“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar talqinida”
mavzusidagi 7-sonli respublika ilmiy-onlayn konferensiyasi
133
TARBIYALANUVCHI HAYOTIDA MAKTABGACHA TA’LIM
TASHKILOTI HAMDA OILA HAMKORLIGINING AHAMIYATI
Ergasheva Fazilat Xonim qizi
Qashqadaryo viloyati G’uzor tumani 12-DMTT tarbiyachisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasasi hamda oila
hamkorligining bola tarbiyasidagi o’rni va roli haqida fikr bildirilgan.
Shuningdek,
mazkur hamkorlikning jajji farzandlarimiz kelajagiga ta’siri xususida so’z boradi.
Kalit so’zlar:
Maktabgacha ta’lim muassasasi, oila, hamkorlik, ta’lim, tarbiya,
yosh davri, barkamol avlod, ijtimoiy muhit.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi
tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta’limiga
tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev “Zamonaviy maktabgacha ta’lim sog’lom va barkamol avlodni
voyaga yetkazishda muhim o’rin tutadi”, - deya ta’kidlagani bejiz emas, albatta.
Bugungi
kunda
barchamizning
asosiy
vazifamiz
barkamol
avlodni
tarbiyalashdir. Chunki O’zbekistonning ertangi kuni biz
tarbiyalab kelayotgan yosh
avlod qo’lida ekanligi barchamizga ayon. Bolalar tarbiyasiga nafaqat oila, ta’lim-
tarbiya
muassasalari, balki mahalla ham ma’suldir. Chunki, farzand tarbiyasi ko‘p
omillarga, avvalo, axloqiy-ma’naviy muhitga ham bog‘liq. Ta’lim-tarbiya
muassasalari bilan oila hamkorligi bunda muhim ahamiyatga ega. Bola tarbiyasida
oilaning o‘rni beqiyos. Oila bolaga katta ta’sir ko‘rsatadi,
uni atrofdagi hayotga
moslaydi. Jamiyatda esa tarbiya faqat ota-onaning shaxsiy ishigina bo‘lib qolmasdan,
balki ularning ijtimoiy burchi hamdir. Bugungi kunda barkamol inson tarbiyasi, bola
tarbiyasida ota-ona mas’uliyatini oshirish, ularni pedagogik-psixologik bilimlar bilan
qurollantirish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Milliy madaniyat, bola
tarbiyasi va rivojlanishi haqidagi pedagogik bilimlarni takomillashtirish bo’yicha
yaxlit
tarbiya tizimi ham oila, ham maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan