada
suv ushlab turishlik xususiyatini va plastikligini ta’minlaydi. So‘ndirilgan ohakning bu
xususiyati undan qurilish qorishmalari va boshqa mahsulotlar tayyorlashda katta ahamiyatga
egadir. So‘ndirishda olingan suv miqdoriga nisbatan gidrat ohagi (pushonka), ohak
qorishmasi va ohak suti hosil bo‘ladi.
Gidrat ohak ohakga (kipelkaga) 60-70% suv aralashtirilganda hosil bo‘ladi. Bunda
ohak hajmi 200-300% ortadi. Hosil bo‘lgan gidrat ohak Sa(ON)
2
ning juda mayda
zarrachalardan iborat oq rangli kukundan iborat bo‘ladi. Uning erkin holatdagi o‘rtacha
zichligi 400-450 kg m
3
, zichlangan xolatdagi o‘rtacha zichligi esa 500-700 kg m
3
tashkil
etadi.
Gidrat ohagi to‘xtovsiz ishlaydigan gidratorlarda so‘ndiriladi, bunda hosil bo‘lgan
katta issiqlik va suv bug‘i bo‘lak holatdagi ohakni kukun ohakka aylanishiga xizmat qiladi.
Ohak qorishmasi ohak kipelkaga massasiga nisbatan 200-300% suv qo‘shilib
tayyorlanadi. Bunda so‘ndirilgan ohakning massasi 2-2,5 marta ortadi va mahsulot hajmi
ko‘payadi. Ohak kipelkaga massasiga ko‘ra suv miqdori 300% dan ko‘proq qo‘shilsa ohak
suti hosil bo‘ladi.
Ohak qorishmasi to‘la mexanizatsiyalashgan maxsus qorishmalar tayyorlaydigan
sexlarda ohak so‘ndiruvchi mashinalarda bo‘lak holatdagi ohakni so‘ndirib olinadi. Bu
usulda ohak so‘ndirilganda ohak qorishmasining sifati yuqori bo‘ladi va so‘ndirish jarayoni
tezlashadi.
Kichik qurilish maydonlarida bo‘lak-bo‘lak ohak maxsus xandaqlarda (chuqurlarda)
suv bilan aralashtirilgan holda kamida ikki hafta davomida so‘ndiriladi. Bu usulda ohak
so‘ndirilganda so‘nmagan zarrachalar miqdori meyordan oshmasligi shart, aks holda
mahsulot qorishmalar olishda ishlatilganda yoriqlar hosil bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: